‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Ibn Xaldun Abu Rahmon Abu Zayd



Yüklə 111,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə156/184
tarix26.12.2023
ölçüsü111,09 Kb.
#197706
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   184
‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Ibn Xaldun Abu Rahmon Abu Zayd 
(1332-1406) — arab olimi, 
«Ibratli misollar kitobi» (1370)da iqtisodiy g‘oyalari jamlangan. Uning 
fikricha, «jamiyat moddiy qiymatlar ishlab chiqaruvchilar» jamoasidan 
iborat. Asarlarida moddiy zarurat tarixni harakatlantiruvchi asosiy 
kuch, mehnat unumdorligi, zaruriy va qo‘shimcha mehnat, qiymat 
tushunchalari keltirilgan. 1401-yilda Amir Temur bilan uchrashgan.
Amir Temur 
(1336-1405) — Markaziy Osiyoda markazlashgan davlat 
asoschisi, uning olib borgan to‘g‘ri iqtisodiy siyosati tufayli mamlakat 
obod bo‘ldi, ilm-fan ravnaq topdi. «Temur tuzuklari» kitobida bir 
qancha muhim ijtimoiy-iqtisodiy g'oyalari berilgan. Masalan, sohq,


maosh, budjet to‘g‘risida qimmatli fikrlari bor. Yangi yerlar ochgan 
dehqon uch yilgacha soliqdan ozod qilingan, o‘g‘rilik, qalloblik, 
tovlamachilik qattiq jazolangan. Uning davrida Buyuk ipak yo‘U rivoj 
topgan, savdogarlar qaroqchilardan himoya qilingan, karvonsaroylar 
qurilgan. «Kam yegin, kam uxla, kam gapir» aqidasiga amal qilgan.
Ulugbek Muhammad Tarag‘ay 
(1394-1449) — A.Temurning 
nabirasi, Shohruhning o‘g‘li, 1409-49-yillar Movarounnahrda 
podsholik qildi, ilm-fan, madaniyat rivojiga, mamlakatning iqtisodiy 
ravnaqiga katta hissa qo‘shdi, 1428-yilda fulusiy pullar islohotini o‘tkazib, 
chaqa pullar qadrini mustahkamladi, «Tamg‘a» bojiga alohida e’tibor 
berdi, uning podsholik davrida mamlakatda ichki va tashqi savdo o‘sdi.
Alisher Navoiy 
(1441-1501) — temuriylardan, shoir, davlat arbobi 
sifatida iqtisodiyot masalalariga katta e’tibor beigan. «Mahbub-ul-qulub» 
asarida dehqon, hunarmand va savdogarlar faoliyatiga alohida baho 
beradi, uning fikrlarida almashuv zarurati ko‘rsatilgan, kapital tushun- 
chasining elementlari bor.
Zahiriddin Muhammad Bobur 
(1483-1530) — Andijon, Qobul va 
Hindiston hukmdori, «Bobumoma», «Mubayyin» asarlarida soliq 
siyosati, masalan, zakot to‘g‘risida qimmatli g'oyalari berilgan. Eng 
muhimi, daromad oshgan sari soliqning kamayib borishining ahamiyati 
tushuntiriladi. Savdo va tashqi munosabatlaiga katta e’tibor bergan.
Tomas Mor 
(1478-1535) - ingliz olimi. «Utopiya» (1516) asarida 
xayoUy sotsializm g'oyalari berilgan, «qo‘ylar odamlami yeb qo‘ydi» 
iborasining mualUfi (dehqonlaming o‘z yerlaridan mahrum qilinishi). 
«Utopiya» so‘zi yunoncha «u-» /yo‘q/ va «topos» /joy/ so‘zlaridan 
tashkil topgan, ya’ni bu so‘zning ma’nosi «o‘zi yo‘q joy»dir.

Yüklə 111,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin