‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


bo‘lib o4di, feodalistik munosabatlar sinib, kapitalistik munosabatlar



Yüklə 111,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə158/184
tarix26.12.2023
ölçüsü111,09 Kb.
#197706
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   184
‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi

bo‘lib o4di, feodalistik munosabatlar sinib, kapitalistik munosabatlar
shakllana boshladi.
Manufaktura 
— italyancha «qo‘l mahsuloti» degani, mehnat taqsimoti, 
qo‘l hunarmandchiligi va yollanma mehnatga asoslangan oddiy kapitalistik 
kooperatsiyadan keyingi ikkinchi bosqich. XVI asming o‘rtalarida paydo 
bo‘ldi, sanoat to'ntarilishiga, ya’ni fabrikaga zamin tayyorladi. A.Smit 
tomonidan eng mukammal korxona turi deb hisoblangan.
Petti Vilyam 
(1623-1687) — Angliya klassik iqtisodiy maktabining 
asoschisi, merkantilizmni inkor etgan, boylikning asosi ishlab 
chiqarishda degan fikmi ilgari surgan, «mehnat boylikning otasi, yer 
esa uning onasidir» degan iborani qo‘llagan. Kapitalistik tuzumni tabiiy 
va abadiy deb hisoblagan. Tovaming almashuv qiymatini tan olgan. 
Statistika («Siyosiy arifmetika») faniga asos solgan. Aholiga boylik 
yaratuvchi sifatida qaradi.
Buagilber Per 
(1646-1714) — Fransiya klassik iqtisodiy maktabining 
asoschisi. Agrar sohaning rivojiga e’tibor berdi, kolbertizmga qarshi 
kurashdi, soliq tizimini isloh qilishni taklif etdi. Pulga «buyuk yovuzlik» 
deb qaradi. Qiymatning iste’mol shaklini tan oldi, savdo va sanoatni 
to‘g‘ri baholamadi. Erkin savdo, proporsional baholar tarafdori bo‘ldi 
va erkin raqobatni qo‘llab-quwatladi.
Fiziokratlar 
- yunoncha «tabiat» va «hokimiyat» so'zlaridan tashkil 
topgan bo'lib Fransiyadagi klassik siyosiy iqtisod namoyandalari


F.Kene, A.R. Tyurgo va boshqalar fiziokratizmga asos soldilar. Tadqiqot 
mavzusini muomala sohasidan (merkantilizm) ishlab chiqarish sohasiga 
ko‘chirdilar; erkin savdo tarafdorlari edilar. Fermerlar, qishloq xo'jaligi 
mamlakat ravnaqining asosi deb hisoblanadi.
Kene Fransua 
(1694-1774) — fransiyalik fiziokratizm oqimining 
asoschisi, «Tabiiy tartib konsepsiyasi», «Sof mahsulot» «Unumli 
mehnat» to‘g‘risidagi ta’limotni yaratdi. 0 ‘zining «Iqtisodiy jadval»ida 
takror ishlab chiqarishni va sinflami tahlil etdi, kapitalga (doimiy va 
aylanma) izoh berdi. Almashuv ekvivalentligi ta’limotini ilgari surdi, 
unda boylik yaratilmasligini isbotladi. Boylik yaratishda tabiatning 
ishtirokini tan oldi.

Yüklə 111,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin