ta’minlash g'oyasini qo'llaydi, natura shaklidagi boylikka asosiy e’tibomi
qaratadi, oltin va kumushlami sun’iy boylik deb biladi. Mehnatsiz
yaratilgan boylik (savdo, sudxo‘rlik) harom deb hisoblangan.
Asosiy va xudo tomonidan belgilangan bu narsa «adolatli baho»
masalasi edi. Kanonistlar amalda bahoni mehnat sarflarining yig'in-
disidan iborat deb tan olganlar. Agar proporsional tenglik saqlanmasa,
jamiyat yemirilishi mumkin, degan to‘g‘ri
qisqacha xulosalar chiqa-
riladi. Savdo foydasi va foiz olish «adolatli baho» bo‘yicha almashuvni
buzadi, shu sababdan yirik savdo va sudxo'rlikni taqiqlash talab etiladi.
Foma Akvinskiy «adolatli baho» masalasini foydalar, to‘g‘rirog‘i naf,
manfaatlar tengligi asosida hal etdi va uni subyektiv vaqt deb baholadi.
U aytadiki, agar
narsa biror odam foydasiga, lekin boshqa odam
ziyoni hisobiga o‘tsa, bu holda buyumni o‘zining haqiqiy bahosidan
yuqoriroq sotish huquqi paydo bo‘ladi.
Shu bilan birga, bu buyum
baribir haqiqiy egasidaligidan qimmatroq sotilmaydi,
chunki
qo‘shimcha baho, shu buyumdan holi bo'lgan ziyonni qoplaydi.
F.Akvinskiy yuqori tabaqa aholisini mehnatkashlar manfaatini himoya
qiluvchilar qilib ko‘rsatadi. Shu sababli bu tabaqaga buyumlami o‘z
haqiqiy bahosidan qimmatroq sotishga ruxsat beradi. Protsent (foiz)ni
tavakkalchilik to‘lovi yoki qarz oluvchiga beriladigan
«beg‘araz sovga»
deb tushuntiradi. U rentaning ekspluatatorlik mohiyatini bo'yab ko‘r-
satadi va renta yer egasiga o‘z qo‘l ostidagilami boshqarishdagi mehnati
uchun to‘lanadigan haq deb baholaydi. Bu bilan cherkov (yeri bor)
va feodallaming manfaatlarini himoya qiladi.
Bunday iqtisodiy g‘oyalar Fransiyada
(Nikola Orem),
Angliyada
{Dion
Boll)
ham vujudga keldi. Angliyada
Dostları ilə paylaş: