bo‘lgan. Ispaniya bosqinchUariga qarshi isyon uyushtiigani uchun qamoq-
qa olingan, 27 yil qamoqda yotib, falsafa, falakiyot, siyosat, tibbiyotga
oid o‘nlab asarlar yozgan. Uning «Oftob shahri» asari dengizchining
hikoyasi shaklida berilgan. Yangi jamiyatda olim kohinlar tabaqasi tomo
nidan boshqariluvchi ideal jamoa bo'ladi, xususiy mulk va oila bo‘lmaydi,
bolalar davlat tomonidan tarbiyalanadi, fan va maorif taraqqiy etadi
(Galileyni himoya qilgan) degan.
Faylasuflaming bergan bahosiga ko‘ra, bu olimlaming jamiyati
«xomaki ishlangan» «qo'pol kommunizm»d\r.
Ular asosan, hunarmand
chilik va dehqonchilikka asoslangan tenglashtirish xususiyatiga ega.
Ammo shunisiga e’tibor beringki, bu kishilar har jihatdan ta’min-
langan, bilimli davlat arbobi bo'lganlar, kommunistik jamiyat g'oyasi
K.Marks va F.Engelslaminggina g'oyasi emasligini ham eslatib o'tish
zarur. Xayoliy sotsializm to‘g‘risidagi dastlabki g‘oyalar Osiyoda
Abu
Nasr ibn Muhammad Forobiy
(870-950, 2- muallim), Germa-niyada
Tomas Myunser
(1420-1525)lar tomonidan ham ilgari surilgan. Injil
va Qur’oni Karimda ham uning elementlari bor. Markaziy Osiyodagi
sarbadorlar
(boshini dorga tikkanlar) davlati ham shu tamoyillaiga
asoslangan (Samarqandda Abu Bakr Kalaviy, Mavlonozoda, Xurdaki
Buxoriy va boshqalar).
Keyinchalik Abdurahmon Jomiy va A.Navoiy, Xurdaki Buxoriy
asarlarida ham bunday g‘oyalar bo‘lgan.
Dostları ilə paylaş: