Asosiy tushuncha va iboralar
«Avesto», «Hidoya» asari, islomdagi farz va sunnat amallari, za
kot, halol mehnat, halol luqma, ehson, sadaqa; ehtiyoj, boylik,
mulk, davlat.
Nazorat va mulohaza uchun savollar
1. «Buyuk ipak yo‘li»ning Markaziy Osiyoda iqtisodiy munosa
batlar ravnaq topishidagi o‘mi nimalardan iborat?
2. «Avesto»dagi iqtisodiy g'oyalarda ijtimoiy mehnat taqsimotining
qaysi jihatlariga ko'proq e’tibor berilgan?
3. «Avesto» asarida qashshoqlikni yo'qotish borasida qanday tadbirlar
asos qilib olingan?
4. «Alpomish» dostonidagi ijtimoiy nizoda islom ta’limotidagi qanday
mezon sabab bo'lgan?
5. Xalq maqollaridagi iqtisodiy fikrlami bayon ettiring.
6. Islom ta’limotidagi iqtisodiy g‘oyalami qanday guruhlarga ajratish
mumkin.
7. Forobiy, Ibn Sino, Beruniy va Yusuf Xos Hojibning iqtisodiy
g‘oyalaridagi umumiy va xususiy jihatlami so‘zlab bering.
8. Milliy iqtisodiy tafakkur shakllanishida Markaziy Osiyo
donishmandlari iqtisodiy g'oyalarining ahamiyatini so‘zlab bering.
IV b о b. AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDAGI
IQTISODIY G‘OYALAR
4.1. Amir Temur davridagi iqtisodiy g‘oyalar
Amir Temur va uning avlodlari davrida markazlashgan davlat baipo
etildi, iqtisodiyotning barcha sohalarida (hunarmandchilik, qurilish,
qishloq xo‘jaligi, ayniqsa, savdoda) muhim yutuqlar qo‘lga kiritildi. Bunga
to‘g‘ri tanlab olingan iqtisodiy g'oyalar va iqtisodiy siyosat yordam berdi.
Amir Temur
(1336-1405) davlat va iqtisodiyotni boshqarishda o‘ziga
xos maktab yaratgandi. Sohibqiron davlatida
devoni buzurg (bosh
vazir)
dan tashqari har bir viloyatda Devon deyiluvchi boshqarma
bo‘lgan. U davlatning butkul ishlarini: soliq yig‘ish, tartib saqlashni,
ijtimoiy binolar
bozorlar, hammomlar, yo‘llar, suv inshootlari
tarmoqlarini nazorat qilardi.
Uning xodimlari vaqti-vaqti bilan so'roq, tekshirish, taftish va
tergov ishlarini olib borishardi. Ayniqsa, tosh-u tarozi to ‘g‘riligi,
odil baho tekshirilgan, qallob va tovlamachilar qat’iy jazolangan, eng
muhimi bu ish bozorda, xalq oldida amalga oshirilgan. Savdogarlarga
olib kelingan mol ustiga 10 foiz narx qo‘yish mumkin bo'lgan.
Sohibqiron Amir Temur, jumladan, shunday degan edilar:
«Amr
qildimki, sadrlarsadri (sadr, vaqf yerlar va vaqf etilgan boshqa mulkning
hisob-kitobini olib boruvchi mansabdor) sayyidlar va boshqa arboblarga
suyurg‘ol tariqasida berilgan yerlar va vaqflaming ahvolini, ulaming
vazifalarini qay darajada ado etayotganliklarini tekshirib, menga arz
qilib tursin... Saltanatning har bir idorasida kirim-chiqimlami, kundalik
xarajatlami yozib borish uchun bir kitob tayinlansin».
Sohibqiron davrida yerga egalikning beshta asosiy ko‘rinishi bo‘lgan:
1. Suyurg‘ol yerlar. Katta hajmdagi bu yerlar davlat tomonidan
ajratib berilib, bir avloddan ikkinchisiga o‘tgan. Suyurg‘ol egasi markaziy
xazinaga to‘lanadigan soliqdan ozod qilingan. Bunday yer egalari
dehqonlami ishlatib, yer solig'i - xiroj olganlar.
2. Tarxon yeriar. Bu yerlar xususiy mulk bo‘lib, ular odamlaiga
biron-bir xizmati uchun berilgan.
3. Ushr yerlar. Sayyid va xo‘jalaiga mansub yerlardir. Bundan olingan
hosilning o‘ndan biri davlatga berilgan.
4. Vaqf yerlar, masjid, madrasa, xonaqoh, qabriston va shu singari
joylarga doir yerlardir. Vaqfda yer, suv, bozor, qul, pullar va boshqalar
mol-mulki bilan in’om etilardi. Masalan, Amir Temuming Ahmad
Yassaviy uchun qurdirgan vaqfnomasi katta ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: |