‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 111,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/184
tarix26.12.2023
ölçüsü111,09 Kb.
#197706
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   184
‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi

«Temur
tuzuklarbda 
to‘la bayon etilgan. Tuzuklar Amir Temuming 1342- 
1405-yillar oralig'idagi faoliyatini aks ettiradi va ikki qismdan 
(maqoladan) iborat. Birinchi qismda asosan yagona davlat barpo etish, 
uni mustahkamlash. qo'shni (27) yurt va mamlakatlami zabt etish 
masalalari yoritilgan bo‘lsa, ikkinchi qismda sohibqiron nomidan 
aytilgan o‘ziga xos vasiyat, pand-nasihat, turli sohalardagi, shu 
jumladan, ijtimoiy-iqtisodiyotga oid fikr-mulohazalar keltirilgan.
4.2. Shohruh Mirzo va Mirzo Ulug‘bek davridagi iqtisodiy
islohotlar
A.Temur vafotidan keyin Shohruh va Ulug‘bek (1394-1449) 
podsholigi (1409-1449) davrida iqtisodiyot yaxshi rivojlandi. Ayniqsa, 
qo‘shni mamlakatlar bilan savdo-sotiq munosabatlari o'sdi. Bu 
Movarounnahrda (arabcha «daryo ortidagi mamlakat» degani) 1428- 
yilda Ulug‘bek tomonidan o‘tkazilgan pul islohoti bilan bog‘liqdir. 
Jamiyatda pulning ahamiyatini yaxshi tushungan holda uning qadr- 
qimmatini oshirish uchun harakat qilingan.
0 ‘sha davrda muomaladagi fulusiy chaqa pullar yengil vaznda bo‘lib, 
savdo rivojiga to'sqinlik qilgan. Ulug‘bek yengil vaznda zaib etilgan va 
muomalada yurgan barcha chaqa pullami bekor qilldi. Eski chaqalami 
yangisiga almashtirib, ichki savdoning mayda mis pullaiga bo'lgan talabini 
qondirish uchun bir vaqtning o‘zida Buxoro, Samarqand, Qarshi, Ter- 
miz, Toshkent, Shohruhiya va Andijon shaharlarida zaibxonalar tashkil 
etib, bir xil vazndagi salmoqli fuluslami zarb ettirib, muomalaga kiritdi. 
Mis pullar zarbini markazlashtirish maqsadida boshqa shaharlardagi 
zarbxonalaiga barham berildi. Faqat Buxoro zaibxonasi (poytaxt Sa- 
marqandda emas) saqlab qolindi. Xalq orasida «Musi adliya», ya’ni 
adolatli chaqa nomi bilan shuhrat qozongan bu yangi mis fuluslar 
mamlakatning barcha shahar va qishloqlarida keng muomalaga kirib, 
davlatning ichki savdosini naqdina bilan to‘la ta’minlay boshladi. Ichki 
chakana savdo-pul munosabatlaridagi tanqislikni fulusning vazni va 
qiymatini oshirish bilan hal etilishi o‘rta asrlar sharoitida nodir va 
favqulodda voqea bo‘lsa-da, har holda Ulug'bekning bunday islohoti


mamlakatda hunarmandchilik buyumlarining ichki chakana savdosi uchun 
keng yo‘l ochib berdi. Ayni vaqtda tashqi savdodan keladigan daromadni 
oshirish maqsadida «tamg‘a» boji ham birmuncha oshirildi, ya’ni hozirgi 
til bilan aytilganda proteksionizm siyosatidan foydalanildi.

Yüklə 111,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin