vositalari va kapitalistning ishchilarga ish haqi sifatidagi xarajatlami
tushungan. U kapitalni natura holda va tarixdan tashqari tushungan.
Uningcha, ibtidoiy ovchi va baliqchi kapital egasi bo'lgan (bu, albatta,
xato fikr).
Rikardo yer rentasini tahlil qilishda muhim yutuqlaiga erishdi. U
renta nazariyasini qiymatning mehnat nazariyasiga asoslanib tekshirdi.
Rentaning manbayi ma’lum mulkiy munosabatlar sharoitida yerga
qilinadigan mehnatdir, deb hisobladi.
Resurslari cheklangan, unum
dorligi va joylashuvi turlicha bo‘lgan yerlar ishlanishi tufayli qishloq
xo'jaligi mahsulotlarining qiymati yomon uchastkalardagi mehnat
sarflari bilan aniqlanadi. Bunday yerlar sohibkorga o‘rtacha foyda beradi
va renta bermaydi. Nisbatan yaxshi yerlarda foyda o'rtacha normadan
yuqori bo‘ladi, ana shu ortiqcha foyda renta sifatida yer egasi tomonidan
olinadi. Yomonroq yerlar xo‘jalik hisobiga jalb etilishi orqali yer
egalarining oladigan rentasi o‘z-o‘zidan ortadi,
vaholanki, ular biror
ish , sarf-xarajat ham qilmaydi.
Rikardo bu yerda differensial renta hosil bo‘lishini ko‘rsatib berdi.
U xususiy mulkchilik sharoitida yomon yerlar ham ma’lum renta kel-
tirishi mumkinligini inkor etdi. Lekin shunday renta bor, u absolut
renta bo‘lib, uni Marks va boshqa olimlar atroflicha o‘rganganlar.
Rikardo pul va pul muomalasi masalalariga katta e’tibor qildi. U
dastlabki asarlarida pulni ichki qiymatga ega bo‘lgan tovar deb qaragan.
Pul qiymati unga sarf qilingan mehnat bilan aniqlangan. Rikardo:
«Pulning xususiyati shuki, u alohida tovar, boshqa tovarlaming qiymat
o‘lchovi va muomala vositasi sifatida harakat qiladi. Qog‘oz pullaming
miqdorida muomalada bo‘lgan tovar massasi qiymatiga mos (ya’ni
proporsional) bo‘lishi kerak, ortiqchasi bank tomonidan iste’moldan
chiqarilishi zarur», deydi.
Ammo o'zining bosh asarida
bu konsepsiyadan chekinadi, awal
pullaming ichki qiymati bor, degan bo'lsa, keyinroq pul — texnik
vosita deb izohladi va pulning miqdoriy nazariyasini ishlab chiqa boshladi.
Uning fikricha, muomaladagi pulning miqdori turlicha va erkin bo'lishi
mumkin, pulning qiymati esa muomala sohasida belgilanadi va uning
miqdoriga bog'liq bo'ladi. Rikardo erkin savdo tarafdori bo‘lgan, u
merkantilistlardan farqli ravishda tovar ishlab chiqarish tovar kiri-
tishdan ortiq, ya’ni eksport kam va import ko‘p bo'lishidan, mam-
lakatdan oltin chiqib ketishidan xavfsirashga hojat yo‘q, deydi, chunki
erkin import avtomatik ravishda oltin muomalasi va baho o'zgarishini
tartibga soladi, shuning uchun iqtisodiy tanglik ta’minlanishiga yordam
berishiga Rikardoning ishonchi komil edi.
Rikardo Angliyaning tashqi aloqalari iqtisodiyotda katta mavqega ega
ekanligini alohida o‘rgandi. U birinchilardan bo‘lib
ayrim tovarlami
ishlab chiqarishdangina emas, balki mamlakatlar o'rtasida ham xalqaro
mehnat taqsimoti va ixtisoslashuvning foydaliligini isbotlab berdi. Bunda
nisbiy afzallikprinsipi mavjudligini ishlab chiqdi.Bu prinsip univer-
salroq bo‘lib, A.Smitdagi mutlaq afzallik prinsip (yuqoridaberilgan)
xususiy hal sifatida qabul qilinadi. Bu prinsipga ko‘ra ayrim mamla
katlar ma’lum tovarlami ishlab chiqarishda ayrim qulayliklarga ega
bo‘ladi va kam xarajat sarf qiladi. Bunda tabiiy va iqlimiy faktorlar ham
katta rol o‘ynaydi (mutlaq ustunlik). Ma’lum tovarlami ishlab chiqarish
bu mamlakat uchun boshqa mamlakatlardagiga nisbatan qulayroq
bo'lishi mumkin.
Mamlakatlardagi tabiiy, texnologik va madaniy farqlar
tufayli ishlab chiqarish xarajatlari turlicha bo'ladi.
Rikardoning 1815-yilda yozilgan
Dostları ilə paylaş: