Seyning «bozorlar nazariyasi» ko‘p munozaralarga sabab bo'ldi.
Haqiqatan ham, ibtidoiy davrda almashuv natural holda olib borilgan,
ya’ni mahsulot boshqa mahsulotga ma’lum nisbatda almashtirilgan,
unda xarid qilish va sotish jarayonlari mos kelgan. Ammo eng oddiy
tovar muomalasida yoki xarid qilishda tovami sotgan odam darhol
boshqa tovar xarid qilmasligi ham mumkin bo‘lib qoldi. Sotish va
xarid qilish vaqt va makon jihatdan ajralib turadi, shu tufayli inqiroz-
laiga abstrakt imkoniyat tug'iladi. Kapitalizm davrida bu imkoniyat
haqiqatga aylanib qoldi. Dastlabki kuchli iqtisodiy krizis 1825-yilda
ro‘y berdi va ma’lum qonuniyatlar asosida takrorlanib turibdi.
0 ‘z davrida Sismondi, Maltus va J.Mill bu qonun to‘g‘risida fflcr-
mulohazalar bildirdilar. Bunda kapitalistik xo‘jalikda tovarlaming bahosi
xo‘jalik konyunkturasiga mos ravishda absolut moslashuv va darhol
reaksiya qilish xususiyatiga ega deb hisoblanadi.
Hozirgi davrda ham bu masala bo'yicha iqtisodchilar o‘rtasida
neoklassik yo'nalish bilan keynschilik tarafdorlari orasida munozara
davom etmoqda (bu haqda quyida gapiriladi). «Sey qonuni»ning ijobiy
tomoni shundaki, unga ko‘ra kapitalizm o‘z rivoji davomida o‘ziga o‘zi
bozor yaratadi, kelajagi bor jamiyat deb qaraladi va Sismondining
kapitalizm rivojiga qarshi fikrini inkor etadi, realizatsiya muammosini
hal etishda «Uchinchi shaxslar»ga ehtiyoj qolmaydi (bu haqda oldingi
bobda fikr yuritilgan).
Sey aigumentlariga asoslanib, buijuaziya demokratik davlat apparatini
qisqartirish, savdo va sohibkorlik erkinliklari to‘g‘risida progressiv
g‘oyalar ilgari surildi.
Dostları ilə paylaş: