Qisqacha xulosalar
1917-yildagi oktyabr to‘ntarilishi va sho‘rolar hokimiyati (1917-
1990) davrida sobiq SSSR va xususan 0 ‘zbekistonda ma’muriy-
buyruqbozlikka asoslangan imperativ rejali iqtisodiyotga o‘tildi.
Nokapitalistik konsepsiya, ya’ni bozor munosabatlarini inkor etuvchi
yo‘l tanlab olindi. Buyruqbozlik iqtisodiyoti tufayli erishilgan ayrim
yutuqlar vaqtincha samara berdi. Markaz tomonidan olib borilgan
siyosat oqibatida katta potensialga ega bo‘lgan 0 ‘zbekiston iqtisodiyoti
bir tomonlama agrar- xomashyo yo‘nalishida rivojlandi, sanoat tovarlari
ishlab chiqarish cheklangan edi, paxta yakkahokimligi ijtimoiy-ekologik
muammolami keltirib chiqardi, yerlaming sho‘rlanishi, botqoqlashuvi
kuchaydi, Orol dengizi quriy boshladi, xalqning moddiy farovonligi
keskin ortda qoldi. Ilg‘or mamlakatlaming iqtisodiy rivojlanish tarixi
bozor iqtisodiyotini qo'llash yo'li bilangina taraqqiyotga erishish
mumkinligini ko‘rsatmoqda. Ko‘p yillar davomida imperativ rejali
iqtisodiyot yuritgan sobiq SSSR va boshqa «sosiaUstik» deb atalgan
davlatlar iqtisodiyoti inqirozga uchradi va bu bozor iqtisodiyotiga o‘tishni
taqozo etmoqda. 0 ‘zbekiston Respublikasi bozor munosabatlariga o‘z
mustaqilligiga erishgandan so‘ng (1991) o‘ta boshladi. Bu bozor
iqtisodiyotiga o‘tish konsepsiyasi ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan
rejali (planli) iqtisodiy tizimdan erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tishning
qonun-qoidalari va uning 0 ‘zbekistondagi milliy xususiyatlarga xos
ilmiy qarashlar majmuyidan iboratdir.
Respublikamizning bozor munosabatlariga o‘tish konsepsiyasi
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, akademik Islom Karimovning
asarlari, risola va nutqlarida izohlab berilgan. 0 ‘zbekistonning tarixiy,
ilmiy, an’anaviy, ekologik va boshqa sohalardagi tajribalariga asoslanib,
respublikada ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘li
maqbul deb topildi. Bu o‘tish yo‘li tadrijiy (evolutsion) ketma-ket,
bosqichma-bosqich amalga oshadi. Jamiyat rivoji tarixi shuni aniq
ko'rsatadiki, bir ijtimoiy tizimdan boshqa tizimga ko'chish uchun
ma’lum o‘tish davri obyektiv zaruriyatdir. Bu zarurat eskirgan hayot
ukladi o‘miga yaratiladigan yangi ukladni vujudga keltirishdagi siyosiy-
ijtimoiy va iqtisodiy qiyinchiliklar bilan chambarchas bog‘Uqdir.
0 ‘zbekiston sharoitida bu o‘tish davri bir necha bosqichdan iborat
bo'ladi. Birinchi bosqich 1991-1994-yillar, ikkinchi bosqich 1994 -
1999-yillarda amalga oshirildi, uchinchi bosqich 2000-yildan boshlandi.
0 ‘tish davrining davom etish vaqti va bosqichlari soni o‘tish davrida
qo‘llaniladigan qator aniq obyektiv va subyektiv omillar va uslublarga
bog‘liqdir. Uni nisbatan tezroq va to‘fonlarsiz amalga oshirish bosh
vazifa hisoblanadi. 0 ‘zbekistonda sobiq sho‘ro davlatlari orasida
birinchilardan bo'lib mustaqillikning o‘n yili davomida muhim yutuqlar
qo‘lga kiritildi. Inqirozlar davri tugab (1996), iqtisodiyotning jadal
o‘sish davri boshlandi. Makroiqtisodiy barqarorlikka erishildi, milhy
valutamiz bo‘lgan so‘m mustahkamlandi, xususiylashtirish jarayoni
chuqurlashdi va kengaydi. Yoqilg‘i-energetika va don mustaqilligi
ta’minlandi, iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlar keng quloch yoydi,
yangi sanoat tarmoqlari vujudga keldi. Iqtisodiyotda sezilarli siljishlar
amalga oshirildi. Bozor infrastrukturasi yaratildi, asosiy iqtisodiy
ko'rsatkichlar o‘sishi ta’minlandi. Bu tanlab olingan iqtisodiy islohotlar
yo‘lining to‘g‘riligi natijasidir.
|