‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


«Boylik, pul va oMponlarning tabiati to‘g‘risida



Yüklə 48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/184
tarix07.01.2024
ölçüsü48 Kb.
#205063
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   184
61aef8397723d3.50813536

«Boylik, pul va oMponlarning tabiati to‘g‘risida
mulohaza» 
asarida iqtisodiy inqiroz davrida nima ro‘y berishini yorqin 
va obrazli ifodalab beradi. Merkantilistlardan farqli ravishda u boylikning 
manbayi almashuv sohasi emas, balki ishlab chiqarish degan edi. 
Almashuvga esa ishlab chiqarish rivojining sharti sifatidagina qaraydi.
Buagilber V.Pettidan mustaqil ravishda qiymatning mehnat 
nazariyasiga asos soldi. U bozor bahosi va «haqiqiy baho»ni farqlagan, 
«haqiqiy baho mehnat sarfi bilan belgilanadi», degan. U haqiqiy baho 
deganda, ishlab chiqarishning turli tarmoqlari o‘rtasida mehnat 
taqsimotining to‘g‘ri proporsiyasini tushungan. Shunday proporsional 
taqsimotning zaruriy shart-sharoiti sifatida ishlab chiqaruvchilar 
orasidagi erkin raqobat yotadi.
V.Pettidan farqli ravishda (qiymatni pul shaklida ifodalashni taklif 
etgan) Buagilber qiymatning pul shaklini qat’iy ravishda inkor etgan. 
Agar V.Pettining diqqat markazida pullar va boshqa tovarlar o'rtasidagi 
almashuv munosabatlari turgan bo‘lsa, Buagilbeming e’tibori 
tovarlaming tovarga bevosita munosabati, ya’ni tovarlaming to‘g‘ridan 
to‘g‘ri almashuviga qaratilgan edi. Buagilber uchun shu narsa xarakterli 
ediki, u pulga keskin qarshi bo‘lgan, pulda barcha yovuzlik va ofatlaming 
manbayi mujassamlangan, tovarlaming «haqiqiy baho» asosida 
almashuvi buzilishining sababi ham shunda deydi u. U oltin va kumushni 
buyuk yovuzlik deb baholaydi, pulga qarshi mutaassiblik (fanatizm) 
bilan kurashadi. Pulning yagona yaxshi tomoni shundaki, u almashuvni 
osonlashtiradi. Oltin va kumush o‘mini qog‘oz pul bemalol qoplaydi. 
Ko‘rinib turibdiki, olim pulning barcha funksiyalarini tushunib yetmaydi. 
Pul umumiy ekvivalent bo'lib, uning o‘mida qiymatga ega bo‘lgan 
tovarlaigina xizmat qilishi mumkin. Shu sababli, uningcha, tovar ishlab 
chiqarilishini saqlagan holda, pulni yo‘q qilish kerak. Shu yerda u 
iqtisodiy munosabatlaming ikki shakli o‘rtasidagi chambarchas aloqani 
tushunmadi, uning bir shaklini (tovar) saqlab, ikkinchi (pul) shaklini 
yo‘q qilmoqchi bo‘ladi.


Olim tovar ishlab chiqarishning asl maqsadi faqat iste’molni 
qondirishda deb xato o'ylagan (iste’mol va almashuv uchun).
Demak, Buagilbeming eng buyuk xizmati shundaki, u qiymatni 
sarflangan ish vaqtiga tenglashtirdi. Lekin u tovar ishlab chiqarishning 
qulay tomonini saqlagan holda uning salbiy tomonlarini tugatishni 
orzu qiladi. Agar Pettining iqtisodiy ta’limotida almashuv qiymati 
asosiy bo‘lsa, Buagilberda iste’mol qiymati bosh rol o'ynadi. Aslida, 
ulami bir-biridan ajratib bo‘lmaydi.

Yüklə 48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin