‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/184
tarix07.01.2024
ölçüsü48 Kb.
#205063
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   184
61aef8397723d3.50813536

Qisqacha xulosalar
XVIII asr oxiri - XIX asr boshlarida klassik iqtisodiy maktab to‘la 
shakllandi, bu britaniyalik olim A. Smit tomonidan amalga oshirildi. 
Bu davrda Angliyada obyektiv shart-sharoitlar mavjud edi: burjua 
inqilobi manufakturadan fabrikaga o‘tilishi, agrar islohot, kapitalning 
dastlabki jamg'arilishi, sinfiy va mulkiy differensiatsiya va boshqalar.
Mantiqiy abstraksiya uslubi asosida iqtisodiy voqea va jarayonlaming 
mohiyati to‘g‘ri talqin etib berildi. Yangi buijua jamiyati har tomonlama 
obyektiv asosda tahlil qilinib, uning progressiv tomonlari ko'rsatib 
berildi. Xususiy mulkning abadiyligi va daxlsizligi qo‘llab-quwatlandi. 
Klassik maktab vakillari inson xohishiga bog‘Uq bo'lmagan obyektiv 
iqtisodiy qonunlarning mavjudligini ular iqtisodiy tizimda tabiiy 
turg‘unlikni ta’minlashga, o‘z-o‘zini boshqarishga qodir ekanligi tan 
olinadi, shu sababli davlatning iqtisodiyotga aralashuvi iloji boricha 
inkor etiladi va erkin savlo-sotiq qo'llanadi. «Ko'rinmas qo‘l» yordamida 
avtomatik iqtisodiyot erkin bozor munosabatlari doimo rivojlanish 
qobiliyatiga egadir.
Birinchi bor erkin bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining asosiy 
tamoyillari aniqlab berildi. Mehnat taqsimoti iqtisodiy taraqqiyot asosi 
sifatida to‘g‘ri ко‘rib chiqilgan. Mehnat taqsimoti faqat tarmoqlararo 
emas, balki mamlakatlar o'rtasida ham katta naf keltirishi isbotlab berildi 
(D.Rikardo), mutlaq va nisbiy ustunlik prinsiplari ishlab chiqildi.
Ishlab chiqarish sohasidan qat’i nazar (sanoat, qishloq xo‘jaligi, 
savdo va xizmat...), mehnat jamiyat boyligining asosi ekanligi aniq-


landi. Jamiyatning sinfiy tuzilishi, asosan, to‘g‘ri ко‘rib chiqildi, ular 
o'rtasida keskin qarama-qarshilik yo‘qligi ko‘rsati]gan, bu jamiyatda 
iqtisodiyot avtomatik boshqarilgani tufayli iqtisodiy inqirozlar inkor 
etildi. Iqtisodiyotning muhim kategoriyalari bo‘lgan qiymat, pul, baho, 
foyda, ish haqi, renta, kapital va boshqalarga asosan to'la va to‘g‘ri 
ta’rif berilgan. Yangi jamiyatning progressiv tomonlari bilan biiga bozor 
iqtisodiyotining bekam-u ko‘st emasligi, uning bir qancha jiddiy 
kamchiliklari borligi ham qayd etilgan.

Yüklə 48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin