‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Daromadlar to‘g‘risidagi ta’Iimot



Yüklə 48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/184
tarix07.01.2024
ölçüsü48 Kb.
#205063
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   184
61aef8397723d3.50813536

Daromadlar to‘g‘risidagi ta’Iimot
A.Smit kapitalistik jamiyatning sinfiy strukturasini baholashda ishlab 
chiqarish vositalariga bo‘lgan munosabatga ko‘ra uchga bo‘ldi: ishchilar, 
kapitalistlar va yer egalari.
Har bir sinf o ‘zining asosiy daromadini: ishchilar ish haqi, 
kapitalistlar foyda, yer egalari esa renta oladilar. Smit turli qatlam va 
oraliq guruhlar mavjudligini ham aniqladi va asosiy sinflar daromadni 
oladilar, boshqa guruhlaming daromadi esa qayta taqsimlangan yoki 
ikkilamchi ekanligini aytadi.
Ish haqi, ya’ni ishchining daromadi Smitning fikricha, mehnat 
mahsuloti bo‘lib, mehnat uchun to‘lanadigan tabiiy mukofotdir, oddiy 
takror ishlab chiqarishda ham mehnat haqi mavjuddir. U oddiy ishlab 
chiqaruvchi bilan yollanma ishchining daromadlarini bir deb bildi. 
Oddiy takror ishlab chiqarishda «ish haqi» ishchining butun mehnat 
mahsulotiga teng.


Smit ish haqi masalasini F.Kene va V.Pettilardan boshqacharoq 
hal etdi. Ma’lumki, V.Petti tirikchilik uchun zarur bo'lgan minimum 
xarajatlar nazariyasini ilgari surgan, fiziokratlar ham shunday fikrda 
edilar. Smit «tabiiy baho» tushunchasini ishlatgan va ish haqi tirikchilik 
uchun zarur minimum xarajatlardan ancha ortiq bo‘lishi, bolalar 
hayoti va tarbiyasiga oid xarajatlar ham hisobga olinishi kerak, ish 
haqi milliy boylik o‘sishiga bevosita bog'liq degan fikrda edi.
Smit ta’limotida ishchi kuchi degan kategoriya yo‘q, u kapitalist va 
ishchi o‘rtasidagi munosabatda ishchi mehnati sotUadi deb hisoblaydi.
Ammo ish haqining normal darajasini aniqlashda u amalda ishchi 
kuchining qiymatidan foydalangan, ish haqining miqdori to‘g‘risida 
gap borganda esa tirikchilik xarajatlari qiymati hisobga olinishi kerak, 
deydi. U, shuningdek, ish haqi miqdori o‘zgarishining mexanizmini 
o‘rganib, uning quyi chegarasi jismoniy tirikchilik minimumi bo'lishi 
kerak degan xulosalar chiqardi. Agar ish haqi undan past bo‘lsa, ish­
chilaming ommaviy qirg‘ini ro‘y beradi, Hindiston va Xitoydagi 
ishchilaming ish haqlari iqtisodiyotning tushkunlik yoki turg‘unlik 
holatida jismoniy minimumga yaqinlashadi.
Angliya va Shimoliy Amerikada, ya’ni rivojlanish me’yorida yoki 
tez sur’atlar bilan borgan davlatlarda ish haqi minimumdan yuqori 
bo‘ladi, bundan tashqari, ish haqi an’ana, madaniy saviya, tarkib 
topgan iste’mol me’yoriga ham bog‘liq. Ish haqi miqdorining o‘zgarishi 
bozor mexanizmining harakati asosida shakllanadi, uning o‘zga- 
rishining bevosita sababi mehnat bozoridagi talab va taklifning tebranib 
turishi hisoblanadi. Smit jamiyatning uch holatini: yuksalayotgan 
progress, statsionar - turg‘un va tanazzul - regressga uchragan holat- 
larini farqlagan. Birinchisida boylik ko'payadi va mehnatga talab-ehti- 
yoj ortadi. Statsionar holatda ishchilaming ahvoU og‘ir, tushkunlikda 
esa ayanchli bo'ladi.
Smitning fikricha, yuqori ish haqi iqtisodiy taraqqiyot - progressga 
yordam beradi, chunki u mehnat unumdorligini oshirish uchun 
rag'batlantiradi. U ish haqini oshirish mehnatga bo‘lgan layoqatni 
kamaytiradi, ishchilami dangasa qilib qo‘yadi, degan g'oyalarga qarshi 
edi (buni V.Pettining fikrlari bilan solishtiring). Yollanma ishchilar 
aholining asosiy qismini tashkil etadi va bironta jamiyat, shubhasiz, 
agar uning asosiy qismi kambag'al va og‘ir ahvolda bo‘lsa, baxtli 
jamiyat bo‘la olmaydi.


Olimning davlat xizmatchilari, advokat, sudya, ruhoniy va 
o‘qituvchilaming ish haqlari to‘g‘risidagi fikrlari diqqatga sazovordir. 
U, ayniqsa, oliy o'quv yurtlarida «natijaga qarab haq to‘lash»ning 
yo‘qligini qattiq tanqid ostiga oladi. Uning asosiy fikri shuki, cheklangan 
maosh olayotgan o‘qituvchi hech qachon to‘la kuch bilan ishlamaydi, 
chunki u bundan manfaatdor emas. Lekin kam haq to‘lash qanchalik 
ziyon keltirsa, ortiqcha ko‘p maosh ham jamiyat uchun naf keltirmaydi.
A.Smit sohibkorlarga ishchilar sinfining qashshoqligi uning 
manfaatlariga qarama-qarshi ekanligini uqtiiadi va hatto foyda kamaygan 
holda ham ish haqi oshishi mumkinligini ko‘rsatib berdi.
Qiymatning mehnat nazariyasidan kelib chiqib, foyda yollanma 
ishchi mehnatiga to‘lanmagan mahsulotdir, degan A.Smit qo‘shimcha 
qiymat kelib chiqishining haqiqiy sababini aniqlashga yaqinlashgan. 
Chunki foyda kapitalist bilan bevosita bog‘langan, bunda ishchi o‘z 
mehnat samarasini kapitahst bilan bo‘lishishga majbur bo'ladi. Bu 
holatda foyda yangi paydo bo'lgan qiymat bilan ish haqining farqi 
ayirmasidir; ishchiga u hosil qilgan tovaming bir qismi tegadi, xolos. 
Qolgan qismini kapitalist foyda sifatida oladi. Amalda foyda qo‘shimcha 
qiymatdir. Fiziokratlardan farqli ravishda, ASmit qo‘shimcha mahsulot 
faqat qishloq xo'jaligida, iste’mol qiymatlaming ortishi hisobigagina 
emas, balki xodimning mehnati yaratgan yangi qiymatdir, degan 
to‘g‘ri xulosalarga keldi. Ammo boshqa holatda u foydani boshqacha 
tushunadi: yer egasiga rentani to'lagandan keyin sanoat kapitaUstida 
qoladigan daromad, pul kapitali egasi ssuda foizini to'lagandan keyin 
qoladigan daromad. Bu yerda foyda xizmat chi kapitalistning korxona 
daromadi sifatida amal qiladi. Smit bu holdagi foydani korxonani 
boshqarish bilan bog‘liq bo'lgan boshqa ko'rinishdagi ish haqi deb 
e’lon qilishga qarshi chiqdi. U foyda miqdori korxonani boshqarishdagi 
mehnatning miqdori va murakkabligiga emas, balki avans (bo‘nak) 
qilingan kapitalning hajmiga bog‘liq ekanligini ta’kidlaydi.
Smit qo'shimcha qiymatga ilmiy izoh bera olmadi va uning paydo 
bo'lish mexanizmini tushunmadi. U foyda barcha avanslangan kapital 
tufayli tug‘iladi, deb o‘yladi. Foyda normasining tekislanib borishini, 
o‘rtacha foyda paydo bo‘lishi jarayonini sezgan olim bu orada yuzaga 
keladigan qarama-qarshilikni ko‘ra olmadi. Agar qo'shimcha qiymat 
to'lanmagan mehnat mahsuli bo‘lsa, u kapitalga proporsional bo‘la 
olmaydi. Smit tarixiy rivojlanish tizimi «o'zgaruvchi kapital - qiymat


- qo‘shimcha qiymat»dan «yalpi avanslangan kapital - o‘rtacha foyda - 
ishlab chiqarish bahosi» tizimiga o'tilganligini inkor etib, o‘rtacha 
foydani qo‘shimcha qiymat bilan qorishtirib yubordi. Oqibatda Smit 
qiymatga kapitalning unumi natijasi yoki kapitalistga uning faoliyati 
uchun to'lanadigan haq sifatida qaraydigan bo'ldi. Shu fikr bilan bog'liq 
ravishda u foizni to'lagandan keyin qoladigan foydaning bir qismi 
kapitalni qo‘llash bilan bog'liq bo'lgan mehnat va tavakkalchilik uchun 
to'lanadigan mukofot ko‘p hollarda arzimas mukofot yoki haq deb 
gapira boshladi.
Smit foyda normasi va protsentning past darajasini iqtisodiy 
rivojlanish va «millatning ravnaqi» ko'rsatkichi deb xarakterladi, ammo 
foyda normasining pasayib borish tendensiyasini tushuntirib bera 
olmadi. U boy davlatlarda kapital ortiqligi, kapitalistlar raqobatini foyda 
normasi pasayishiga sabab deb ko‘rsatdi.
Smit sohibkorlami progressiv ilg‘or sinf deb hisoblaydi, chunki 
u kapital jamg‘arilishiga va ishlab chiqarishni rivojlantirishga imkoniyat 
yaratadi. U yirik yer egaligini qo‘llab-quwatlamagan, yer rentasi 
yer egasining daromadini foyda kabi ishchining mehnat mahsulotidan 
chegirilgan qismi, deb tushuntirgan. Smit rentani ijara haqidan ajratgan 
va uning yemi yaxshilash uchun sarflangan kapitalga aloqasi yo‘q, 
deydi, chunki bu yaxshilashni ko‘pincha ijarachi qoplaydi. Ammo 
ijara shartnomasi yangilanganda yer egasi rentani oshiradi, yemi 
yaxshilash go‘yoki uning hisobiga amalga oshirilgan bo‘ladi.
Qiymatning mehnat nazariyasi asosida rentaning haqiqiy tabiati 
ochib beriladi. Yer kapital kabi o‘zga mulk sifatida mehnatkashlarga 
qarshi turadigan moddiy sharoit hisoblanadi. Yer xususiy mulkka 
aylangach, ishchi o‘z mehnati yakunlarining bir qismini yer egasiga 
qaytarishga majbur. Renta yerga xususiy mulkchilik monopoUyasi paydo 
bo‘lishining oqibatidir. Yer unumi va joylashuvining turli bo'lishi ham 
rentaga sabab bo'lishi mumkin, deydi Smit. Ammo unda absolut va 
differensial renta tushunchasi bo‘lmagan (absolut renta yerga xususiy 
mulk bo'lgandagina paydo bo'ladi, differensial renta esa har doim 
mavjud). Fiziokratlardagi kabi tabiiy kuch ta’siri ham e’tiboiga olingan. 
Bu variantda rentani hosil qilishda qishloq xo‘jaligi ishlari va ishchi 
hayvonlari ishtirok etadi. Dehqonchilik kapital qo‘yish uchun eng 
foydali, samarali soha deb hisoblangan. Uning renta to‘g‘risidagi boshqa 
bir qancha fikrlari ham bor, lekin ular masalani o‘ta chalkash va 
noto‘g‘ri talqin etadi.



Yüklə 48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin