‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


T.R. Maltus va uning «nufus nazariyasi»



Yüklə 48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/184
tarix07.01.2024
ölçüsü48 Kb.
#205063
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   184
61aef8397723d3.50813536

9.3. T.R. Maltus va uning «nufus nazariyasi»
Ingliz iqtisodchisi 
Tomas Robert Maltus 
demografiya muammolari 
to‘g‘risida birinchilardan bo‘lib fikr yuritgan bo‘lmasa-da, «Nufus 
nazariyasi»ni yaratdi. Bu muammo bo‘yicha barcha munozaralarda 
uning nomi birinchilardan tilga olinadi. Masalan, Aristotel (m.av. 384- 
322) 
«Siyosat» 
asarida aholisi kam sonli mamlakatni ideal davlat deb 
hisoblagan, chunki aholi me’yordan ko‘p bo‘lsa, sotsial ziddiyat 
kelib chiqadi. U nikoh to‘g‘risida qonun taklif etgan, unda erkaklarga 
37, ayollarga 18 yoshgacha farzand ko‘rish taqiqlangan, uningcha, 
aholi ko‘pligi yer yetishmasligiga olib keladi va u qashshoqlikka mahkum 
etiladi.


F.Kene (1694-1774) 
«Aholi» 
(1756) maqolasida insonlar «boylik» 
manbayi ekanligiga ancha yaqin fikrlami ilgari surdi. «Mamlakatning 
buyukligi uning aholisi bilan», - degan edi u. Aholi mahsulot ishlab 
chiqarishni ko'paytirib, odamlar mehnatidan foydalanish masalalari 
davlatning bosh iqtisodiy siyosati obyekti bo'lishi kerak. Bu fikr A.Smit 
tomonidan rivojlantirildi.
V.Petti aholining mehnat qiladigan qismini boylik yaratuvchi deb 
hisoblagan, birinchi bo'lib «insoniy kapital» tushunchasini kiritgan.
T.R. Maltus (1766-1834) dvoryan oilasida tug‘ildi, 1788 yil Kemb- 
rij universitetini bitirgach, qishloq ruhoniysi sifatida ishlay boshladi, 
ilohiyot fanidan ilmiy darajaga ega bo‘ldi. 1807-yildan boshlab «Ost- 
Ind» kompaniyasi kollejida siyosiy iqtisod professori lavozimida leksiyalar 
o‘qidi.
Uning asosiy asarlari 
«Aholi nufusi qonuni to‘g‘risidagi tajriba»
(1798), 
«Yer rentasining tabiati va o‘sishi to‘g‘risidagi tajriba» 
(1815), 
«Siyosiy iqtisod prinsiplari» 
(1820-yilda yozilgan va awalgi kitob qayta 
ishlanib, ikki jildli asarga aylantirilgan). Bu asar D.Rikardoning «Siyosiy 
iqtisodning boshlanishi» asaridan uch yil keyin chiqqan bo‘lib, nazariy 
metodologik jihatdan undan farq qilmaydi. Bu asarlarda Maltus 
lendlordlar manfaatini himoya qiladi, ammo yer egalari va kapitalist- 
fabrikantlaming manfaatlari mos kelsa va ishchilaiga qarshi qo‘yilsa, 
ulaming ikkalasini qo‘llab-quwatladi, hukmron sinflami oqladi, 
ommaning och-yalang‘ ochligi va og‘ir ahvolida ulaming hech qanday 
aybi yo'qligini isbotlamoqchi bo'ldi. Mavjud tizimni takomillashtirish 
kerakligini xayoliga ham keltirmadi, buni o'ziga xos utopiya deb hisobladi.
Asosiy iqtisodiy masalalami yagona bir omil asosida oddiygina 
tushuntirishga harakat qildi.
Tadqiqot predmeti
sifatida, awalo, ishlab chiqarish sohasini rivoj- 
lantirish yo‘U bilan jamiyatning moddiy boyligini yanada ko‘paytirish 
masalasi qaraladi. Shu bilan birga, birinchi marta iqtisodiy o‘sish 
muammosini aholining o'sishi bilan bog‘lashga harakat qilingan. Awalgi 
tadqiqotlarda aholi o'sishi o‘z-o‘zidan milliy xo'jalik rivojiga olib kelishi 
(va aksincha) masalasi qo'yilgan bo'lsa, bu olim muammoga o‘ziga 
xos ravishda yondashadi.
Tadqiqot usulida
iqtisodiy liberalizm konsepsiyasini tan olgan holda, 
iqtisodiy o'sish sur’atlari bilan aholi soni o'rtasida o‘zaro aloqadorlikni 
ilmiy jihatdan isbotlashga urunishining o'ziga xos yo‘llari mavjuddir.


Jahonga ma’lum bo'lgan Ch.Darvin, D.Rikardo va boshqalaming 
qarashlari unga metodologik asos sifatida xizmat qildi.
Bu olim metodologiyasining yangiligi va ahamiyati shundaki, undan 
milliy iqtisodiyotni rivojlantirish va qashshoqlik sabablarini aniqlash 
va undan chiqish uchun amaliy xulosalar chiqarish mumkin. Yashash 
minimumi sifatida belgilanadigan tirikchilik vositalari va aholi o‘sish 
soni o'rtasidagi oddiy nisbatni isbotlashga harakat qilinadi.
M. Blaugning ta’kidlashicha, Maltus bo'yicha insoniy jamiyatni 
ijtimoiy qonunlar (sotsial islohotlar) yordamida har qanday ongli 
takomillashtirishga urinish yengib bo‘lmas insonlar ommasi tomonidan 
surib tashlanadi va shu sababli har bir odam o'zi haqida o‘zi jon 
kuydirmog'i va o'zining xatolari uchun to‘la javob berishi kerak.

Yüklə 48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin