F.Kene (1694-1774)
«Aholi»
(1756) maqolasida insonlar «boylik»
manbayi ekanligiga ancha yaqin fikrlami ilgari surdi. «Mamlakatning
buyukligi uning aholisi bilan», - degan edi u.
Aholi mahsulot ishlab
chiqarishni ko'paytirib, odamlar mehnatidan foydalanish masalalari
davlatning bosh iqtisodiy siyosati obyekti bo'lishi kerak. Bu fikr A.Smit
tomonidan rivojlantirildi.
V.Petti aholining mehnat qiladigan qismini boylik yaratuvchi deb
hisoblagan, birinchi bo'lib «insoniy kapital» tushunchasini kiritgan.
T.R. Maltus (1766-1834) dvoryan oilasida tug‘ildi, 1788 yil Kemb-
rij
universitetini bitirgach, qishloq ruhoniysi sifatida ishlay boshladi,
ilohiyot fanidan ilmiy darajaga ega bo‘ldi. 1807-yildan boshlab «Ost-
Ind» kompaniyasi kollejida siyosiy iqtisod professori lavozimida leksiyalar
o‘qidi.
Uning
asosiy asarlari
«Aholi nufusi qonuni to‘g‘risidagi tajriba»
(1798),
«Yer rentasining tabiati va o‘sishi to‘g‘risidagi tajriba»
(1815),
«Siyosiy iqtisod prinsiplari»
(1820-yilda yozilgan va awalgi kitob qayta
ishlanib, ikki jildli asarga aylantirilgan). Bu asar D.Rikardoning «Siyosiy
iqtisodning boshlanishi» asaridan uch yil keyin chiqqan bo‘lib, nazariy
metodologik jihatdan undan farq qilmaydi. Bu asarlarda Maltus
lendlordlar manfaatini
himoya qiladi, ammo yer egalari va kapitalist-
fabrikantlaming manfaatlari mos kelsa va ishchilaiga qarshi qo‘yilsa,
ulaming ikkalasini qo‘llab-quwatladi, hukmron sinflami oqladi,
ommaning och-yalang‘ ochligi va og‘ir ahvolida ulaming hech qanday
aybi yo'qligini isbotlamoqchi bo'ldi. Mavjud
tizimni takomillashtirish
kerakligini xayoliga ham keltirmadi, buni o'ziga xos utopiya deb hisobladi.
Asosiy iqtisodiy masalalami yagona bir omil asosida oddiygina
tushuntirishga harakat qildi.
Tadqiqot predmeti
sifatida, awalo, ishlab
chiqarish sohasini rivoj-
lantirish yo‘U bilan jamiyatning moddiy boyligini yanada ko‘paytirish
masalasi qaraladi. Shu bilan birga, birinchi marta iqtisodiy o‘sish
muammosini aholining o'sishi bilan bog‘lashga harakat qilingan. Awalgi
tadqiqotlarda aholi o'sishi o‘z-o‘zidan milliy xo'jalik rivojiga olib kelishi
(va aksincha) masalasi qo'yilgan bo'lsa, bu olim muammoga o‘ziga
xos ravishda yondashadi.
Tadqiqot usulida
iqtisodiy liberalizm konsepsiyasini tan olgan holda,
iqtisodiy o'sish sur’atlari bilan aholi soni o'rtasida o‘zaro aloqadorlikni
ilmiy jihatdan isbotlashga urunishining o'ziga xos yo‘llari mavjuddir.
Jahonga ma’lum bo'lgan Ch.Darvin, D.Rikardo va boshqalaming
qarashlari unga metodologik asos sifatida xizmat qildi.
Bu olim metodologiyasining yangiligi va ahamiyati shundaki,
undan
milliy iqtisodiyotni rivojlantirish va qashshoqlik sabablarini aniqlash
va undan chiqish uchun amaliy xulosalar chiqarish mumkin. Yashash
minimumi sifatida belgilanadigan tirikchilik vositalari va aholi o‘sish
soni o'rtasidagi oddiy nisbatni isbotlashga harakat qilinadi.
M. Blaugning ta’kidlashicha, Maltus bo'yicha
insoniy jamiyatni
ijtimoiy qonunlar (sotsial islohotlar) yordamida har qanday ongli
takomillashtirishga urinish yengib bo‘lmas insonlar ommasi tomonidan
surib tashlanadi va shu sababli har bir odam o'zi haqida o‘zi jon
kuydirmog'i va o'zining xatolari uchun to‘la javob berishi kerak.
Dostları ilə paylaş: