‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


səhifə162/184
tarix13.09.2023
ölçüsü
#143130
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   184
‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi (1)

Keri Genri Charlz 
(1793-1879) - amerikalik iqtisodchi, «Manfaat­
lar uyg'unligi» (1872) asarini yozgan. Shu g'oyaning tarafdori bo‘lgan,


millatlar uyg'unligi g‘oyasini ilgari surdi, Rikardo va Maltusga qarshi 
chiqdi. Erkin savdoni rad etdi, proteksionizm va qulchilikni qo'lladi.
Ekonometrika (Ekonometriya) 
- iqtisodiy jarayonlarga matematik 
usullami qo'llash bilan bog‘liq iqtisodiy matematik yo'nalish. XIX 
asming boslilarida vujudga keldi va hozirgi kunda nazariya va amaliyotda 
keng qo'llaniladi.
Kurno Antuan Ogusten 
(1801-1877) — fransiyalik matematik, 
birinchilardan bo‘lib matematikani iqtisodiy jarayonlarga keng qo‘llash 
uslubini ishlab chiqdi. Ekonometrika yo‘nalishining asoschilaridan biri, 
«talablaming elastikligi» funksiyasi va grafigini yaratdi.
Iogann Genrix fon Tyunen 
(1783-1850) — nemis olimi, ekonomet- 
rikada matematik modellashtirish bo'yicha yirik mutaxassis.
Iqtisodiy ta’Iimot, nazariya, qonun, kategoriya 
- merkantilizm, 
fiziokratizm, klassik iqtisodiy maktab, maijinalizm 
bu iqtisodiy 
ta’limotlardir; «nufus», «so'nggi soat», «uchinchi shaxslar», yuqori 
foydalilik, umumiy bandlik, qiymatning mehnat nazariyasi; qiymat, 
qo‘shimcha qiymat, talab va taklif qonunlari; tovar, mehnat taqsimoti, 
pul, narx, ish haqi, renta va boshqalar iqtisodiy kategoriyalardir.
Konsepsiya 
(lotincha tushuncha, tizim degani) — ma’lum predmet, 
hodisa va jarayonlami tushuntirish uslubi, predmet va boshqalarga 
qaratilgan asosiy qarash; ulami sistematik yoritib berish uchun bosh 
g‘oya; bu so‘z ilmiy va boshqa faoliyatdagi asosiy fikmi, konstruktiv 
tamoyilni belgilash uchun ham qo'llaniladi. Masalan, tabiiy tartib 
konsepsiyasi va boshqalar.
Tarixiy maktab 
— Germaniyada (vakillari: F.List, V.Rosher,
B.Gildebrand, K.Knis) vujudga kelgan siyosiy iqtisod. Unda foydalilik 
va yuqori naf birinchi o'ringa qo‘yiladi. Iqtisodiy qonunlar inkor etilib, 
iqtisodiy tarix bilan almashtiriladi.
Fridrix List 
(1789-1846) — nemis iqtisodchisi, tarixiy maktab 
asoschilaridan biri, uning ta’limotiga ko‘ra, qiymat «millatning ruhi» 
tomonidan yaratiladi; U taraqqiyotni besh bosqichga bo'ladi: badaviylik, 
cho‘ponlik, dehqonchilik - manufaktura, dehqonchilik - manufaktura
- savdo; urush va bosqinchiliklaming tarafdori bo‘lgan, fashizmning 
iqtisodiy nazariyotchisidir.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin