‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Neoklassik sintez konsepsiyasining mohiyati


səhifə134/184
tarix13.09.2023
ölçüsü
#143130
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   184
‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi (1)

20.1. Neoklassik sintez konsepsiyasining mohiyati
Iqtisodiyotda bir qancha ofatlar, xususan, ommaviy ishsizlik va 
infyatsiya ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda asosiy muammolardan biri 
bo‘lib qolmoqda. Qanday qilib aholining mo‘tadil va to‘la bandligini, 
real daromadlar o'sishini ta ’minlash mumkin degan savollar 
haimnani, iqtisodiyot fani namoyandalarini ham qiziqtirib kelmoqda. 
Ayniqsa, inqirozsiz iqtisodiy sikining sirlari muhimdir. Bu va boshqa 
masalalar bilan neoklassik sintez yo‘nalishi shug‘ullanib, unda klassik 
iqtisodiy ta’Iimot tomonidan ilgari aniqlangan haqiqat va qoidalar hoziigi 
davrdagi daromadlar shakllanishi nazariyalari bilan sintez qilinadi. 
Bu sohada barakali ijod etgan P.Samuelsonning fikricha, «neoklassik 
sintez» aslida hozirgi neokeyns va neoliberal qoida va «haqiqat»laming 
ilk neoklassik g‘oyalar bilan, shuningdek, klassik maktabning ayrim 
postulatlari, aw alo, hozirgi davrdagi daromadlar shakllanishi 
nazariyalari bilan birlashtirib qarashidir.
20.2. Neoklassik sintez konsepsiyasining yangi versiyalari
Yangi g'oyaning paydo bo'lishi bilan iqtisodiy tahlilda aralash 
shakldagi qarashlar ustundir, iqtisodiyotni tartibga solishning turli 
shakllari taklif etiladi. Hozirgi davrda iqtisodiyotni makroiqtisodiy tar­
tibga solishda asosan uchta ta’Iimot qarashlari qorishmasi ishtirok etadi. 
Bular 1) turli modifikatsiyadagi keynschilik ta’limotlari; 2) taklif iq­
tisodiyoti nazariyalari; 3) monetarizm. Keynschilik qarashlarida, 
asosan, davlatning iqtisodiyotda faol ishtiroki keng taig'ib etiladi. Bunda 
konyunkturaning o'zgarishi bilan ishlab chiqarishning yuqori darajasi- 
ni ta’minlash, ish bilan bandlik, siklik rivojlanishni yumshatish asos 
qilib olinadi. Asosiy e’tibor davlat budjetiga qaratiladi, shu yo‘l bilan 
to‘lov imkoniyatlariga talab to‘g‘ridan to‘g‘ri tartibga solinadi.


Monetaristlaming fikricha, iqtisodiy hayotga umuman aralashmaslik 
prinsipi qo‘llab-quwatlanadi.
Ayrim fikrlar bo'yicha neoklassik sintez faqat iqtisodiyotni davlat 
tomonidan tartibga solishnigina emas, balki umumiy iqtisodiy 
muvozanatni modellashtirishni ham o‘z ichiga oladi. Ayrim olimlaming 
aytishicha (A.B.Anikin), Samuelsonning neoklassik sintezi, awalo, 
klassik mikroiqtisodiyotni yangi makroiqtisodiyot bilan qo‘shilishi deb 
qaraladi. Yuqorida keltirilgan qarashlami uch qismga bo‘lish mumkin: 
ulaming birinchisi iqtisodiyotda to‘la bandlikni ta’minlash va bu 
prinsipm erkin bozor iqtisodiyoti elementlari bilan biigalikda (iqtisodiy 
liberalizm), shuningdek, erkin bozor stixiyasini chegaralovchi 
keynschilik konsepsiyasi elementlari ham qo‘llanilishi mumkin. Ayniqsa, 
davlat siyosatida Fiskal va pul-kredit tizimlari hamda «ishsizlikning 
tabiiy normasi» (M.Fridmen) konsepsiyasidagi antiinflatsion imko- 
niyatlar, hamda Eixard-Ryopkelaming «Ijtimoiy bozor xo‘jaligi» prin- 
siplari birgalikda harakat qiladi. Ikkinchi qarashlarda XIX asming 
oxirida neoklassiklar tomonidan ilgari surilgan qiymat (qimmat) 
nazariyasida eski va yangi qiymat nazariyalari yoki xarajat nazariyasi 
va eng yuqori foydalilik nazariyasi yotadi. Bu yerda maijinalistlaming 
ikkinchi to‘lqini vakili A. Marshall ilgari surgan yondashuv sistemasi 
to‘g‘risida gap bormoqda. Bu yerda V. Paretto va boshqalaming baho, 
talab va taklif hamda umumiy iqtisodiy muvozanat masalalari ko'zda 
tutiladi.
Uchinchi qarash bo‘yicha umumiy iqtisodiy muvozanatning hozirgi 
modeli bir vaqtning o'zida makro va mikroiqtisodiy tadqiqotlarga 
asoslanadi. Bu tadqiqotlarda awalgi sof iqtisodiy nazariya va mukammal 
raqobat qarashlardan voz kechiladi, ishlab chiqarish va iste’mol 
sohalarini bir-biriga qarama-qarshi qo'yilmaydi. Bu qarashlarda 
Keynsning «Psixologik qonuni», ya’ni daromadlaming iste’molga 
nisbatan tezroq o'sishi, «Veblen Effekti» va boshqa noiqtisodiy omil- 
laming ta’siri ham hisobga olinadi.
20.3. P.Samuelsonning «Ekonomiks» asaridagi g‘oyalar
Pol Antoni Samuelson (1915) Chikago universitetida ta’lim olgan. 
(1932-1935) Garvard oliy maktabida A.Xansen, V.Leontev, Y.Shum- 
peterlardan ilm o‘rgandi. 1941-yildan Massachusets texnologik


institutida ishlay boshladi (dastlab professor assistenti). Amerika iqtisodiy 
assotsiatsiyasi (1961), Ekonometrik jamiyat (1951). Xalqaro iqtisodiy 
assotsiatsiya (1965-1968) prezidenti bo‘lib saylangan. Olim naza- 
riyotchi bo'lish bilan birga, AQSH prezidenti yordamchi, «News­
week» jumalida faol ishtirokchi ham edi. Biz bu olimni, asosan, «Eko­
nomiks» kitobi muallifi sifatida yaxshi taniymiz. Samuelsonning bu 
kitobi dastlab 1948-yili chop etildi va 14 marta qayta nashr etilib, ho- 
ziigi iqtisodiy ta’limotlaming asosiy yo‘nalishlaridan birini tashkil etadi.
1992-yilda bu kitob Vilyam Nordxaus bilan hammualliflikda nashr 
etildi. «Ekonomiks» kitobi «Ekonomika» nomi bilan rus tiliga ag‘darildi.
Samuelson eng kam ish haqi to‘g‘risidagi qonunni daromadlar 
pillapoyasining eng pastida turgan ishchilarga yordam berish usuli deb 
hisoblaydi. U davlatning uy-joy qurilish dasturlarini moliyalashtirishni 
va oziq-ovqat yordamini qashshoqlikni kamaytirish usuli sifatida 
qo‘llab-quwatlaydi. «Ekonomiks» asarida tarixiy-iqtisodiy ekskurs 
mavjud bo‘lib, XVII asr oxiridagi Maltusning aholi nufusi nazariyasi 
eslanadi; A- Smitning «Ko'rinmas qo‘l» haqidagi g‘oyalari tahlil etiladi. 
Asarda o‘tgan davrdagi deyarli barcha doktrinalar qarab chiqiladi (bular 
to‘g‘risida yuqorida o‘qishingiz mumkin).
Uning fikricha, hozirgi davr iqtisodchilari «neoklassik sintez»ga 
erishish uchun samarali kredit-pul va fiskal siyosatni Smit va 
Marshallning klassik mikroiqtisodiyotini hozirgi daromadning darajasini 
aniqlash bo‘yicha mavjud makroiqtisodiyot bilan birlashtirish, ikkala 
yondashuvdagi barcha sog‘lom fikrlami jamlashtirishga harakat 
qilmoqdalar.
Olim iqtisodiy taraqqiyot omillariga baho berib, uni to‘rtta deb hi­
soblaydi:
1. Mehnat resurslari (inson birinchi va asosiy).
2. Tabiiy resurslar.
3. Kapital.
4. Texnologiyalar.
Olimning bu omillari «taraqqiyotning to'rt g‘ildiragi» deb yuritiladi.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin