Kirish
Telekommunikatsiya tizimlari - bu aloqa kanallari orqali katta hajmdagi
ma’lumotlarni uzatishga mo‘ljallangan texnik va dasturiy vositalar to‘plami hisoblanadi.
Bunday tizimlardan foydalanish telekommunikatsiya tarmog‘ining
barcha ishtirokchilari
o‘rtasida doimiy ravishda raqamli shaklda ma’lumotlarni uzatishni o‘z ichiga oladi.
Butun tizimning ishlashini ta’minlash uchun foydalanuvchilarning ehtiyojlari asosida
to‘g‘ri tuzilgan tegishli dasturiy ta’minot talab qilinadi.
Hozirgi vaqtda foydalanuvchilarga keng va yuqori sifatli tarmoq xizmatlarni
ko‘rsatish uchun multiservisli tarmoqlar jadal rivojlanmoqda.
Multiservisli
telekommunikatsiya tizimlari bu paketlarni almashtirish texnologiyasidan foydalangan
holda ma’lumotlarni uzatish uchun mo‘ljallangan apparat va dasturiy muhit hisoblanadi.
Bunday tarmoqlar orqali bitta tarmoq infratuzilmasi asosida turli xil texnologiyalar
yordamida ma’lumotlarni uzatish, shuningdek ovozli va
video xabarlarni almashish
mumkin.
Odatda, telekommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalangan holda
ma’lumotlarni uzatish uchun maxsus dasturlardan foydalaniladi. Ushbu dasturlar yagona
algoritmga sozlangan holda barcha tarmoq tugunlarining ishlashini soddalashtirish va
standartlashtirishga mo‘ljallangan ma’lum protokollarga
yoki mexanizmlarga muvofiq
ishlaydi.
Ushbu magistratura mutaxassisligining asosiy maqsadi axborot – kommunikatsiya
texnologiyalari sohasida faoliyat ko‘rsatishi uchun yuqori malakali mutaxassislarni
tayyorlash, shuningdek, ularning tarmoq texnologiyalari
sohasida malaka va
ko‘nikmalarini oshirish, tayanch oliy ta’lim muassasasi sifatida axborot-kommunikatsion
texnologiyalari sohasida yangi talablarga mos holda o‘quv rejalari va dasturlari
takomillashtirish hamda yangi talablarga binoan ishlab chiqishdan iborat.
Mazkur
mutaxassislik
doirasida
talabalar
turli
xil
arxitekturadagi
telekommunikatsiya tizimlar va tarmoqlarni loyihalashtirish, yangidan yangi xizmatlarni
tashkil etish, ko‘rsatilayotgan
xizmatlar sifatini oshirish, tarmoq dasturiy ta’minotlari
bozorini rivojlantishi, telekommunikatsiya va kompyuter tarmoqlarini boshqarish,
telekommunikatsiya sohasida keng tarqalgan tizimlar va texnologiyalarni
ekspluatatsiya
qilish, tarmoq protokollarini sozlash va joriy qilish, tarmoqlarning ishlash unumdorligi va
sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash, kanal, tarmoq, transport va amaliy pog‘onalarining
ishlashi bo‘yicha ko‘nikma va malakani egallashadi.
Dostları ilə paylaş: