Ўзбекистон алоқа ва ахборотлаштириш агентлиги


SERTIFIKATLASHTIRISH , SERTIFIKATLASHTIRISH BO‘YICHA



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə16/17
tarix30.09.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#150956
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
¡çáåêèñòîí àëî?à âà àõáîðîòëàøòèðèø àãåíòëèãè

SERTIFIKATLASHTIRISH , SERTIFIKATLASHTIRISH BO‘YICHA
ASOSIY TUSHUNCHALAR

Reja

1.Sertifikatlashtirish bo‘yicha asosiy tushuncha va atamalar.


1.Sertifikatlashtirish bo‘yicha asosiy tushuncha va atamalar


Sertifikatlashtirish deganda, mahsulot (buyum, tovar) yoki xizmat muayyan standartga yoki texnikaviy shartlarga muvofiq kelishini tasdiqlash maqsadida o‘tkaziladigan faoliyat tushunilib, ushbu faoliyat natijasida mahsulot (buyum, tovar)ning sifati haqida iste’molchini ishontiradigan tegishli hujjat - sertifikat beriladi.


Sinash – bu o‘rnatilgan muolajaga muvofiq holda bir yoki bir nechta xarakteristikani aniqlash.


Sinash laboratoriyasi – sinashlarni o‘tkazadigan laboratoriya.


Akkreditlash tizimi – Akkreditlashni o‘tkazish uchun protseduralar va boshqaruvning o‘z qoidalariga ega bo‘lgan tizim.


Akkreditlash – Protsedura bo‘lib, uning vositasida vakolatli idora shaxs yoki idoraning muayyan ishni bajarish huquqiga ega ekanligini rasmiy tan oladi.


Akkreditlash bo‘yicha idora – Akkreditlash tizimini boshqaruvchi va akkreditlashni o‘tkazuvchi idora.


Inspektsiya tekshiruvi – sertifikatlashtirish va akkreditlashda o‘rnatilgan talablarga muvofiqligini tasdiqlash maqsadida sertifikatlashtirilgan mahsulot, sifat yoki ishlab chiqarishni boshqarish tizimlari,

sertifikatlashtirish bo‘yicha idoralar, sinash laboratoriyalari (markazlari) ning faoliyatini takroriy baholash protsedurasi.


Sifat – O‘z tafsilotlari majmuining talablarga muvofiqlik darajasi.


Sifat menejmenti tizimi – Sifatga nisbatan tashkilotga rahbarlik qilish va boshqarish uchun menejment tizimi

«Sertifikatlashtirish tizimi» atamasidan tashqari, sertifikatlashtirish sxemasi kiritilib, u quyidagicha ta’riflanadi: «Muvofiqlikning sertifikatlashtirilishini o‘tkazishdagi uchinchi tomon faoliyatining tarkibi va tartibi».


Sertifikatlashtirish tizimlarida qatnashuvchi uchta tushuncha to‘g‘risida to‘xtalib o‘tamiz: sertifikatlashtirish tizimidan foydalanish deganda, ushbu tizimning qoidalariga muvofiq guvohnoma talablariga berilgan sertifikatlashtirishdan foydalanish imkoniyati tushuniladi.







Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin