Ўзбекистон алоқа ва ахборотлаштириш агентлиги



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə14/17
tarix30.09.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#150956
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
¡çáåêèñòîí àëî?à âà àõáîðîòëàøòèðèø àãåíòëèãè

Mashinasozlikda o‘zaro almashinuvchanlik deb, buyumlarni shunday konstruktsiyalash va ishlab chiqarish prinsipi tushuniladiki, bunda erkin, ya’ni muayyan mashinani nazarda tutmasdan tayyorlangan, detallarni tanlamasdan va maxsus to‘g‘rilab turmasdan yoki qo‘shimcha ishlov bermasdan tegishli mashina qismlarga yig‘ilganda mashinaning unga qo‘yilgan talablarga muvofiq ravishda ishlashini ta’minlaydigan bo‘ladi. Erkin tayyorlash deganda detallarni turli vaqtlarda, turli joylarda ishlab chiqarish tushiniladi. Masalan, biror qismning biror detalini ishlab chiqarish bir shaharda, boshqasi esa butunlay boshqa joyda ishlab chiqilgan bo‘lishi, qismni yig‘ish esa uchunchi bir shaharda bajarilishi mumkin.

O‘zaro almashinuvchanlik bu alohida ishlab chiqilgan detallarni yig'ishni osonlashtiribgina qolmasdan, balki ishlab chiqarishni loyihalash, tayyorlash va ulardan foydalanishning iqtisodiy masalalarini ham o‘z ichiga oladi.


O‘zaro almashinuvchanlikning asosiy mohiyati mahsulotni katta hajmda, kerakli sifatda va minimal xarajatlar bilan ishlab chiqarishni ta'minlashdir.


O‘zaro almashinuvchanlikning qanday afzalliklarga egaligi quyidagi sxemada ifodalangan:




Xulosa

"Metrologiya va metrologik ta’minot" – o‘lchashlar birliligi va talab qilingan aniqligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan ilmiy, texnik va normativ-usuliy asoslar sohasi. Xalq xo‘jaligi uchun ushbu ixtisoslik ilmiy va texnik muammolarining yangiligi va ahamiyati yangi o‘lchash usul va vositalarini ishlab chiqish va mavjudlarini takomillashtirish, o‘lchashlar birliligi va talab qilingan aniqligini ta’minlashga qaratilgan yangi ilmiy asoslangan tashkiliy va usuliy muammolarni hal qilish, shuningdek ishonchsiz o‘lchash natijalarining salbiy oqibatlarini bartaraf etish va istisno qilishdan iborat. Mahsulot (xizmatlar) va texnologik jarayonlar, korxona va sinov laboratoriyalarining asbob-uskunalari, o‘lchov, sinov va tekshiruv usul va vositalari, normativ hujjatlar, ilmiy, ishlab chiqarish, ijtimoiy va ekologik faoliyatni metrologik ta’minlash tizimlari professional faoliyat ob’ektlari hisoblanadi.


Hozirda “MXKM” DK – O‘zbekistondagi, asosiy vazifasi – sanoatda, sog‘liqni saqlashda, aloqa tizimlarida, savdoda, mudofaada, resurslarni (suv, gaz, neft, elektr energiyasi) hisobga olishda, tabiat muhofazasi va boshqa xo‘jalik faoliyati sohalarida o‘lchashlar birliligini ta’minash va saqlab turish bo‘lgan eng yirik amaliy metrologiya tashkilotidir. Metrologik faolyatning asosiy yo‘nalishlari: O‘V qiyoslash, kalibrlash, turini tasdiqlash maqsadida sinash, sinov jihozlari va o‘lchashlarni bajarish usuliyatlarini metrologik ekspertiza qilish, attestatlash. Har yili “MXKM” DK tomonidan (100 ming energotashuvchilarni hisobga olish priborlari!) ortiq metrologik xizmat ko‘rsatish amalga oshiriladi. Metrologik potensialning izchillik bilan oshirilishi muntazam ravishda yangi O‘V qiyoslash, kalibrlash va sinash turlarini o‘zlashtirishga imkon beradi.
Yoqilg‘i, issiqlik, suv yetkazib beruvchilari va iste’molchilari o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblarning to‘g‘riligi faqat magistral neft - va gazquvurlarida, neftni qayta ishlash zavodlarida, neft bazalarida, neft va gazni hisobga olish uzellarida, issiqlik va suv ta’minoti tizimlarida gaz, suv, issiqlik, elektr energiyasi va neft mahsulotlarining sarfini o‘lchash vositalarining omilkor va mustaqil metrologik ta’minoti sharti bilan kafolatlanishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi “Metrologiya to‘g‘risidagi” Qonunining 14-moddasiga muvofiq moddiy boyliklarni va energetika resurslarini hisobga olish davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati tatbiq etiladigan doiraga kiradi va shu sababdan barcha gaz, sovuq va issiq suv va elektr energiyasini hisobga olish priborlari davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati tatbiq etiladigan doiraga kiradi hamda belgilangan qiyoslashlararo intervalga asosan majburiy tekshiruvdan o‘tkazilishi kerak.
Majburiy davlat qiyoslovidan o‘tkazilishi kerak bo‘lgan o‘lchash vositalarining nomlangan ro‘yxatiga muvofiq qiyoslashlararo interval quyidagilarni tashkil etadi:
- aholining gaz hisoblagichlari uchun - 4 yilda 1 marta;
- korxona va tashkilotlarning gaz hisoblagichlari uchun - 2 yilda 1 marta.
“O‘zstandart” agentligi tomonidan, bugungi kunda Respublikamizda yagona bo‘lgan, sanoat hisoblagichlari va o‘lchash diapazoni 2500 m3/ch gacha bo‘lgan sarf o‘lchagichlari uchun zamonaviy qiyoslash uskunasi xarid qilindi.
Gazni hisobga olish priborlarini yechish, qiyoslashdan o‘tkazish, o‘tkaziladigan qiyoslash turlari, qiyoslashlararo intervallar, ta’mirlash va qiyoslashdan keyin o‘rnatish tartibi “O‘zstandart” agentligi va O‘zdavneftgazinspeksiyasining qo‘shma Qarori bilan tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 31.07.2014y. 2604 son bilan ro‘yxatga olingan) Gazni hisobga olish priborlarini qiyoslashdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomda reglamentlangan.



Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin