1.3 – rasm. Qadimiy o‘lchovlar va o‘lchash birliklari.
1.4 – rasm. Odam tanasi a’zolariga asoslangan o‘lchash birliklari.
Quyidagi 1.5-rasmda Rossiya xalqlarida inson tanasi a’zolariga moslikka asoslanib qabul qilingan va o’lchash ishlarida qo’llanilgan birliklar ko’rsatilgan.
1.5-rasm. Inson tanasi a’zolariga asoslangan o’lchov birliklari.
1.5. O`zaroalmashinuvchanlik tushunchasi. Ishlab chiqarishda o‘zaro almashinuvchanlikning ajzalliklari.
Ishlab chiqarishda o‘zaro almashinuvchanlik tushunchasi kop’ uchraydi. Bu tushuncha turli mashina va mexanizmlarni tashkil etuvchi bir xil nomdagi tarkibiy qismlar va detallar bir-birining o‘rnini bosa olishini ifodalaydi. Masalan, 17-chi o‘lchamli metrik rezbali gayka har qanday mashina va mexanizmlardagi shu o‘lchamga mos ixtiyoriy tanlangan boltga to‘g‘ri keladi, kompyuter sichqonchasi har qanday turdagi kompyuterga mos keladi, ayrim yengil avtobillarning ba’zi detallari (diskalari, shinalari, karbyuratorlari, …) o‘zaro bir-biriga to‘gri keladi.
O‘zaro almashinuvchanlikning qachon, qanday va qayerdan kelib chiqqanligi haqida aniq ma’lumotlar yo‘q. Biroq Misr ehromlarini qurishda, qadimgi Vavilon minorasini qurishda, Markaziy Osiyodagi ajdodlarimiz bunyod
etgan inshoatlarni qurishda o‘zaro almashinuvhchanlik prinsipi qo‘llanilganligini kuzatish mumkin. O‘sha davlardayoq g‘ishtlarning
o‘lchamlari, drenaj tizimiga, og‘irlik va uzunlik o‘lchovlariga, turli otish qurollariga ma’lum me’yorlar bo‘lgan.
Qadimgi Venetsiyada harbiy va savdo kemalarini ishlab chiqarishda uzluksiz oqim (potok) usuli qo‘llanilgan, bu o‘zaro almashinuvchanlik prinsipi qo‘llanilganligidan dalolat beradi.
O‘zaro almashinuvchanlik prinsipini Rossiyada birinchi bo‘lib Tula shahrining, keyinchalik Ijevsk qurol ishlab chiqarish korxonasining ustalari tatbiq etishgan. 1706-1715 yil yo‘riqnomalarida Pyotr I miltiqlar ishlab chiqarishdagi detallarni tayyorlashda qo‘llaniladigan kalibrlar va miltiq qismlarining bir jinsli bo‘lishiga rioya qilishni ustalarga buyurgan.Tuladagi zavodda miltiq ishlab chiqarishda o‘aro almashinuvchanlik prinsipi 1826 yilda chet elliklarga katta muvaffaqiyat bilan namoyish qilingan.Ombordan tanlanmay olingan 30 dona miltiq detallarga ajratilib, aralashtirilgan, so‘ng bu detallardan tanlamay yana 30 dona miltiq yig‘ilgan. Natijada har bir miltiq yana nuqsonsiz ishlaydigan bo‘lgan.
Ozaro almashinuvchanlik atamasi hamda tushunchasi XX asrga kelib shakllandi va keng qo‘llanila boshladi. O‘gir sanoat va mashinasozlik
sanoatining, harbiy texnikaning tez rivojlanib borishi o‘zaro almashinuvchanlikning ham tez rivojlanishiga yordam berdi.
Fuqaro sanoatida o‘zaro almashinuvchanlik prinsipining qo‘llanilishi birinchi jahon urushi (1914 – 1918 yillar) dan keyin boshlandi. Bu urush Rossiyadagi va chet mamlakatlardagi ayrim harbiy korxonalarda o‘zaro almashinadigan detallar va qismlarni konstruksiyalash va ishlab chiqarish sirlarini ochib tashlashga majbur etdi.
Mashinasozlikda o‘zaro almashinuvchanlik yalpi va seriyalab ishlab chiqarishning asosiy zaruriy shartlardan hisoblanadi. O‘zaro almashinuvchanlik prinsipiga rioya qilinmasa, hatto ko‘pgina jihozlardan ham ko‘ngildagidek foydalanib bo‘lmaydi. Masalan, istalgan lampochka istalgan potronga buralib kiradi, o‘tqazish o‘lchami jihatdan bir xil tartib raqamli sharikli podshipnik istalgan mashinaga ( mototsikl, avtomabil va b.), miltiq o‘qlari bir xil kalibrli istalgan miltiqqa tushadi. Gayka bir xil o‘lchamli istalgan boltga buraladi va hakoza. O‘zaro almashinuvchalik konstruktor va texnolog ishini o‘zaro
bog‘laydi va uni soddalashtiradi. Masalan, ixtisoslashtirilgan zavodlarning me’yorlashtirilgan biriktirish detallarni (bolt,shpilka,vint,gayka, shayba va boshqalarni), podshipniklarni, tishli g‘ildirak va uzatmalarni va shuningdek , boshqa detal va qismlarni ko‘plab ishlab chiqishda konstruktsiyalash yangi mashinalarni ishlab chiqarish jarayonini tezlash tiradi. O‘zaro
almashinuvchanlik konstruktorga ayrim detallarni ularning ma’lum muddat
ishlagandan keyin ehtiyot qismlardan yasalgan boshqasiga almashtirish mumkinligini e’tiborga olib, yengil va qulay gabaritli mashinalar yaratishga yordam beradi. Bunda eng katta yuklanish bilan va eng ko‘p ishlaydigan detallarning ishlash muddatini hisoblash yo‘li bilan aniqlash mumkin.
O‘zaro almashinuvchanlik korxona va zavodlarda mashinalarni yig‘ish ishlarini soddalashtiradi va yuqori ish sur’atini ta’minlaydi. Mashinalarni ishlatishda esa ta’mirlash ishlarini ancha osonlashtiradi, masalan, mashinaning
yaroqsiz holga kelib qolgan, ishlatish uchun ishonchsiz bo‘lib qolgan detali aynan shunday turdagi yangi yoki yaroqli detal bilan osongina almashtiriladi. Konstruktorlar mashinalardagi, asbob va mexanizmlardagi detallarni o‘zaro almashinadigan qilib, ya’ni mashinani yig‘ish yoki ta’mirlashda biror detalni o‘shanday yoki tartib raqamli boshqa detalga almashtirish mumkin bo‘ladigan qilib yaratishga intiladilar.
Dostları ilə paylaş: |