Ўзбекистон банклари ассоциацияси



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/35
tarix19.06.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#132347
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   35
yuridik shaxslarni soliqqa tortish jarayonining oziga xos xususiyatlari

t/r 
Davlatlar 
Foyda solig‟i miqdori, foizda 
1. 
Yaponiya 
37 
2. 
Italiya 
27,5 
3. 
Ispaniya 
30 
4. 
Niderlandiya 
25 
5. 
Avstriya 
25 
6. 
Frantsiya 
34,4 
7. 
Buyuk britaniya 
23 
8. 
Avstraliya 
30 
9. 
Germaniya Federativ Respublikasi 
30,2 
10. 
Koreya 
24,2 
11. 
O‘zbekiston Respublikasi 
14 
Jadval ma‘lumotlarini tahlil qiladigan bo‘lsak, foyda solig‘i stavkasi 
dunyoda iqtisodiy salohiyati bo‘yicha faqat AQShdan keyingi o‘rinda turgan 
Yaponiya mamlakatida 37 foizni yoki korxonalar moliyaviy natijasining 1/3 
qismidan ko‘pini tashkil etmoqda. Bu O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan 
soliq stavkasiga qaraganda esa 2,5 barobardan ham ko‘pni tashkil etmoqda. 
Umuman olganda nomlari keltirilgan davlatlar ichida O‘zbekistonda eng kam 
stavka bo‘lmoqda.
Xorijiy mamlakatlarda soliqlarning turlari ko‘pligiga qaramay, ularni eng 
kam darajaga keltirishga va tarkibini maqbullashtirishga bo‘lgan intilish hozirgi 
davrning asosiy masalalaridan hisoblanadi. Bu borada mamlakatimizda ham 
muayyan islohotlar amalga oshirilib, kichik korxonalar uchun yagona soliq, qishloq 
xo‘jalik korxonalari uchun yagona yer solig‘i joriy etildi. Bu o‘zgarishlar o‘tish 
sharoitida korxonalarning moliyaviy faoliyatini mustahkamlashga xizmat 
6
http://
www.
OECD.ORG. 2017. 


20 
qilmokda. Lekin ushbu soliqlarni ixchamlashtirish tadbirlari yalpilik tamoyili 
asosida olib borilganda va faqat past fiskalli soliqlar ixchamlashtirilganda, yanada 
samarali natijalarga erishish mumkin. 
Xulosa qilib aytganda, soliqlar orqali iqtisodiyotni tartibga solish mexanizmi 
uzoq davom etgan tarixiy rivojlanish natijasi bo‘lib, u har bir mamlakat 
iqtisodiyotining o‘ziga xosligi, xo‘jalik yurituvchi subektlarning xatti-harakatlari, 
davlat rivojlanishining mintaqaviy omillari va tarixiy rivojlanish xususiyatlari bilan 
belgilanadi. Shu sababli xorij modellaridan ko‘r-ko‘rona nusxa ko‘chirish 
yaramaydi. Fikrimizcha, xorijiy mamlakatlar tajribasiga, mamlakatimizning nazariy 
va amaliy tajribalariga tayangan holda soliq solishning istiqbolli tartiblarni ishlab 
chiqish mumkin. 
Soliqlarning iqtisodiy o‘sishni ta‘minlovchi tadbirkorlikka ta‘siri, uning 
avvalo, investitsiyalarning hajmiga bog‘liq, bular esa jamg‘armalar va yig‘imlarning 
etarliligi bilan belgilanadi. Tadbirkorlikni rivojlantirish uchun kapital kiritishni 
kengaytirish, jamg‘arishni yo‘lga qo‘yish va ularni investitsiyalarga aylantirish 
zarur. Jamg‘armalar va yig‘imlarning o‘sishi resurslarni investitsiyalash sharoitlarini 
yaxshilaydi, ishlab chiqarish va bandlikni oshiradi. Davlat uchun kapital yig‘ilishi 
jarayoni uchun qulay sharoitlarni yaratish, tadbirkorlik faoliyatiga investitsiyalarni 
jalb qilish maqsadga muvofiqdir. 
Soliqlarning yuqori va past stavkalari xo‘jalik jarayonlariga va korxonalarning 
iqtisodiy faolligiga turli darajada ta‘sir ko‘rsatadi va investitsion siyosatga nisbatan 
turli ta‘sirlarni vujudga keltiradi. Soliq stavkalarini o‘zgartirish yo‘li bilan davlat 
xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlarning tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun 
mablag‘larni investitsiya qilishni yo‘lga qo‘yishi mumkin. 
Soliq stavkalari qisqarishining umumiy taklifga ta‘siri aholi va tadbirkorlar 
daromadlarining ortishiga olib keladi, natijada, jamg‘armalarning o‘sishi va 
kapitalning to‘planishi yuz beradi. 
Xo‘jalik yuritishning amaldagi tajribasi shuni tasdiqlaydiki, soliq stavkalarini 
belgilangan darajadan oshirish: mehnat va iqtisodiy faollikning pasayishiga, 


21 
jamg‘armalarning xorijga olib chiqib ketilishiga, tadbirkorlarning xufyona iqtisod 
sohasiga o‘tib ketishiga olib keladi. 
Soliqlarni qisqartirish tadbirkorlarning iqtisodiy manfaatlariga ijobiy ta‘sir 
ko‘rsatadi, mamlakat, hududlar, sohalar doirasida, tadbirkorlik va alohida korxonalar 
uchun qulay sharoitlar tug‘diradi. Davlat soliq stavkalarini o‘zgartirib, investitsion 
qarorlarga, tadbirkorlik faoliyati va iqtisodiy faollikning kengayishi yoki torayishiga 
ta‘sir ko‘rsatadi. 
Hozirgi sharoitlarda keynschilarning va A.Lafferning g‘oyalari soliq 
stavkalari va ishlab chiqarishning o‘sishi darajasi o‘rtasidagi elastik bog‘liqlilik 
qonuniyatlarini shakllantirishda namoyon bo‘ladi. 
Rivojlangan bozor iqtisodiga ega mamlakatlarda tadbirkorlikni rivojlantirish 
maqsadida davlatlar soliq stavkalarini kamaytirish va qulay boshqarish siyosatini 
olib bordilar. Barcha rivojlangan mamlakatlarda amalga oshirilgan soliq islohotlari 
korporatsiyalar daromadi solig‘ining sezilarli darajada kamayishiga olib keldi. 
Bunday soliq stavkasini kamaytirish jamg‘arishni va investitsiyalarni kengaytirish, 
bu esa, o‘z navbatida, iqtisodiy faollikni oshirish yo‘llaridan biri hisoblanadi. 
AQShda 1981 yildagi soliq islohoti natijasida korporatsiyalar va jismoniy shaxslar 
daromad solig‘ining amaldagi stavkalari kamaygan. AQShda 1985-2004 yillarda 
soliq stavkasining 46 dan 35% gacha, Buyuk Britaniyada - 45 dan 24%gacha, 
Frantsiyada - 50 dan 37%gacha, Yaponiyada - 43,3dan 32,0%gacha, Kanadada - 36 
dan 28% gacha pasaygani qayd etilgan. 
Soliq stavkalarini o‘zgartirish iqtisodiy faollikni boshqarishning muhim uslubi 
hisoblanadi. Biroq, u yoki bu uslubni qo‘llash ijtimoiy-iqtisodiy tusdagi muayyan 
qiyinchiliklarni aniqlash bilan bog‘liq. 
Bu, eng avvalo, iqtisodiy faollikni oshirish maqsadida ko‘p variantlilik va 
soliqqa tortishning differentsiatsiyasi muammolarining soliq tushumlari hajmini 
o‘zgartirish, soliqqa tortish usullari va shakllari manipulyatsisi, soliq stavkalarining 
differentsiatsiyasi, ularning ta‘sir doirasini o‘zgartirish, soliq transferti tizimi bilan 
birga, soliq imtiyozlarini qo‘llash va soliqqa tortishni differentsiatsiyalash, u yoki bu 


22 
soliq siyosatini va davlat soliq boshqaruvi usullarini olib borishning asosiy 
vositalaridan biri hisoblanadi. 
Hozirgi sharoitlarda soliq boshqaruvishgag tadbirkorlikni rivojlantirishga 
qaratilgan eng keng tarqalgan usullaridan biri soliq imtiyozlaridan foydalanishdir. 
Ulardan foydalanish davlatga iqtisodiy kon‘yunkturaga qarab kapital yig‘ilishining 
jadalligini boshqarish imkonini beradi. Davlat soliq imtiyozlari orqali kapital 
kiritishni rag‘batlantiradi, aholining iste‘mol va ishlab chiqarish mollariga bo‘lgan 
talabini qondirish uchun qulay sharoitlar yaratadi. Ko‘plab mualliflar haqli ravishda 
shuni ta‘kidlaydilarki, soliqlar bo‘yicha imtiyozlar faqatgina imtiyozlarning o‘zi 
uchun emas, balki iqtisodiy jarayonga faol ta‘sir ko‘rsatish uchun joriy etiladi. 
Davlat soliq imtiyozlarini bekor qilib, iqtisodiyotga ta‘sir ko‘rsatish dastaklarini 
qo‘ldan boy berishi mumkin, joriy, nisbatan fiskal vazifalar doirasida iqtisodiy 
o‘sish strategiyasiga putur etkazib o‘z imkoniyatlarini toraytiradi. 
Soliq imtiyozlari soliqqa tortiladigan minimum, to‘lovchi-larning bir nechta 
turdagi xarajatlari va daromadlarini soliqqa tortish bazasidan chiqarish, soliqlardan 
to‘liq yoki qisman ozod qilish, to‘lov muddatini kechiktirish, soliq chegirmalari va 
kreditlar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. 
Qamrovining kengligi bo‘yicha imtiyozlarni ikkita katta guruhga bo‘lish 
mumkin: sohalararo va individual. Sohalararo imtiyozlar xalq xo‘jaligining barcha 
sohasidagi korxonalarga beriladi. Ularning maqsadi butun xalq xo‘jaligi doirasida 
ishlab chiqarishni rag‘batlantirish va investitsiyani yo‘lga qo‘yishdan iborat. 
Sohalararo imtiyozlarning eng muhim turlari tezlashtirilgan amortizatsiya va soliq 
investitsion kredit hisoblanadi. 
Imtiyozlar turli xil yo‘nalishga berilgani holda, ko‘plab mamlakatlarda 
tadbirkorlik holatiga qarab davlat maqsadli soliq imtiyoziga taalluqli investitsion 
soliq kreditidan foydalanadi. U tadbirkorlarga ularning yillik daromadlarini soliqqa 
tortishda asosiy jihozlarni sotib olish uchun soliq to‘lovlarini kechiktirishni ko‘zda 
tutadi. 
Investitsion soliq krediti xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlar kapital qo‘yilmalarining 
bir qismini davlat tomonidan kreditlash usuli sifatida qaralishi mumkin. O‘z 


23 
mohiyatiga ko‘ra, investitsion soliq krediti - bu eskirgan jihozlarni almashtirish 
hamda yangi texnika va texnologiyalarni joriy qilish uchun soliq to‘lovini 
kechiktirish demakdir. Soliq krediti, odatda, yangi kapital qo‘yilmalarning umumiy 
hajmlariga foizlarda belgilanadi. Oddiy chegirmalardan farqli o‘laroq, soliq krediti 
ajratilgan soliq summasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqariladi. 
Soliqni to‘lashdan bosh tortish bilan bir qatorda imtiyozlarning mavjudligi 
ichki yalpi mahsulotdagi soliq tushumlari ulushi bilan samarali soliq stavkalari va 
to‘lovlar o‘rtasidagi sezilarli farqlanishga olib keladi. 
Zamonaviy bosqichda ko‘p mamlakatlarda yuridik shaxslardan daromad 
solig‘i kamaytirilganda soliq imtiyozlarining qisqarishi tendentsiyalari kuchayadi 
(ayniqsa, yakka tartibda namoyish qilinganda).
Daromad solig‘ining byudjet daromadlaridagi ulushining muayyan darajada 
kamayishi davlat tomonidan olib borilayotgan soliq siyosatining ilg‘orligidan dalolat 
beradi, chunki bunday yondashish tadbirkorlarning investitsion imkoniyatlarini 
kengaytiradi. Soliq imtiyozlarini kamaytirish kompaniyalarning daromad solig‘ini 
kamaytirish uchun qisman kompensatsiya vositasi hisoblanadi. 
Shunday qilib, soliqlarning tadbirkorlikni va iqtisodiy faollikni rivojlantirishga 
ta‘siri quyidagi xulosalarga olib keladi: 
- ko‘rilgan usullar bilan bir qatorda iqtisodiy faollikni soliqlar orqali 
boshqarish tajribasida soliq stavkalarining differentsiatsiyasi, soliq turlarining 
almashinishi, soliqqa tortish sub‘ektlari va ob‘ektlari, soliqqa tortish mexanizmini 
o‘zgartirish qo‘llaniladi.
Bevosita va bilvosita soliqlar o‘rtasidagi soliq imtiyozlari va ratsional 
nisbatlari soliq boshqaruvining imkoniyatlariga qo‘shimchalar kiritadi va 
kengaytiradi. Iqtisodiy faollikni boshqarish mamlakatdagi muayyan iqtisodiy holatlar 
va tadbirkorlikni rivojlantirishning har bir davrida davlat oldida to‘rgan maqsadlarga 
bog‘liq. 
Ushbu barcha usullarning eng maqbul tarzda uyg‘unlashtirilishigina soliqqa 
tortishning moslashuvchanligini, buning natijasida korxonalar iqtisodiy faolligini 
soliqlar yordamida samarali boshqarishni ta‘minlaydi. 


24 
Germaniyada korporatsiyalar foydasiga soliq solishda soliqqa tortilmaydigan 
minimumlar bor. Soliq stavkasi 25 foizni tashkil etadi. Korporatsiyalar foydasini 
soliqqa tortishda foyda ikkiga bo‘linadi; taqsimlanadigan va taqsimlanmaydigan
7

Fransiyada esa korxonalar foydasidan olinadigan soliq - bu korxonani barcha 
operatsiyalar yig‘indisi bo‘yicha olingan sof foydasidan undiriladi. Hozirgi kunda 
soliqning asosiy stavkasi 33,3 foiz bo‘lib, ushbu soliq stavkasiga pasaytiruvchi 
koeffitsientlar qo‘llaniladi. Eng yuqori soliq stavkasi 42 foizdir. 
Yaponiyada korporatsiyalar foydasiga soliqning stavkasi 37 foizni tashkil 
etadi. Ushbu soliqqa nisbatan ham pasaytiriluvchi koeffitsientlar qo‘llaniladi. Eng 
yuqori soliq stavkasi 48,8 foizni tashkil etadi
8

Kanadada korxonalar foyda solig‘i stavkalari federatsiya stavkalari va 
provintsiyalar stavkalariga bo‘linadi. Federatsiya stavkalari 28 foiz (sanoatni qayta 
ishlash bilan shug‘ullanuvchilar uchun 23 foiz), provintsiyalarda esa amal qiluvchi 
foyda solig‘i stavkalari har bir hudud uchun alohida belgilangan. 
Foyda solig‘i bo‘yicha beriladigan imtiyozlar asosan soliq stavkalarini 
pasaytirish orqali namoyon bo‘ladi. 500 ming Kanada dollaridan ko‘p 
investitsiyalarni jalb etgan kompaniyalar uchun 2 barobar pasaytirilgan soliq 
stavkalari amal qiladi. 
Korporatsiya solig‘i, ya‘ni kompaniyalardan olinadigan foyda solig‘i
Buyuk 
Britaniyada 1965 yilda joriy qilingan. 1965 yilgacha ular jismoniy shaxslar bilan 
teng soliqqa tortilgan va bunga qo‘shimcha 15 foizli foyda solig‘ini to‘laganlar
9

Buyuk Britaniyada 1965 yildan 1973 yilgacha amal qilgan korporatsiya 
solig‘ining klassik tizimi o‘rniga imputatsion tizim deb ataluvchi (imputation 
system) korporatsiya solig‘ini undirish tizimi vujudga keldi. 
Korporatsiya solig‘i rezident kompaniyalarning butun soliq yili davomida 
olgan foydalariga qo‘llaniladi. Angliya soliq qonunchiligi ―kompaniya‖ 
7
James E.Smith. West Federal taxation: Taxation of business entities. 2005 e. р. 121. 
8
Бард В., Павлова Л. Налоги в условиях экономической интеграции. //. –М.: ―Кнорус‖. 
2004. Стр. 102. 
9
Griffin & Ebert. Business. 7th edition. Prentice-Hall. 2004. р. 258. 


25 
tushunchasiga 
quyidagilarni 
kiritadi: 
korporativ 
organlar, 
korporativ 
assotsiatsiyalar (o‘rtoqliklardan tashqari). 
Korporatsiya solig‘i kompaniyalar foydasidan barcha ruxsat etilgan 
chegirmalarni ayirib tashlangandan so‘ng undiriladi. Soliq stavkasi davlat byudjeti 
bilan birgalikda har yili tasdiqlanadi va kelgusi moliya yili daromadlariga 
qo‘llaniladi. Hozirgi vaqtda 30 foiz va 24 foiz (kichik biznes uchun) stavkalari 
amal qilmoqda. Korporatsiya solig‘iga tortish 12 oydan oshmaydigan hisobot 
davridan kelib chiqib amalga oshiriladi. Agar hisobot davri 2 moliya yiliga to‘g‘ri 
kelsa, kompaniya foydasi 2 qismga bo‘linadi va har biriga mos moliya yilidagi 
soliq stavkasi qo‘llaniladi. Odatda soliq hisobot davri tugagandan keyin 9 oy 
o‘tgandan so‘ng to‘lanadi
10

Imputatsion tizimga muvofiq, kompaniya olgan barcha foyda summasidan 
korporatsiya solig‘ini to‘laydi. Agar bu foyda aktsionerlar o‘rtasida taqsimlansa, u 
holda kompaniya tomonidan to‘langan soliqning unga mos qismi aksionerlardan 
daromad solig‘ini undirishda hisobga olinadi. 
Imputatsion tizim 5 asosiy xususiyat bilan harakterlanadi: 
 kompaniya (korporatsiya) solig‘ini o‘zining hamma foydasi (taqsimlangan 
va taqsimlanmagan)dan so‘ng yagona stavkada to‘laydi: 
 dividendlar bo‘yicha daromad solig‘i manbada undirilmaydi. 
 agar kompaniya dividend to‘lasa, u holda u korporatsiya solig‘i hisobiga 
oldindan to‘lovni amalga oshirishi, ya‘ni aktsiyadorlar o‘rtasida taqsimlanadigan 
foyda summasiga hisoblangan korporatsiya solig‘i bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarini 
to‘lashi kerak. 
 Buyuk Britaniyada dividend oluvchi rezidentlarga foyda solig‘ini 
to‘lashda bo‘nak to‘lov summasiga chegirma qilishga ruxsat etiladi. Chegirma 
stavkasi shaxsiy daromad solig‘ining asosiy stavkasiga bog‘liq. 
10
Бард В., Павлова Л. Налоги в условиях экономической интеграции. //. –М.: ―Кнорус‖. 
2004. Стр. 104.


26 
 hisobot davri tugaganda kompaniya tomonidan korporatsiya solig‘i 
bo‘yicha 
to‘langan 
bo‘nak 
to‘lovlari 
korporatsiya 
solig‘i 
hisobiga, 
majburiyatlardan chegirib tashlanadi. 
Norezident korporatsiyalar, agar ular o‘z filiallari yoki bo‘limlari orqali 
Buyuk Britaniyada savdo-sotiqni amalga oshirsa, korporatsiya solig‘iga 
tortiladilar. Norezident kompaniyalar (Buyuk Britaniyada o‘z bo‘limlari orqali 
savdo-sotiq bilan shug‘ullanadigan) quyidagilar bo‘yicha korporatsiya solig‘iga 
tortiladi: 
 o‘z bo‘limlari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita amalga oshirilgan 
savdo-sotiqdan olingan daromadlar bo‘yicha; 
 bu bo‘limlar foydalanadigan mulkka egalik huquqidan yoki mulkdan 
olinadigan daromadlar bo‘yicha; 
 bo‘limlar foydalanadigan aktivlardan olingan (kapital) sarmoya 
o‘sishidan. 
Norezident kompaniya Buyuk Britaniyada olingan, kapital o‘sishdan 
olinadigan korporativ soliqqa tortilmaydigan har qanday daromaddan bazaviy 
stavkada foyda solig‘iga tortiladi. Norezident kompaniya taqsimlangan foydadan 
korporatsiya solig‘ining bo‘nak to‘lovlarini to‘lamaydi. 
Kompaniyalarning soliqqa tortiladigan foydasi kompaniyaning yalpi 
daromadidan hisobot soliq yilida qilingan, qonunchilik tomonidan ruxsat etilgan 
barcha harajatlarni chegirish yo‘li bilan aniqlanadi. Chegirib tashlanishi uchun bu 
xarajatlar ―joriy-xarajatlar‖ bandiga kirishi va tadbirkorlik faoliyatida to‘liq 
foydalanishi shart. 
Quyidagi harajatlar yalpi daromaddan chegirib tashlanadi: 
1. Faoliyat bilan bog‘liq joriy xarajatlar. 
2. Ishlab chiqarish ehtiyojlardan kelib chiqib, ishchi va xizmatchilarni 
bo‘shatishda to‘lanadigan kompensatsion to‘lovlar, kadrlarni texnik va malakaviy 
qayta tayyorlash harajatlari, mukofotlari va sovg‘alar ko‘rinishidagi to‘lovlar. 


27 
3. Kompaniyaning moliyaviy masalalari bo‘yicha yuridik maslahatlarga 
ketadigan harajatlar, buxgalteriya hisobi bo‘yicha xizmatlar uchun to‘lovlar, ishlab 
chiqarish faoliyati bilan bog‘liq transport harajatlari. 
4. Litsenziya to‘lovlari va shunga o‘xshash to‘lovlar, shuningdek kelgusida 
foyda olish bilan bog‘liq to‘lovlar, masalan: bir necha yildan so‘ng hosil beradigan 
qishloq xo‘jalik ekinlari uchun qilinadigan harajatlar. 
5. Kompaniya hamkorlariga va xorijiy sheriklariga qilinadigan ko‘ngil olish 
harakteridagi vakillik harajatlari (agar ular tadbirkorlik maqsadlarida qilinmasa) 
ma‘lum chegarada va boshqa xarajatlar. 
Buyuk Britaniya kompaniyalari kapitalning o‘sishidan soliqni ham 
to‘laydilar. Norezident kompaniyalar bu soliqni to‘lamaydilar
11

Shveytsariyada korxonalar foydasiga solinadigan federal soliq progressiv 
soliq bo‘lib, u uch darajali shkala bo‘yicha undiriladi. Soliqqa tortiladigan 
foydaning 4,0 foizdan ko‘p daromad keltiradigan qismidan 3,63 foiz miqdorida 
qo‘shimcha soliq undiriladi. 4,84 foiz miqdoridagi ikkinchi qo‘shimcha soliq 
foydaning 8,0 foizdan ko‘p daromad keltiradigan qismidan undiriladi. Eng yuqori 
soliq stavkasi jamlama foydaning 9,8 foizidan oshishi mumkin emas
12

Soliq bazasini aniqlash uchun umumiy daromaddan foyda olish bilan bog‘liq 
bo‘lgan barcha bevosita xarajatlar chegiriladi.
Demak rivojlangan industrial mamlakatlarda korporatsiyalarning foydasidan 
olinadigan soliqning davlat byudjeti daromadlaridagi salmog‘i pasayish 
tendentsiyasiga ega bo‘lmoqda.
Chunonchi, ikkinchi jahon urushi arafasida mazkur soliq bo‘yicha olingan 
tushum summasi AQSh federal byudjetiga jami soliq tushumlarining 50 foizga 
yaqin qismini tashkil qilar edi. 1955 yilga kelib bu ko‘rsatkich 30 foizni, 1975 
yilda 15 foizni, 1998 yilda esa 12 foizni tashkil qildi
13
. Mazkur soliqning davlat 
byudjeti daromadlari hajmidagi ahamiyatini pasayib borishi, asosan, ushbu soliq 
11
Перов А., Толкушкин А. Налоги и налогообложение. //Учебное пособие. -М.: ―Юрайт-
Издат‖. 2003. Стр. 108. 
12
Бард В., Павлова Л. Налоги в условиях экономической интеграции. //. –М.: ―Кнорус‖. 
2004. Стр. 113.
13
James E.Smith. West Federal taxation: Taxation of business entities. 2005 e. р. 128. 


28 
turiga nisbatan soliq imtiyozlarini doimiy ravishda qo‘llanilayotganligi va soliq 
stavkalarini pasaytirib borilayotganligining oqibatidir. 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin