45
etadi. Soliq to‘lovchilar, bundan kredit va sug‘urta tashkilotlari mustasno,
qo‘shilgan qiymat solig‘ining hisob-kitobi bilan bir vaqtda soliq davri mobaynida
olingan va realizatsiya qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo‘yicha hisobvaraq-
fakturalar reestrlarini taqdim etadi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash quyidagicha amalga oshiriladi:
- qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi bo‘lgan
mikrofirmalar va kichik
korxonalar tomonidan - qo‘shilgan qiymat solig‘i hisob-kitobini taqdim etish
uchun belgilangan kundan kechiktirmay;
- mikrofirmalar va kichik korxonalar
jumlasiga kirmaydigan soliq
to‘lovchilar tomonidan - har oyda, keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil
yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatdan
kechiktirmay.
Dostları ilə paylaş: