50
Jadval ma‘lumotlaridan ko‘riinib turibdiki, korxona aktsiz solig‘ini
yuqoridagi tartib asosida hisoblaydi va byudjetga 1 000,0 ming. so‘m
miqdorida
aktsiz solig‘i to‘laydi.
Ish haqi hisobiga, hisoblab chiqarilgan
dividendlar hisobiga, bepul yoki
boshqa tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) ayirboshlash
uchun beriladigan aktsiz
to‘lanadigan tovarlar bo‘yicha, shuningdek tovarlar tannarxidan past narxlarda
realizatsiya qilingan taqdirda soliq to‘lovchi tovarlarni
topshirish paytida uning
haqiqiy tannarxidan kam bo‘lmagan darajada belgilaydigan narx asosida
hisoblangan qiymat soliq solinadigan bazadir.
Qayta ishlashga berilgan xom ashyo va materiallardan
ishlab chiqarilgan
aktsiz to‘lanadigan tovarlar bo‘yicha soliq solinadigan baza aktsiz to‘lanadigan
tovarlarni ishlab chiqarishga doir ishlar qiymatini hamda qayta ishlashga berilgan
xom ashyo va materiallar qiymatini o‘z ichiga oladi.
Aktsiz solig‘ining stavkalari foizlarda (advalor) belgilangan import
qilinayotgan aktsiz to‘lanadigan tovarlar bo‘yicha soliq
solinadigan baza bojxona
to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadigan bojxona qiymati asosida
belgilanadi.
Soliq kodeksining 233-moddasiga muvofiq
soliq solinadigan bazaga
quyidagi hollarda soliq to‘lovchida tuzatish kiritiladi:
tovarlar to‘liq yoki qisman qaytarilganda;
bitim shartlari o‘zgartirilganda;
baholar o‘zgarganda, sotib oluvchi siylovdan (skidkadan) foydalanganda.
Soliq solinadigan bazaga ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan
tuzatishni kiritish bir yillik muddat doirasida, kafolat muddati belgilangan tovarlar
bo‘yicha esa kafolat muddati doirasida amalga oshiriladi.
Soliq solinadigan bazaga tuzatish kiritish mazkur moddaning birinchi va
ikkinchi qismlariga muvofiq yangi hisobvaraq-faktura
yoki ushbu moddaning
birinchi qismida ko‘rsatilgan hol yuz berganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar
asosida amalga oshiriladi.