41
xodimlarining, shu jumladan ular bilan birga yashayotgan oila a‘zolarining, agar
ular O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmasalar hamda O‘zbekiston
Respublikasida doimiy yashayotgan bo‘lmasalar, shaxsiy foydalanishi uchun
realizatsiya qilinayotgan tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga);
Bojxona to‘g‘risidagi
qonun hujjatlariga muvofiq, ―bojxona hududida
qayta ishlash‖ bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni qayta ishlash bo‘yicha
bajarilgan ishlarga (ko‘rsatilgan xizmatlarga), agar
qayta ishlash mahsulotlari
O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan tashqariga olib chiqiladigan
bo‘lsa;
Xalqaro yo‘nalishda tashishlar bo‘yicha ko‘rsatiladigan
xizmatlarni
realizatsiya qilish oborotiga;
Suv ta‘minoti,
kanalizatsiya, sanitariya tozalash, issiqlik ta‘minoti
bo‘yicha aholiga ko‘rsatiladigan
xizmatlarga, shu jumladan xususiy uy-joy
mulkdorlari shirkatlari aholi nomidan oladigan shuningdek
idoraviy uy-joy fondi
uylarida yashayotgan aholi uchun O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining
bo‘linmalari tomonidan olinadigan ana shunday xizmatlarga.
Soliqdan beriladigan imtiyozlar Soliq kodeksining 208-moddasida berilgan
bo‘lib, mazkur imtiyozlarni quyidagicha guruhlash mumkin:
Soliqdan ozod etiladigan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni)
realizatsiya
qilish oboroti;
Soliqdan ozod qilinadigan moliyaviy xizmatlar;
Soliqdan ozod qilinadigan import;
Soliqdan ozod qilinadigan sug‘urta xizmatlari.
Quyida keltirilayotgan jadvalda Yangiyo'l shahrida ro‘yxatdan o‘tgan
qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyozlarga ega soliq to‘lovchilar to‘g‘risida
ma‘lumot berilgan (9-jadvalga qarang).