Ўзбекистон давлат жисмоний тарбия институти


Sportchilarni holatini pedagogik nazorat qilish usullari



Yüklə 85,46 Kb.
səhifə2/6
tarix24.10.2023
ölçüsü85,46 Kb.
#160896
1   2   3   4   5   6
Yuqori malakali futbolchilarni jismoniy tayyorgarligini nazorat (1)

1.2.Sportchilarni holatini pedagogik nazorat qilish usullari.
Maxsus jismoniy sifatlarni rivojlantirish va takomillashtirish, ilmiy isbotlangan pedagogik nazorat tizimisiz mumkin emas.
V.M.Zatsiorskiy, I.A.Ter — Ovanesyan, V.A.Zaporajanovlarni fikrlaricha, o„quv — mashg„ulot jarayonini boshqarish uchun, xozirgi xolatni baxolash usullarini ishlab chiqish kerak va shu asosda o„quv — mashg„ulotlarni shunday tashkil qilish kerakki, mashg„ulot yuklamalari sportchini xozirgi xolatiga qarab belgilanishi kerak. Buning uchun esa:

—nazorat testlarini tanlash

kerak

va ular

sportchini

baxolashda samarali bo„lishlari kerak.










—bajarilayotgan mashg„ ulot

vazifalari

bilan

sportchini

shug„ ullanganlik xolatidagi uzgarishlar

orasidagi

o„zaro

bog„liqlikni aniqlash.










Bir qator mualliflar (A.I.Puni,

V. S . F arfel)

testlarni ijobiy

tomonini

ta’kidlab, testlarni tez ma’lumot beruvchi vosita sifatida ta’kidlashadi.


M.A.Godik, T.A.SHanin, G.F.SHitikovalar bolalarni jismoniy xolatini testlash samarali bo„lishi ichki asosiy vazifani xal qilganda vujudga keladi.
Bular: 1. Qanday testlar, tanlab olinishi. 2 Qancha
testlar tanlab olinishidir.
Ular yana testlashni sharoitlari standartlashgan vaziyatlarda qo„llanilishini kerakligini aytib o„tadilar.
Futbolda testlardan foydalanish xususida V.Avanesov ish olib borgan.
Oliy liga futbol jamoalarida testlashni maxsus tashkillashtirilgan musoboqalarda, ikki marta o„tkazilishi kerak. Testlashga avval chukurlashtirilgan medetsina kurigini tashkillashtirish maqsadli hisoblanadi.
Bunda fiziologik testlardan xam foydalanish kerak. Futbolchilarni natijalarini baxolash uchun bir tizimli baxolash shaklini va kompleks shaklini ishlab chiqish kerak.
TyFpn baxolangan natija, sportchi uchun muximdir va u keyingi rivojlanish bosqichiga harakat qiladi.
Amaliyotda asosiy usuliy ko„rsatmalar V.M.Zatsiorskiy, I.A.Ter — Ovanesyan, V.A.Zaporajanov ilmiy tadqiqotlarida qo„llanilgandi. Ularni ko„rsatishicha, murabbiyda ishonchli ma’lumotlarni yukligi, mashg„ulotlarni boshqarishni yo„qqa chiqarishini bildirishadi. Jumladan, G.S.Zonin uz davrida "Zarya" va "Zekit" jamoalarida ishg olib borib, tayyorlov davrida xar oyda va musoboqa davrida ikki oyda bir marotaba uz tarbiyalanuvchilaridan testlashni olar edi. (Jismoniy tayyorgarlik bo„yicha). U futbolchilarni 15,30 va 50 m.ga yugurish vaqtini, uzunlikka turgan joydan sakrash, uch xatlab sakrash masofalarini, 5x30 m.ga yugurish vaqtlari bo„yicha nazoratlarni o„tkazar edi. Bunday testlashlarni natijalari o„quv — mashg„ulot jarayonini boshqarishga asos bulardi.
S.A.Savin. K.SHperlinglar testlash xasida gapirib, asosiy testlarga qo„yiladigan talablarni izoxlanib va qaysi javxalarda foydalanishni aytib o„ tishadi. Bunday javxalarga:
—ma’lum o„yin yoki musoboqada ishtirok etish uchun futbolchilarni tanlash va ularni operativ baxolash;
—ma’lum tayyorgarlik tomonlarini nazorat qilish;
—yosh umidli futbolchilarni potensial imkoniyatlarini
hisobga olgan xolla tanlab olish.
Bu mualliflarning ishlaridagi ahamiyatli tomonlardan biri bu testlarni tanlab olinganligi va ma’lum testlarni ishonchlilik va informativligini aniqlanganligi buldi. Jumladan, yuqori ishonchlilik bilan turnikda tortilish, 60 m.ga yugurish, yugo„rgandan sung yuqoriga sakrash, chaqqonlikka qaratilgan kompleks test (bu test uz ichiga turli qayrilish — umbalok oshish, aylana bo„yicha yugurish, salom yugurish, orqa bilan yugurish) va to„pni boshqarish texnikali mashq (to„pni olib yurish, tusiqlarni aldab utish, zarba berish)lar ajralib turdi.

Yaxshi ishonchlilikka qo„yidagi mashqlar ega buladi:


— qo„llarni bukib yozish, uzok masofaga zarba berish, 30 m.ga yugurish, 4x8 m.lichalkancha yugurish, orqa bilan yugurish, harakatda to„p uynatish (jonglyor), to„pni yon chizikdan uzatish, aniqlikka zarba berish, tusiqlarni oralatib utish.
Qoniqarli ishonchlilikka qo„yidagi mashqlar ega buldi: 20 m.ga yugurish, turgan joydan yuqoriga sakrash (V.Abalakov usuli). Umbalok oshishlar, to„p bilan 30 m.ga yugurish, aylana bo„yicha vaqtga yugurish va muljalga to„p uzatish mashqlari.
Eng yomon ishonchlilik ko„rsatkichiga qo„yidagi mashqlar ega buldi: 10 m.gag 15 m.ga yugurish, "o„tir" —"tur" xolatlarini almashtirishdagi tezlik, turgan joyda yugurishda, oyoklarni alishtirish tezligi.
YUqori informativlikka: uzoq masofaga zarba berish, 30 m.ga yugurish, chaqqonlikni xarakterlovchi kompleks test, osib qo„yilgan to„pga bosh bilan tegish, to„pni olib yurish va zarba berish, uzoq masofaga to„p uzatishni aniqligi, aniqlikka zarba berish mashqlari ega buldi.
Kamroq informativlikka: tusiqlarni oralatib utish, harakatda to„p uynatish, chalkancha yugurish, 20 m.ga tezlanish, uzoqlikka to„pni yon chiziqdan o„yinga kiritish, to„p bilan 30 m.ga yugurish mashqlari ega buldi.
1.3. Futbolchilarni texnik-taktik maxoratlarini aniqlash usullari.
Ma’lumki, futbolchilarni jismoniy xolatini baxolash bilan birga, ularni texnik — taktik maxoratlarini xam aniqlash kerak. Buni ikki yul bilan amalga oshirish mumkin: futbolchilarni harakatlarini o„yin sharoitida kuzatish va maxsus testlar yordamida aniqlashdir. Birinchi usul ko`proq ahamiyatlirokdir, chunki bevosita musoboqa sharoitida harakatlar o„rganiladi.
O`yin faoliyatini qayd qilishni turli shakllari mavjud. Uz vaqtida G.D.Kachalin maxsus qayd qilish protokollariga darvozaga berilgan zarbalarni baxolagan edi.
N.M.Lyukshinov, YU.A.Morozovlar esa futbolchilarni harakatlarini kuzata turib, harakatlarni magnitafonga yozish usulini qo`llashgan. Sungra to`plangan ma’lumotlar qayta ishlangan.
M.Vashkalisni ta’kidlashicha, musoboqalardagi o„yin harakatlarini qayd qilishsiz, o„yinni tazqlili sub’ektiv ko„rinishga ega bo„lib koladi.
Pedagogik kuzatishlarni ahamiyati shundaki, to„plangan ma’lumotlarni tazqlili asosida, o„quv~ mashg„ulot jarayonini ob’ektiv boshqarish mumkin (YU.L.Ilichev).
Futbolchilarni o„yinini baholashni imkonini beruvchi ob’ektiv kriteriylarni ahamiyati hakida ham mashxur sport mutaxassisi A..Starostik xam uz fikrlarini bildirgan.
Konkret sonlarda yoritilgan bunday kriteriylarni borligi, futbolchilarni turli harakatlarni bajarishlarida baxolash imkonini beradi.
Kuzatishlardan ma’lum bo„lishicha, barcha futbolchilarni bajaradigan harakat faoliyatlarini xajmi va xarakteri bir xolla emas va u futbolchini jamoada egallaydigan urni, uni vazifalariga va faolligiga bog„ liq bo„lishi mumkin.
Jamoaviy texnik — taktik harakatlarini tahlil qilish va ruyxatga olish royasi 70 — yillarning o„rtalarida yuzaga keldi. Uning yuzaga kelishi ikki guruh sabab bilan izohlanadi.
Birinchisi — davrda musoboqa faoliyatini nazorat qilish usulining etarli darajada axborotlashtirilmaganligi: individual texnik — taktik harakatlarning (ITTH) baholanishi va ruyxatga olinishi. Turli kvalifikatsiey darajaga ega bo„lgan jamoalarda o„tkazilayotgan o„yinlarda ekstremal materiallarning to„planishi bir xil ko„rsatish va ITTH ni olish imkonini berdi.
Ikkinchi sabab— V.V.Lobonovskiy, O.P.Bazilevich,
YU.A.Morozovlarning terma jamoa boshqaruviga, M.A.Godikning kompleks ilmiy gurux raxbari sifatida kelishi. U G.M.Gadjiev bilan hujum birgalikda xajum qilayotgan jamoalarning texnik — taktik harakatlarini (TT5q) ruyxatga olish metodikasini ishlab chikdi. Mutaxassislar uni qo„llagan xolda nazorat metodlarini birlashtirish uchun qo„shimcha ravishda asosiy tushunchalarni aniqladilar. Avtorlar ularning tarkibiga qo„yidagini kiritdi: hujum to„pga egalik qilgan jamoada futbolchilarning darvozani egallashga yo„naltirilgan harakati.
Shuni aytish lozimki, darvozani egallashga yunaltirilgan harakat o„yinchining, jamoaning sunggi maqsadi va shu bababli, to„pga egalik kilib turgan futbolchi tomonidan kurib chikilmasligi mumkin. Aniq o„yin vaziyatidan kelib chiqqan xolda bizning oldimizda qo„yidagi masalalar turadi:

  1. to„pni nazorat qilishni saklab kolish;

  2. hujumni rivojlantirish (boshlash, davom ettirish);

V)hujumni tugallash.
hujumni boshlash va tugallash momentlariga bog„lik xolda to„p bilan to`liq egalik qilish, to„pni yo„qotish, xamda o„yinni to„xtatishni hisobga olish zarur (kichik tanaffusda xam avvalgi harakatlarni davom ettirish mumkin emas. Chunki ikkala jamoa o„yinchilarining joylashuvi uzgaradi).
Hujum turlari.

  1. Kirib boruvchi hujum darvozani egallash imkoniyati real bo„lgan zonaga etib borgan (oldingi chizikdan 26 — 28 metr) hujum.

  2. Flangli hujum kirib boruvchi hujum, jarima maidonchasi va maydon yon chiziklari bilan chegaralangan zonada bajariluvchi yakuniy harakat.

Z.Markazdan hujum kirib boruvchi hujum, jarima maydonchasi chizig„i bilan chegaralangan zonada bajariluvchi yakuniy harakat.
4.Standart hujum —hujum qilayotgan darvozadan 26 — 28 metr masofadan standart xolatdagi hujum.
5.Muvaffaqiyatli hujum — burchak, hujum kiluvchi foydasiga jarima bo„yicha darvozaga yo„naltirish bilan to„tallangan yoki havfli vaziyatni yuzaga keltirgan kirib boruvchi xujum.
b.Xaftali vaziyat — to„p bilan qilayotgan futbolchi gol urishi lozim bo„lgan o„yin holati. Bu vazifalar uchun pozitsiya xarakterlidir: hujumni tugallayotgan o„yinchi bilan darvoza o„rtasidagi masofa 18 metrdan, hujum burchagi 45°dan oshmasligi kerak, zarba xatosiz bajariladi yoki yutqazilgan pozitsiyada joylashadi.
Futbolchi to„pga eta olmagan, egallab ola olmagan o„yin momentlarini havfli momentlarga kiritish maqsadga muvofik emas, bunday vaziyatlarda futbolchining gol urish imkoniyati nolga teng.
Jamoaviy texnik — taktik xdrakatlarni, har bir jamoa uchun uz darvozasidan boshlanuvchi, futbol maydonining to„rt zonasida ro„yxatga olish zarur (qo„yidagi rasm).
Ajratish uchun asos bo„lgan, maydonning bunday bulinishiga sabab, ob’ektiv boshlangandir.
Birinchidan, "o„yindan tashkari holat" qiodasi bilan va u bilan kelib chiqadigan saflanish xususiyatlari.
Ikkinchidan, o„yinni yuritish ayrim usul va prinsiplari.
Uchinchidan, darvozani egallash real bo„lgan masofadan.
Birinchi ikki sabab maydon markaziy chizig„ ini hisobga olish zarurati, uchinchisi, darvoza chizig„idan 26 — 28 metr masofada joylashgan uch zonali ajratish deb nomalanadi.
Taklif etilayotgan metodika qo„yidagi o„yin momentlarini ruyxatga olishni nazarda tutadi:

  1. To„pni egallab olish va yo„qotish joyi (hujumlarni boshlash va tugallash zonasi).

  2. Hujum harakatlari boshlangan vazift (yoki o„yin standart xolatlari).

  3. To„pni egallab olgandan sung, hujumni tugallash uchun jamoa tomonidan qilingan yurishlar soni (uzatishlar, to„pni o„tkazib yuborish).

  4. Kirib borgan hujumning yakuniy harakatlari maydonning qisqa zonalarida amalga oshirildi (flanglarda, markazda).

5Hujumning yakuniy natijasi (darvozaga zarba, havfli moment, darvoza buylab yuborish, to„pni yo„qotish, tuxtatish va uning sababi).
Bu ma’lumotlar kuzatuvchi tomonidan hujumni boshlash va tugallash zonalarini belgilangan xolda maxsus tayyorlangan blanklarga, grafiklarga tushiriladi.
Tahlilda markaziy o„rinni turtinchi grafikda fiksirlangan, kirib boruvchi hujumga tegishli bo„lgan, barcha ko„rsatkichlarga ishlov berish egallaydi: flang, markaz va standart xolatlar bo„yicha hujumlar soni va sifati; xavfli momentlar soni va raqib darvozasiga turli zonalardan tepilgan to„plar.
Harakatlar sonini hisoblash kiyin emas. Murakkablik ularning samaradorligini hisoblashda. Aniqlashning eng soda usuli hujumlar soni va ularning umumiy soniga nisbatini olishdadir. Ammo, bunday yondoshuv harakatlarning turli qiymatlarida bir xil talkin qilinadi va sezilarli kamchilikka ega. SHu sababli, jamoaviy harakatlarning samaradorligini aniqrok baxolash uchun samarali hujumning qiymatini aniqlash zarur. Hujumning kiymatlilik chegarasi bo„lib uning o„tkirlik darajasi xizmat qilishi mumkin, ya’ni darvozani egallash uchun pozitsiyaning murakkabligini hisobga oluvchi, qabul qilingan hisoblash koeffitsienta. Murakkablik darajasini aniqlovchi faktorlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:

  1. Darvozabon futbolchiga bo„lgan masofa:

  2. Zarbani berish burchagi;

  3. Raqib qarshiligini mavjudligi;

  4. Harakatlanayotgan hujumning tezligi;

  5. Hujumchi va darvozaga nisbatan to„pning tezligi, balandligi va yunalishi.

Xar bir faqtorni detalli hisobga olishda pozitsiyalar soni juda ko„p bo„lishi mumkin. Hujumni tugallash davrida yuzaga keladigan barcha pozitsiyalarni shartli ravishda yuqori malakani talab kiluvchi murakkab va nisbatan soddaga bo„lib, masalani soddalashtirish mumkin. Quyida harakatlar hujum samaradorligi va himoyalanish harakatlarini baholash uchun zarur bo„lgan minimal koeffitsientlar soni keltirilgan.

  1. Murakkab o„yin qolatlarida darvozabonlarga zarbalar;

  2. Xavfli momentlarda.

a)To„g„ri darvoza oldidan, 11 metrgacha pozitsiya uchun, 1x1 chiqish va boshqalar; b)boshqa
barcha xolatlar uchun.

  1. Jarimalar. a)flangdan

— 0.3 b)markazdan.

  1. Burchak to„plari —0,2.

Haqiqiy koeffitsientlar xar bir aniq pozitsiyada kiritilgan to„plar sonini bunday pozitsiyalar umumiy soniga bo„lish yuli bilan olgan. YAkuniy kiymatlar uch xonali bulmasligi uchun ular 10 ga ko„paytirilgan.
Ko„plab koeffitsientlar ko„p sonli xolatlarda (300 — 500) ajratilgani uchun ularning axborotlashganini etarli darajada yuqori deb qarash mumkin. Ammo, ayrim o„yinda kam kuzatiladigan harakatlarni korreksiyalash zarur.
Kunshmcha ravishda shuni ko„rsatish mumkinki, keltirilgan koeffitsientlar ichki kalendar o„yinlari bo„yicha olingan. Ancha yuqori rang musoboqalarda ular ortishi mumkin. Buni 1982 yilda o„tkazilgan Jaxon chempionati natijalarining tahlili ko„rsatib turibdi.
Bundan tashkari, Xarris (1988) bir qator boshqa aniqlanishlarni kiritdi.
Birinchi — o„yin birligi. Bu moment hujumchining uz jamoadoshiga to„pni uzatishi yoki tepishi bilan boshlanadi. Bu tushunchaning maqsadi —xar bir o„yinchining jamoaviy hujum harakatlarini rivojlanishi va davomiyligiga xissasini aniqlaydi (unda mavjud birliklar soni bo„yicha).
Ikkinchi — o„yinning hisob birligi: hujumchining "o„yin birligi" doirasida bir o„yin harakati.
Uchinchi chegara —hujum konfiguratsiyam: hujumchi o„yinchilar va ximoya o„yinchilarining hujum zonasidagi nisbati (ustunlik koeffitsientini hisoblagan xolda).
SHuni ko„rsatib o„tish lozimki. Darvozaga zarbalar va kirib boruvchi hujumlar soni o„rtasidagi korrolyasiya koeffitsientlari kattaligi keyingi pozitsiyalardan kurilgan. Nazariy jixatdan xar bir hujum raqib darvozasiga zarba bilan tugallanishi lozim va shu sababli korrelyasiyaning
qo„llanilayotgan koeffitsienti maksimal bo„lishi lozim. Koeffitsientlarning real kiymatlari maksimumdan ancha kam va hujum bosqichini tugallashda futbolchilar bajarish maxoratining past darajada ekanligidan, territoryal va o„yin vositalaridan samarali foydalana olmasligidan dalolat beradi.
Mutaxassislar TTX samaradorligi ma’lum darajada o„yinchilar bajarayotgan hujumning boshlanishidan to tugallanishigacha bo„lgan davrda to„pni uzatishlar soni bilan bog„ lik ekanini tan oladilar.
1.4. Futbolchining tezkorligini, kuchi va epchilligini oshirishga xos
umumiy xususiyatlari.

Agar futbolchining epchilligini belgilovchi harakatlarga diqqat bilan qaraydigan bo„lsak, bu harakatlar sportchilarning kuchini vaqt va joy vaziyatiga moslashtira bilish qobiliyatini tanlab qilishni payqash mumkin. Boshqacha aytganda, epchillik harakatlari muayya qisqa vaqt oralig„ idagi harakatni joyda juda ham aniq bajartirish uchun paydo buladigan tezkor kuchni talab qiladi. Demak, epchillik deb — kuch va tezkorlikni uygunlashganiga aytilar ekan.
Epchilliki tarbiyalashda, xuddi kuch va tezkorlikni tarbiyalagan paytdagidek, kishi tezda toliqadi, buni unutmaslik kerak. Shu bilan birga epchillikni rivojlantirishga oid mashqlarni bajarish muskullar harakati aniq bo„lishini talab qiladi, toliqish paytidagi mashqlar kam samara beradi. Shuning uchun epchillikni tarbiyalashda, xuddi tezkorlik va kuchni tarbiyalagan paytdagidek, organizm va qayta batamom tiklanib olguncha, muayya vaqt oraliBida dam olishni tashkil qilishi lozim. Mashqlar oldingi mashg„ulotdan toliqish asorati deyarlik kolmagan xolda bajariladi.
Futbolchida "Portlovchi" kuchi, tezkorlikni va epchillikni xosil qilish kiyin ish, shuning uchun bu sifatlari sportchi butun sport xayoti davomida tarbiyalab borishi zarur. Ularning tarbiyalanib borishiga aloxida diqqat bilan qarash kerak. CHunki futbolchi o„yin faoliyatining samarasini belgilaydigan sifatlar xuddi ana shulardir.
Bu —uch uziga xos jihat ko„rsatilgan sifatlarni yagona qilib birlashtiradi va ularni bir mashg„ulotda bir vaqtning uzida kompleks ravishda takomillashtiradi.
Epchillik— bu murakkab kompleks sifat bo„lib, uni baxolash uchun yagona mezon topish qiyin. V.M.Zatsiorskiyning fikricha, qo„yidagilar epchillikni ulchash imkonini berishi mumkin: vazifalarning murakkabligi, uni aniq va uz vaqtida bajarilishi (futbolda bu vaqt vaziyatni uzgarishidan to javob harakati boshlangan daqiqagacha bo„lgan eng kam vaqtdir).
Futbolchiing chaqqonligi avvalo futbol maydonida doimo uzgarib turuvchi vaziyatda to„pni olib yurgandan keyin to„psiz qilgan harakatlaridan namoyon bo`ladi.
To`pni olib yurish, kimga uzatishni tanlash va to„p tepish o`yinchidan juda keng koordinatsion imkoniyatlarni ko`rsatishni talab etadi. Agar bunga futbolchining harakat va texnik faoliyati yakkama —yakka olishuvlar va turli dastlabki xolatlar asnosida o„tishni (uzidan oshirib urishi, dumalatib urishi, sakrab turib bosh bilan urib yuborishi va xokazolar)ni kutsak va o„yin shart — sharoitining doimo o„zgarib turishi (yomg„ir, issik, o„tli, erli maydon, tabiiy va sun’iy ravishda yoritilishi)ni xam ko„payadiga bo„lsak, unda o„yin faoliyatining samarali bo„lishi uchun rivojlangan epchillik sifatlarining yuqori bo„lishi futbolchi uchun qanchalik muxim ekaligi uz —uzidan tushunarlidir.
Priyomlarni qanchalik tez, aniq va uz vaqtida bajara olish o„yinchining uzidagi harakatlantiruvchi apparatni qanchalik boshqara olishi va harakat qobiliyatining qanchalik rivojlaganligiga bog„liqdir.
Epchillik sifatlarini takomillashtirishga pag-barag yangi harakatlar turkumini egallab olish kerak, shundagina ma’lum malakalar bazasidan noma’lumlari oson uzlashtiriladi.
Sport nazariyasida "ekstrapolyasiya" ("tadbik etish"), ya’ni (ma’lum harakat malakalariga asoslanib) tusatdan paydo bo„lgan sharoitga javoban harakatni darxol tuza olish qobiliyati tushunchasi keng qo„llaniladi. Futbolda uzidan oshirib tepish bu tushunchaga misol bo„lishi mumkin. Odatda trenirovka chog„ ida bu elementga ko„p e’tibor berilmaydi. Biroq boshqa chora qolmagan vaziyatlarda futbolchilar ko„pincha uzida oshirib tepishni qo„llaydilar. O`yinchilarda boshqa harakat malakalari turkumi serob bo„lganligi uchun yuzaga kelgan vaziyatga boglik holda bu harakatdan foydalanishlari mumkin.
SHaxsning koordinatsion imkoniyatlari qanchalik ko`p bo`lsa, ta’kib qilish qam shunchalik darajada yuqori bo`ladi. Tabiiyki, muvofiklashish imkoniyatlarining ko`pchiligi bolalik va usmirlik yoshlarida yaratilishi kerak. Bu gapdan, malakali futbolchilarda epchillikni rivojlantirib va takomillashtirib o„`irishning hojati yuk ekanda, degan ma’no chikmaydi. Birok, shuni esda to`tish lozimki, epchillikni o`rgatish qiyin, chunki u har kimning uziga xos sifatdir. Futbolchi trenirovka paytida to„pni oyoq bilan, bosh va gavda bilan ming oxalga solib o`ynatishini qurish va ayni chog„da o„yinda u eng oddiy vaziyatlarda nochor axvolda bo`lib qolgan vaziyatlarni xam uchratish mumkin. SHunga ko„ra, epchillikni shunday vositalar yordamida rivojlantirish ma’kulki, ular futbolchining o„yin faoliyatida "orttirgan" malakalari kumagida foydalanish imkonini bersin.
O„yinchilarda muvofiklashish imkoniyatlarini yaxshilashda akrobatika, chastida tusiqlardan o„tish, suv chang„ isida suzish, batutdagi harakatli va sport o`yinlari ijobiy ta’sir ko„rsatadi. Vaqt kam bo`lgan sharoitda va muntazam o`zgarib turuvchi vaziyatda texnik mahoratni oshirishga qaratilgan mashqlar epchillikni oshirishga yordam beradi. Bunda analizatorlar faoliyatining ahamiyati kam emas.
Sportchilarning harakatni aniq ilg`ab olish va yana uni qaytada bajarish qobiliyati qanchalik yuqori bulsa, yangi malakalarni shunchalik yaxshi egallab oladilar. Epchillikni takomillashtirish uchun shunday mashqlar zarurki, ular harakat, vestibulyar, qurish analizatorlariga bab —barobar ta’sir etsin.
Epchillikni takomillashtirish uchun mashqlar.

  1. Umbaloq oshishning turli ko„rinishlari va salto.

  2. Balandligi 70 sm. keladigan tusiqlardan sakrab o„tish va xuddi shu balandlikdagi tusiq tagidan (ular xar biri 2,5 — 3 metr oralatib qo„yilgan) emaklab o„tish, qaytishda ularni boshqatdan teskari tartibda bajarish (3 — 4 marta takrorlanadi).

  3. Balandligi 70—100 sm.li to„siqda ikki oyok bilan siltanib sakrab o„tayotib saltoni bajarish va "kalin" matlarga o„tirib olish ("kalin" matlar —bo„lar yuqoriga sakrovchilar uchun qo„yiladigan paralon matlardir).

  4. YUgurib kelib 100—150 sm.li qondan ag„ darilib o„tish.

  5. Balandligi 70—100 sm. keladigan to„siqdan sakrash va

to„siq tepasida osiglik turgan yoki narigi tarafdan murabbiy tashlagan to„pni urish, kontrol chiziqqacha tez chopish.

  1. 7—10 metr ga tez chopish, matda uzoqka umbaloq oshish, mat yakiniga osiblik to„pni urish, 507 metrga tez chopish, umbaloq oshish va "kalin" matga o`tirib olish.

  2. 40 — 40 sm. balandlikdagi arkon to„siqlardan sakrab o„tib yugurish va unt yoki chap tomondan oshirilgan to„pni darvozaga urish.

  3. Umbalok oshib borayotgan tez chopish, kontrol chizig„igacha to„pga etib olib, uni darvozaga urish.

  4. Uch kishilashib bajariladigan mashqlar. Ikki sherik

to„pni olib bir — birlaridan 8—10 metr uzoqlikda bir chizikda turadilar. Uchinchi sherik ularga perpendekulyar qolatda, ulardan 15 — 20 metr uzoqlikda turadi. Birinchisi to„pni uchichisiga er dan dumalatib yuboradi, u to„pni orqaga qaytarib, oldinga umbaloq oshadi va boshqa sherigidan to„pni olib uni yana orqaga qaytaradi, endi esa orqaga umbalok oshadi va shu singari.

  1. Shug„ ullanuvchilar matda yuz tuban yotadilar. Murabbiy: "CHapga!", "Ungga!", "CHalqancha!", "qorin bilan!", "O„tiring!", "CHukqayib!", "Sakrab!" va shu singari komandalarni tez —tez beradi. SHu komandalarga muvoffik shug„ ullanuvchilar iloji boricha tez turib dastlabki gavda holatini o„zgartirishlari, keyin chalqancha, keyin korin bilan, matga ugarib, oyoklarini uzatib, chukqayib tayanishlari, yuqori sakrashlari, chalqancha yotishlari va hokazolarni bajarishlari zarur.

  2. Batut. Sakrab turga "qaytib tushayotganda" gavda holatini o„zgartirish.

  3. Ikki o`yinchi batutning chekkalarida sakrashib, osib qo„yilga to„pni navbatma — navbat boshi bilan urishi va oeg„i bilan tepishi.

  4. Batuda sakrash, keyin qalin matda umbaloq oshish.

  5. Quvlashmachok, lapta o„yini, basketbol, tennisbol.

Mashqlarni uzluksiz metod va doiravii trenirovka metodlaridan foydalangan qolda estafeta, o„yin, musobaqa tarzida o„tkazish mumkin.

Yüklə 85,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin