Kurs ishining tarkibiy tuzulishi va hajmi: Kirish, 2 bob, 4 bo’lim, xulosa foydalanilgan adabiyotlarlardan iborat.
I BOB. ELEKTRON DIDAKTIK MATERIALLARDAN FOYDALANIB O’QITISHDA ILMIY TADQIQOT METODLARI VA USULLARIDAN FOYDALANISH
1.1 Elektron didaktik materiallardan foydalanib informatika va axborot texnologiya fanlarini o’qitishda ilmiy tadqiqot metodlari va usullaridan foydalanish
Ijod deganda keng ma`noda ob`ektga (butun atrof muxit yoki uning ozmi ko`pmi ajratib olingan, alohida bo`lagiga) sub`ektning (alohida shaxs, ijtimoiy tabaqa, jamiyatning) faol, izchil ta`siri tushuniladi. Mazkur ta`sir jarayonida sub`ekt o`zini qurshagan muxitni o`zgartiradi, shu paytgacha ko`rilmagan, bilinmagan, o`rganilmagan, g‘aroyib va jozibali yangilikni yaratadi yoki kashf etadi.
Ijodiy jarayon davomida shaxs ham dunyoni o`zgartiradi, ham o`zini yaratuvchi, ijodkor sifatida kashf etadi. Insonning ijodi bu shaxsning tub xususiyati, uning immanent xossasidir: shaxsning, uning qobiliyatlari va ko`nikmalarining rivojlanish darajasi, shuningdek, uning ijtimoiylashganlik darajasi uning ijodiy bunyodkorlik faolligi bilan belgilanadi.
Ijod shaxsning bunyodkorlik, yaratuvchilik salohiyatini ro`yobga chiqaradi. Shaxs ijod usuli bilan yangilik yaratadi, xilma xil muammolarni qo`yadi va hal qiladi, ularning o`ziga xos yechimlarini, ba`zan bunday yechimlarga nisbatan betakror yondashuvlar, usullar, metodlarni topadi. Ijodiy faollikda tadqiqotchi, yaratuvchi, olim shaxsining o`ziga xosligi va betakrorligi namoyon bo`ladi. Ijodiy faollik sub`ektga muttasil o`zgaruvchi, rivojlanuvchi, ichki ziddiyatlarga boy ob`ektning kurashga chorlovlariga munosib javob qaytarishga ko`maklashadi.
Ijod jarayonining bu jixati ilmiy bilish jarayonida, ayniqsa, yorqin namoyon bo`ladi. Ilmiy tadkiqotdagi barcha yondashuvlar, shakllar, vositalar va metodlar ilmiy xususiyatga ega.
Fan - bu rivojlanuvchi, o`sib boruvchi bilim tizimi, ijtimoiy ongning va kishilik sivilizatsiyasi ijodiy bunyodkorlik amaliyotining insonning o`zini qurshagan olamni surunkali va chuqur o`zlashtirishiga, tabiiy va ijtimoiy voqelikning borliq qonuniyatlari to`g‘risida aniq, chuqur, haqqoniy axborot olish, bunday axborotni o`zlashtirish, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanishga yo`naltirilgan alohida shaklidir.
Bugungi kunda fan hozirgi zamon axborot jamiyatining arxetipidan mustahkam o`rin olgan. Bunda borliqning tuzilishini ijodiy bilish instituti sifatidagi fanning epistemologik, kreativ evristik funksiyasi alohida ro`l o`ynaydi.
Hozirgi zamon noklassik (kvant realitivistik) fanining kreativ evristik ro`li aloxida yaratuvchi olimning ilmiy ijodida ham, ilmiy jamoalar—laboratoriyalar, institutlar, sinov poligonlari va hokazolarning ilmiy ijodida ham o`z aksini topadi.