Informatika va AT darslarida ushbu metoddan foydalanish o’quvchilarda tafakkurni rivojlantirishga yordam beradi.
Savol: Uy sharoitida internet ishlamaybdi? F (fikr)- S (sabab)- M (misol)- U(umumlashtirish)- Qidiruv tizimlaridan foydalanib o’quvchilar quydagi rasmlarni saqlab olishlari mumkin (rasmlar ilova qilinadi).
Bundan tashqari hozirgi kunda o’quvchi yoshlar o’rtasida yoshlarning ijtimoiy tarmoqlardagi yangi alifbosini keltirib, tilimizga bo’lgan xurmat qay darajada ekanligini, bu xatoliklarni yo’q qilish biz pedagoglarning asosiy vazifalarimizdan biriga aylanishini aytib o’tishim mumkin:
Yoshlarning ijtimoiy tarmoqlardagi yangi alifbosi "CH" harfi o’rniga-"4",
"SH" harfi o’rniga - "W",
"YU" harfi o’rniga - "8",
"YA" harfi o’rniga - "9",
'О'" harfi o’rniga -"6".
Shu alifbodan foydalanayotgan yoshlarimizning yozishmalariga bir e’tibor beraylik: Wodi9 k6zlariz bun4a 4iroyli 6ziz oydek (Shodiya ko’zlaringiz buncha chiroyli, yuzingiz oydek)