Ўзбекистон репсбуликаси халқ таълими вазирлиги навоий давлат педагогика институти


IV. Talaba mustaiuil ishining axborot ta`minoti



Yüklə 339,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/17
tarix24.03.2023
ölçüsü339,27 Kb.
#89434
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
islom dini asoslari va manaviyati-2

IV. Talaba mustaiuil ishining axborot ta`minoti. 
4.1. Talaba uchun muayyan Fan bo`yicha mustaqil ishi topshiriqlari tegishli 
kafedra professori (yoki etakchi dotsenti) tomonidan o`quv mashg’ulotlarini bevosita 
olib boruvchi o`qituvchi bilan birgalikda tuziladi hamda kafedra mudiri tomonidan 
tasdiqlanadi. Talabalarga berilgan mustaqil ish topshiriqlarini bajarish bo`yicha 
dastlabki ko`rsatma va tavsiyalar qayd etiladi.
4.2. Mustaqil ishni bajarish uchun talabaga axborot manbasi sifatida darslik va 
o`quv qo`llanmalar, metodik qo`llanmalar va ko`rsatmalar, ma`lumotlar to`plami va 
banki, ilmiy va ommaviy davriy nashrlar Internet tarmog’idagi tegishli ma`lumotlar, 
berilgan mavzu bo`yicha avval bajarilgan ishlar banki va boshqalar xizmat qiladi.
4.3. Kafedra mudiri va tegishli fakul`tet dekani taqdimnomasi asosida Oliy 
ta`lim muassasasi rahbariyati talabalarga mustaqil ishlari bajarish uchun zarur 
axborot va vositalarini belgilaydi, talabalarga turli kutubxonalar, muzeylar, tarixiy 
joylar, arxivlar, tarmoq muassasalari va korxonalaridan mustaqil ish uchun zaruriy 
ma`lumotlar to`plash yuzasidan so`rovnoma xatlarini rasmiylashtirib boradi. 



4.4.Institut rahbariyati tomonidan talabalarga mustaqil ishlari o`z vaqtida 
bajarish uchun kompyuter texnikasi va internet tarmog’idan samarali foydalanish 
uchun shart-sharoitlar yaratilib beriladi.
V. Talabalar mustaqil ishini nazorat qilish va baholash. 
5.1. Har bir fan bo`yicha talaba mustaqil ishiga rahbarlik qilish yuklamasi 
(ishchi o`quv rejasining 10-ustunida keltirilgan) professor-o`qituvchi shaxsiy ish 
rejasining tashkiliy-uslubiy bo`limi (1540 soat doirasi)da qayd etiladi.
Talaba kurs ishi (loyihasi)ni hamda malakaviy bitiruv ishi va magistrlik 
dissertaciyasini tayyorlashga ajratilgan soatlar professor-o`qituvchi shaxsiy ish 
rejasining o`quv ishlari bo`limida qayd etiladi.
5.2. Talaba mustaqil ishiga rahbarlik qilish kafedrada tuziladigan va fakul`tet 
dekani tomonidan tasdiqlanadigan konsultatsiyalar jadvali asosida amalga oshiriladi.
5.3. Talabaning mustaqil ishi bo`yicha konsultatsiya soatlari guruh jurnalida 
qayd etib boriladi.
5.4. Talaba mustaqil ishini nazorat qilish o`quv mashg’ulotlarini bevosita olib 
boruvchi o`qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.
5.5. Talabaning mustaqil ishi, muayyan fan ishchi dasturida ajratilgan soatlarga 
mos reyting ballari bilan baholanadi va natijasi fan bo`yicha talabaning umumiy 
reytingiga kiritiladi. 
Talabaning reyting ko`rsatkichlari, shu jumladan mustaqil ishi bo`yicha, 
an`anaviy guruh reyting oynasida va (yoki) fakultet maxsus elektron tarmog’ida 
yoritilib boriladi. 
5.6. Talaba mustaqil ishini nazorat qilish turlari va uni baholash mezonlari 
kafedra tomonidan belgilanadi hamda fakultet Ilmiy kengashida tsdiqlanadi. Mustaqil 
ishlarni baholash mezonlari talabalarga o`quv yili (semestr) boshlanishi oldidan 
uslubiy materiallar bilan birgalikda tarqatiladi.
5.7. Mustaqil ish bo`yicha belgilangan maksimal reyting ballining 55% dan kam 
ball to`plagan talaba fan bo`yicha yakuniy nazoratga qo`yilmaydi. 
5.8. Fanlar kesimida talabalarning mustaqil ishlari bo`yicha o`zlashtirishlari 
muntazam ravishda akademik guruhlarda, kafedra yig’ilishlari va fakul`tet Ilmiy 
kengashlarida muhokama etib boriladi.
5.9. Talabaning mustaqil ishi kafedra arxivida ro`yxatga olinadi va o`quv yili 
mobaynida saqlanadi.
Talabaning kurs ishi (loyihasi)ni xamda malkaviy bitiruv ishi yoki magistrlik 
dissertatsiyasini ro`yxatga olish va saqlash tartibi tegishli me`yoriy hujjatlar asosida 
amalga oshiriladi.
5.10. Institutda yuqori darajada baholangan talabalarning mustaqil ishlarini 
ma`naviy moddiy jihatdan rag’batlantiriladi.
Mazkur Nizom OUMTVning 2005 21 fevraldagi 34-sonli buyrug’i bilan 
tasdiqlangan Oliy ta`lim muassasasining “Talaba mustaqil ishini tashkil etish, nazorat 
qilish va baholash tartibi to`g’risida”gi Nizomi asosida ishlab chiqilgan.




Yüklə 339,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin