Ўzbekiston respublika oliy va ўrta maxsus


 Quvvatlovchi tizimlarni o‘rnatish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/99
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#165735
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   99
Strategik boshqarish

 
2.4. Quvvatlovchi tizimlarni o‘rnatish 
Agar korxonada operatsiyalarni quvvatlovchi tizimlar mavjud bo„lmasa, 
korxona strategiyani talab darajasida amalga oshira olmaydi. Ishbilarmonlik 
operatsiyalarini qo„llab-quvvatlovchi (ta‟minlovchi) tizimlar ishtirokisiz korxonalar 
strategiyasi Yuqori darajada bajarilish yoki amalga oshirilishi mumkin emas. 
American, United, Delta va boshqa yetakchi aviakorxonalar biletlarga buyurtma 
berish, bagajlar bilan ishlash va ularni yuklash tizimini kompyuterlashtirish va jiddiy 
dasturiy ta‟minotlarsiz yo„lovchilarga Yuqori darajada sifatli xizmat ko„rsata 
olmaydilar. Federal Express korxonasining havo marshrutlari va yuklarni tashishni 
nazorat qilishning kompyuterlashtirilgan tizimi mavjud bo„lib, u istalgan yuk 
to„g„risida ayni paytda qaerda ekanligi to„g„risida doimiy axborot berishi mumkin. U 
erdagi ma‟lumotlar ayirboshlash tizimi mamlakat miqyosida 21000 bagaj o„rnini 
kuzatib borish, yo„lovchilarning o„z bagajlarini olishlari uchun kuniga o„rtacha 
720000 bekatlarni nazorat qilishga imokn beradi. Shuningdek, FedEx parvozlarni 
nazorat qilish tizimi ham mavjud bo„lib, u asosan parvozlar xavfsizligiga ta‟sir 
ko„rsatuvchi ob-havo va boshqa sharoitlardan xabardor qilib turadi. 
Bu operatsiyalarning barchasi bagajlarni ertangi kunga etkazib berishni 
ta‟minlashga yo„naltirilgan Federal Express korxonasining strategiyasi mohiyatini 
tashkil qiladi. 
Otis Elevator korxonasining Oits Line deb ataladigan murakkab qo„llab-
quvvatlovchi tizimi mamlakat miqyosida liftlarni ta‟mirlash va moddiy-texnik 
ta‟minotini muvofiqlashtirishga qaratilgan. Tayyorgarlik ko„rgan operatorlar barcha 
trevogali qo„ng„iroqlarni qabul qilib, olingan ma‟lumotlarni kompyuter ekraniga 
chiqaradilar va darhol avariya yuz bergan joyga mutaxassislarni yuboradilar. 
Kompyuterga kiritilgan qo„ng„iroqlar bo„yicha muammoning xarakterini aniqlash va 
ishlab chiqaruvchilar bilan ma‟lumotlarni ayirboshlash mumkin – bularning barchasi 
vaziyatni o„z vaqtida va tezda o„zgartirish hamda kamchchiliklarni yo„qotishga 


47 
imkon yaratadi. Bundan tashqari, ta‟mirlash uchun zarur bo„lgan ma‟lumotlarning 
aksari qismi bevosita buzuq liftdan kelib tushadi. Liftning buzilish sabablari lift 
ichkarisida o„rnatilgan minikompyuterlar monitorlari orqali qayd qilinadi, bu esa 
liftni ta‟mirlash uchun zarur bo„lgan vaqtni qisqartirishga imkon beradi. 
Procter & Gamble korxonasi yiliga 800 ta (abonent uchun bepul) telefon raqami 
orqali korxona mahsulotlari bilan bog„liq bo„lgan trevogali belgilarni aniqlash va 
xaridorlar didining o„zgarishini doimiy nazorat qilish maqsadida olingan 900000 
telefon qo„ng„iroqlarini oladi. 
Domino
,
s Pizza har bir savdo nuqtasida kompyuter tarmoqlariga ega bo„lib, ular 
buyurtmalarni bajarish, invetarlash, xodimlarni hisobga olish, naqd pul 
harakatlanishini tahlil qilish va ba‟zi nazorat funksiyalarini bajarishni engillashtirib, 
menedjerlarga umumiy boshqaruv, xaridorlarga xizmat ko„rsatish va biznesni 
rivojlantirish operatsiyalariga ko„proq vaqt ajratishga imkon yaratadi. Telefon 
kompanyalari, energetika, kommunal xo„jalik va teleradiokorxonalarning katta qismi 
zarur hollarda bir soniya ichida yuzaga keluvchi muammolarni hal qilish hamda o„z 
xizmatlari ishonchliligi va samaradorligini oshirish uchun doimiy nazorat va 
monitoring tizimlariga ega.
Mrs. Fields
,
Cookies korxonasida bunday tizimlar har 15 daqiqa mobaynida 
sotuvni nazorat qilishi hamda yangi mahsulotlarni taklif qilishi, sotuvni 
rag„batlantirish taktikasi yoki xaridorlar manfaatlarini oshirish uchun zarur chora-
tadbirlarni taklif etishi mumkin.
Yaxshi asoslangan va hayotga oqilona tatbiq etilgan ta‟minot tizimlari 
strategiyani amalga oshirish mexanizmini yaxshilashdan tashqari, korxonaning 
tashkilotchilik imkoniyatlarini oshirishi hamda uning raqobatchilarga nisbatan 
ustunlikka erishishini ta‟minlashi mumkin. Masalan, birinchi darajali sifatga 
asoslangan differensiatsiya strategiyasiga ega korxona jo„natilgan barcha tovarlarning 
sifat standartlariga mos ekanligiga to„liq ishonch hosil qilishlari uchun xodimlarni 
ishlab chiqarishning har bir bosqichida sifatni boshqarish masalalari bo„yicha 
tayyorgarlash tizimiga muhtojlik sezadi. Mahsulotni ishlab chiqarish xarajatlarini 
qisqartirishga intiluvchi korxonalar uchun xarajatlarni qisqartirishning barcha 


48 
yo„laridan foydalanish imkoniyatini beruvchi tizim bo„lishi zarur. Tez o„sib 
borayotgan korxonalar uchun esa katta miqdorda malakali mutaxassislarni jalb qilishi 
mumkin bo„lgan ishchi kuchini yollash tizimi talab qilinadi. 
Mustaqil auditorik faoliyati va boshqaruv maslahatlari bilan bog„liq biznesda 
ko„p sonli professional xodimlar barcha texnik nou-xaular bilimiga muhtojlik sezadi. 
Demak, bu korxonalar xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash uchun doimiy 
tizimga ega bo„lishi va ularning zamonaviy ilmiy axborotlar olish imkoniyati bilan 
ta‟minlashi zarur. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin