Ўзбекистон республикаси ахборот технологиялари ва коммуникацияларини ривожлантириш вазирлиги



Yüklə 307,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/36
tarix07.01.2024
ölçüsü307,39 Kb.
#208066
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Ekonometrika asoslari(Fan dastur)

SHaxsga yo‘naltirilgan ta’lim. 
Bu ta’lim o‘z mohiyatiga ko‘ra ta’lim 
jarayonining barcha ishtirokchilarini to‘laqonli rivojlanishlarini ko‘zda tutadi. Bu 
esa ta’limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining 
shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog‘liq o‘qish 
maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshilishni nazarda tutadi.
Tizimli yondoshuv. 
Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o‘zida 
mujassam etmog‘i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo‘g‘inlarini 
o‘zaro bog‘langanligi, yaxlitligi.
Faoliyatga yo‘naltirilgan yondoshuv. 
SHaxsning jarayonli sifatlarini 
shakllantirishga, ta’lim oluvchining faoliyatni aktivlashtirish va intensivlashtirish
o‘quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini 
ochishga yo‘naltirilgan ta’limni ifodalaydi.
Dialogik yondashuv. 
Bu yondoshuv o‘quv munosabatlarini yaratish 
zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o‘z-o‘zini faollashtirishi va o‘z-
o‘zini ko‘rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi. 
Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish. 
Demokratik, tenglik, ta’lim beruvchi va 
ta’lim oluvchi faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni 
baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e’tiborni qaratish zarurligini bildiradi.
Muammoli ta’lim. 
Ta’lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali 
ta’lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni 
ob’ektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushohadani 
shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo‘llashni 
mustaqil ijodiy faoliyati ta’minlanadi.
Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo‘llash

yangi kompyuter va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayoniga qo‘llash.

Yüklə 307,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin