1-Mustaqil ish L. Dilmurodov Kiberhuquq va Kiberetika
Kiberxavfsizlikni ta’minlashdagi asosiy prinsiplar – qonuniylik, shaxs va davlat
manfaatlarini himoya qilish, sohaga yagona yondashuv, tizimni yaratishda (davlat
xaridlarida) mahalliy ishlab chiqaruvchilarga ustuvorlik berish, xalqaro hamkorlik
uchun ochiqlik hisoblanadi. (4-modda)
Ushbu qonunda ham, boshqa ko‘plab hujjatlar kabi O‘zbekiston qo‘shilgan xalqaro
shartnomalarda ko‘zda tutilgan boshqacha qoidalarda ustuvorlik berilgan. Ya’ni,
xalqaro shartnomada «Kiberxavfsizlik to‘g‘risida»gi qonundan boshqacha qoida
nazarda tutilgan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. (2-modda)
Kiberxavfsizlik sohasidagi vakolatli organ – DXXga ko‘plab vakolatlar berilgan,
xususan:
sohaga doir normativ hujjatlar va dasturlar ishlab chiqish, ularning ijrosini nazorat
qilish;
kiberxavfsizlik hodisalari yuzasidan tezkor tadbirlar va tergov harakatlari olib borish, shuningdek ularning oldini olish, bartaraf qilish va oqibatlarini tugatish
bo‘yicha texnik choralar ko‘rish;
sohaga doir tadqiqotlar va monitoringlar o‘tkazish;
muhim axborot infratuzilmalari obektlarining yagona reyestrini shakllantirish,
ularning xavfsizligini ta’minlashga doir talablarni belgilash;
axborotni kriptografik himoya qilish vositalarini ishlab chiqishga doir faoliyatni
litsenziyalash;
muhim axborot infratuzilma obektlariga kiberhujumlarga urinishlarning oldini olish;
davlat boshqaruv organlari va mahalliy hokimliklarni kibertahdidlar haqida ogohlantirish;
O‘zbekiston kibermakonida terrorchilik, ekstremistik va boshqa qonunga xilof
faoliyat olib borilmasligi choralarini ko‘rish;
kiberxavfsizlik sohasida kadrlarni tayyorlash va boshqa ko‘plab vakolatlarga ega.