huquq normalarini oʻzida ifodalagan normativ aktlarning oddiy jamlanmasi
boʻlmay, balki, ularni yuridik kuchi va ahamiyatiga qarab bir tizimga solinishidir.
Qonunchilik tizimi bilan huquq tizimi oʻzaro uzviy bogʻliq. Huquq tizimi
huquqning mazmunini, uning ichki tuzilishini ifodalasa, Qonunchilik tizimi
huquqning tashqi shaklini, mavjud huquq normalariga oʻzgartish va
qoʻshimchalar kiritadigan, eskilarini bekor qiladigan aktlarni ham ichiga oladi.
Qonunchilik tizimi gorizontal (tarmoq) va vertikal (pogʻonaviy) tuzilishdan
iborat. Qonunchilik tizimining gorizontal tuzilishi uning qanday ijtimoiy
munosabatlarni tartibga solayotganiga bogʻliq holda shakllanadi, bunda
q. tarmogʻi bilan huquq tarmogʻi bir-biriga toʻla mos keladi. Mas,
konstitutsiyaviy huquq — konstitutsiyaviy Q, mehnat huquqi — mehnat
qonunchiligi, jinoyat propessual huquq — jinoyat protsessual Qonunchilik
Qonunchilik tizimining vertikal tuzilishi — normativ-huquqiy aktlarning yuridik
kuchiga qarab pogʻonaviy joylashuvini ifodalaydi.
Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi Oʻzbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Qonunchilik palatasi va Senati qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
farmonlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi — Oʻzbekiston
Hukumati qarorlari, respublika vazirliklari, davlat qoʻmitalari va boshqa
markaziy idoralarining hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ
tusdagi hujjatlaridan iborat. Mustaqillik yillarida Oʻzbekiston qonunchiligi
butunlay yangidan shakllandi. Qonunchilik tizimida banklar va banklar
faoliyatiga doir, xususiylashtirish, bankrotlik, soliq, bojxona, xalqaro
shartnomalarga doir yangi Qonunchilik tarmoqlari va yoʻnalishlari vujudga keldi.
Qonunchilikda ijtimoiy munosabatlarning muayyan bir sohasini tartibga
soladigan normativ aktlarni oʻz ichiga olgan Qonunchilik tarmoqlari bilan bir
qatorda, majmuaviy tusdagi Qonunchilik yoʻnalishlari shakllanmoqda (mas,
tabiatni muhofaza etish, transportga doir, xoʻjalik qonunchili-gi, aholining
alohida qatlamlari, jumladan, ayollar, bolalarga oid majmuaviy Qonunchilik
tarmoqlari). Qonunchilikni takomillashtirish maqsadida mamlakat hududida
amalda boʻlgan barcha Qonunchilik aktlarining Konstitutsiyaga mosligini
taʼminlash va shu maqsadda mavjud Qonunchilikni qayta koʻrib chiqish,
eskirgan, samarasiz normativ aktlarni bekor qilish, yangi qonunlar ishlab chiqish,
qonun qabul qilishni takomillashtirish, hajm jihatdan kattalashib ketgan
majmuaviy Qonunchilik tarmoqlarini mustaqil tarmoqchalarga ajratish zarur
(mas, fuqarolik qonunchiligi tarmogʻidan oila qonunchiligining ajralib, mustaqil
Qonunchilik tarmogʻiga aylanishi kabi).
Dostları ilə paylaş: