eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yilgacha
axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan bo‘lsa, —
eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima
yoki bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq bilan
jazolanadi.
Kompyuter axborotidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish
Kompyuter axborotidan, ya’ni axborot-hisoblash tizimlari, tarmoqlari va
ularning tarkibiy qismlaridagi axborotlardan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz)
foydalanish, agar ushbu harakat axborotning yo‘q qilib yuborilishi, to‘sib qo‘yilishi,
modifikatsiyalashtirilishi, undan nusxa ko‘chirilishi yoxud uning qo‘lga kiritilishiga,
elektron hisoblash mashinalari, elektron hisoblash mashinalari tizimi yoki ularning
tarmoqlari ishining buzilishiga sabab bo‘lsa, —
eng kam oylik ish haqining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch
yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari
bilan jazolanadi.
O‘sha harakat:
a) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
b) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
v) xizmat mavqeyidan foydalangan holda;
g) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan
bo‘lsa, —
eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha
ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Dostları ilə paylaş: