yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni to‘lashi uchun fuqarolik javobgarligi
qo‘llaniladi.
2019 yil 3 dekabr kuni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177-moddasi
(O‘zganing tovar belgisidan, xizmat ko‘rsatish belgisidan, tovar kelib chiqqan joy
nomidan yoki firma nomidan qonunga xilof ravishda foydalanish) yangi tahrirda
qabul qilindi. Mazkur kodeksning 177-(1)-moddasi (Mualliflik huquqini va turdosh
huquqlarni buzish), 177-(2)-modda (Ixtiroga, foydali modelga va sanoat namunasiga
bo‘lgan huquqlarni buzish) nomli yangi moddalar bilan to‘ldirildi.
Mazkur moddalarda tegishli patentlangan ixtironi, foydali modelni, sanoat
namunasini o‘z ichiga olgan mahsulot yoki buyumni ruxsatsiz tayyorlash, qo‘llash,
import qilish, sotishga taklif etish, sotish, fuqarolik muomalasiga boshqa yo‘sinda
kiritish yoki shu maqsadda saqlab turish, shuningdek ixtiro patenti bilan muhofaza
qilinayotgan usulni qo‘llash yoxud bevosita ixtiro patenti bilan muhofaza
qilinayotgan usul bilan tayyorlangan mahsulotni fuqarolik muomalasiga kiritish
yoki shu maqsadda saqlab turish huquqbuzarlik sifatida e’tirof etildi.
Intellektual
mulk
sohasini
rivojlantirish
mamlakatimizning
jahon
integratsiyasidagi asosiy omil ekanligidan kelib chiqib, intellektual mulk
obyektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish, shuningdek, 2017 — 2021-
yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi
bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish
maqsadida:
Dostları ilə paylaş: