Intellektual mulk muhofazasini mustahkamlash
va zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 1-
ilovaga muvofiq;
Intellektual mulk (ixtiro, foydali model,
sanoat namunasi, seleksiya yutuqlari)
sohasini rivojlantirish bo‘yicha 2021 — 2023-yillarga mo‘ljallangan amaliy ishlar
dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Vazirlik, idora va boshqa tashkilotlar, mahalliy ijroiya
hokimiyati organlarining
birinchi rahbarlari zimmasiga “Yo‘l xaritasi” va dasturda belgilangan tadbirlarning
o‘z vaqtida, sifatli va to‘liq bajarilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
4. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra:
2021-yil 1-iyunga qadar davlat boshqaruvi organlari va davlat korxonalari, ilmiy-
tadqiqot va oliy ta’lim tashkilotlari o‘zlariga tegishli bo‘lgan
intellektual mulk
(mualliflik huquqi, turdosh huquqlar va sanoat mulki) obyektlarini to‘liq xatlovdan
o‘tkazib, ularni buxgalteriya hisobida aks ettiradi;
5. Agentlik va Innovatsion rivojlanish vazirligining 2021-yil 1-oktabrga qadar davlat
boshqaruvi organlari, davlat korxonalari, ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim tashkilotlari
o‘ziga tegishli bo‘lgan intellektual mulk obyektlari hisobini to‘g‘ri yuritish, ularga
bo‘lgan huquqlarni xo‘jalik
muomalasiga kiritish, ilmiy faoliyat natijalarini
tijoratlashtirilishiga ko‘maklashishga qaratilgan Agentlik huzuridagi “Patent
platformasi”ni ishga tushirish bo‘yicha taklifiga rozilik berilsin.
Belgilansinki:
mazkur
platformada ixtirolar, foydali modellar,
sanoat namunalari, seleksiya
yutuqlari, tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari, tovar kelib chiqqan joy nomlari
muhofaza hujjatlariga oid ma’lumotlar
batafsil aks ettiriladi;
platforma elektron shaklda real vaqt rejimida yuritiladi hamda unga tadbirkorlik
subyektlari ixtiyoriy va bepul asosda kiritiladi.
Dostları ilə paylaş: