Zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish


-modda. Axborotlashtirish sohasini davlat tomonidan tartibga solish



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/19
tarix28.04.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#103869
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
1-Mustaqil ish L. Dilmurodov Kiberhuquq va Kiberetika

5-modda. Axborotlashtirish sohasini davlat tomonidan tartibga solish 


Axborotlashtirish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va u maxsus vakolat bergan organ amalga 
oshiradi. 
6-modda. Maxsus vakolatli organ 
Maxsus vakolatli organ: 
davlat axborot resurslarini shakllantirish ishlarini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi; 
axborotlashtirish va axborot texnologiyalarini rivojlantirish davlat dasturlarini ishlab 
chiqadi; 
davlat organlarining axborot tizimlari, tarmoq va hududiy axborot tizimlari 
yaratilishiga ko‘maklashadi; 
axborotlashtirish sohasidagi standartlar, normalar va qoidalarni ishlab chiqadi; 
axborot tizimlari va axborot texnologiyalarining texnika vositalari hamda 
xizmatlarini sertifikatlashtirish ishlarini tashkil etadi; 
yuridik va jismoniy shaxslarning o‘z axborot resurslari hamda axborot tizimlari 
muhofaza etilishini ta’minlash borasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi; 
axborot resurslari, xizmatlari va axborot texnologiyalari bozorini rivojlantirishga 
ko‘maklashadi; 
axborotlashtirish sohasida marketing tadqiqotlari va monitoringni tashkil etadi; 
axborot resurslaridan foydalanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini 
himoya qilish choralarini amalga oshiradi; 


O‘zbekiston Respublikasining mudofaa qobiliyati va xavfsizligi manfaatlarini 
ko‘zlab axborot xavfsizligini hamda axborot tizimlaridan ustuvor foydalanilishini 
ta’minlaydi; 
11-modda. Axborot resurslaridan erkin foydalanish toifalari 
Axborot resurslari ulardan erkin foydalanish toifalari bo‘yicha hamma erkin 
foydalanishi mumkin bo‘lgan axborot resurslariga va erkin foydalanilishi cheklab 
qo‘yilgan axborot resurslariga bo‘linadi. 
Cheklanmagan doiradagi foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan axborot resurslari 
hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan axborot resurslaridir. 
Davlat sirlari to‘g‘risidagi axborotni va maxfiy axborotni yoki erkin foydalanilishi 
axborot resurslarining mulkdorlari tomonidan cheklab qo‘yilgan axborotni o‘z 
ichiga olgan axborot resurslari erkin foydalanilishi cheklab qo‘yilgan axborot 
resurslariga kiradi. 
Axborot resurslarining mulkdorlari va egalari hamma erkin foydalanishi mumkin 
bo‘lgan axborot resurslaridan yuridik hamda jismoniy shaxslarning teng huquq 
asosida erkin tarzda foydalanishini ta’minlashi kerak. 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin