zamonaviy jahon tamoyillarini hisobga olgan holda milliy axborot tizimini
yaratishga qaratilgan.
Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan
iborat:
har kimning axborotni erkin olish va tarqatishga doir konstitutsiyaviy huquqlarini
amalga oshirish, axborot resurslaridan erkin foydalanilishini ta’minlash;
davlat organlarining axborot tizimlari, tarmoq va hududiy axborot tizimlari,
shuningdek yuridik hamda jismoniy shaxslarning axborot tizimlari asosida
O‘zbekiston Respublikasining yagona axborot makonini yaratish;
xalqaro axborot tarmoqlari va Internet jahon axborot tarmog‘idan erkin foydalanish
uchun sharoit yaratish;
davlat axborot resurslarini shakllantirish, axborot tizimlarini yaratish hamda
rivojlantirish, ularning bir-biriga mosligini va o‘zaro aloqada ishlashini ta’minlash;
axborot texnologiyalarining zamonaviy vositalari ishlab chiqarilishini tashkil etish;
axborot resurslari, xizmatlari va axborot texnologiyalari bozorini shakllantirishga
ko‘maklashish;
dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish rivojlantirilishini rag‘batlantirish;
tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, investitsiyalarni jalb etish
uchun qulay sharoit yaratish;
kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ilmiy tadqiqotlarni
rag‘batlantirish.
Dostları ilə paylaş: