Axborot ximoya qilishda quyidagi talablar qo‘yiladi: 1. Konfidensiallik (mahfiylik);
2. Butunlik (axborotni axborot jarayonlari davomida uni beruhsat o‘zgartirish yoki
kuzatishga yo‘l qo‘ymaslik holati); 3. Qobillik (axborotning unga nisbatan berilgan
axborot
jarayonlarini
bajarishga
yaroqlilik
va
tayyorlik
xossasi).
Kompyuter tizimlari va tarmoqlarida axborotni himoyalashning quyidagi usullari
mavjud: 1.
Tashkiliy; 2. Texnik-dasturiy; 3. Huquqiy; 4. Axborotni zahiralash va
nusxalash; 5.Kriptografik.
Qonun hujjatlarida quyidagi masalalar ko‘rib chiqiladi: 1. Kompyuter jinoyatchiligi
uchun jazolash me’yorlarini ishlab chiqish; 2. Dasturlovchilarning mualliflik
huquqlarini
himoya qilish; 3. Axborotlashtirish sharoitlarida axborot sohasidagi
huquq va erkinliklarni himoya qilish; 4. Axborot xavsizligi bo‘yicha xalqaro
shartnomalarni qabul qilish va unga amal qilish me’yorlarini ishlab chiqish. .
Huquqiy vosita ahborot xavfsizligini ta’minlashda muhim o‘rin egallaydi. Uning
asosini axborotni
qayta ishlash va uzatish, ulardan foydalanish qoidalariga rioya
qilishni ta’minlaydigan qonunlar tashkil etadi. Axborot xavfsizligini xuquqiy
ta’minlashning asosini O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi normalari,
Axborotlashtirish to‘g‘risidagi qonun, Elektron raqamli imzo to‘g‘risidagi, Elektron
tijorat to‘g‘risidagi bir qator qonunlarda ko‘zda tutilgan moddalar tashkil etadi.
Axborotlashtirish qoidalarini ijtimoiy xavfliligi axborot egasiga yirik miqdorda
zarar etkazishdan iborat. Bundan tashqari axborotni to‘plash, yig‘ish, qayta ishlash,
uzatish, undan foydalanish, shuningdek noqonuniy ravishda axborotga ega bo‘lish
tartibi buziladi.
Davlatning hokimiyat
va boshqaruv idoralari, shuningdek, huquqiy va jismoniy
shaxslar axborot egasi bo‘lishlari
mumkin.
Axborotlashtirish qoidalarini buzish natijasida (masalan, axborot tizimidan
ma’lumotlarni noqonuniy ravishda olish) mulk egasi o‘z axborotiga ega bo‘lish,
undan foydalanish yoki uni tasarruf etish imkoniyatidan mahrum etiladi. Bundan
axborotga
egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish sohasida amal
qiladigan ijtimoiy munosabatlar mazkur jinoyatning ob’ekti ekanligi kelib chiqadi.
Faqat axborot tizimlaridagi axborot jinoyatning predmeti bo‘lishi mumkin. Davlat
idoralari, huquqiy va jismoniy shaxslar faoliyatning mahsuli sifatida axborot moddiy
yoki aqliy (intellektual) mulk ob’ekti bo‘lishi mumkin. Axborot mulk ob’ekti
sifatida
ayrim
hujjat
yoki
hujjatlar
to‘plami
olinishi
mumkin.
Jinoyat kodeksining 174-moddasining 2-qismiga muvofiq kompyuter tizimlarida
saqlanayotgan ma’lumotlar yoki dasturlarni o‘zgartirish maqsadida tegishli ruxsatsiz
kompyuter viruslari yoki dasturlarini ishlab chiqish va tarqatish, shuningdek, ruxsati
bo‘lmagan holda axborot tizimidan foydalanish ma’lumotlarning buzilishi, olib
tashlanishi, yo‘q qilib yuborilishi yoki bu tizimning ishdan chiqishiga sabab bo‘lsa,
eng kam ish haqining 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan
mahrum qilib uch oydan olti oygacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Bundan tashqari Jinoyat kodeksida qonunga xilof ravishda axborot to‘plash, uni
oshkor qilish yoki undan foydalanish (191- modda) uchun javobgarlik ko‘zda
tutilgan.
1993-yil 7-mayda qabul qilingan “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonun 2003-yil
11-dekabrda Oliy Majlisning sessiyasida qayta ko‘rib chiqilgan va u 23 moddadan
iborat. Bu qonunga ko‘ra axborot resurslari va axborot tizimlarining texnika
vositalarini
sertifikatlashtirish, axborot tizimlarining tarmoqlararo bog‘lanishini
amalga oshirish, axborot resurslari va axborot tizimlarini muhofaza qilish, xalqaro
axborot tarmoqlaridagi ulanishni amalga oshirish, nizolarni hal etish,
axborotlashtirish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
nazarda tutilgan.
Tez rivojlanib borayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bizning
kundalik hayotimizning barcha jabhalariga sezilarli o‘zgarishlarni olib kirmoqda.
Hozirda ‘axborot tushunchasi’ sotib olish, sotish, biror boshqa tovarga almashtirish
mumkin bo’lgan maxsus tovar belgisi sifatida tez-tez ishlatilmoqda. Shu bilan birga
axborotning bahosi ko’p hollarda uning o’zi joylashgan
kompyuter tizimining
bahosida bir necha yuz va ming barobarga oshib ketmoqda. Shuning uchun tamomila
tabiiy holda axborotni unga ruxsat etilmagan holda kirishdan, qasddan
o’zgartirishdan, uni o‘g‘irlashdan, yo’qotishdan va boshqa jinoiy harakatlardan
himoya qilishga kuchli zarurat tug’iladi. Ammo, jamiyatning avtomatlashtirishni
yuqori darajasiga intilishi uni foydalaniladigan
axborot texnologiyalarning
xavfsizligi saviyasiga bog’liq qilib qo’yadi.
Axborotning muhimlik darajasi qadim zamonlardan ma’lum. Shuning uchun ham
qadimda axborotni himoyalash uchun turli xil usullar qo’llanilgan. Ulardan biri -
sirli yozuvdir. Undagi xabarni xabar yuborilgan manzil egasidan boshqa shaxs
o’qish imkoniga ega bo’lmagan. Asrlar davomida bu san’at - sirli yozuv jamiyatning
yuqori tabaqalari, davlatning elchixona rezidensiyalari va razvedka missiyalaridan
tashqariga chiqmagan. Faqat bir necha o’n yil oldin hamma narsa tubdan o’zgardi,
ya’ni axborot o’z qiymatiga ega bo’ldi va keng tarqaladigan mahsulotga aylandi. Uni
endilikda ishlab chiqaradilar, saqlaydilar, uzatadilar, sotadilar va sotib oladilar.
Bulardan tashqari uni o‘g‘irlaydilar, buzib talqin etadilar va soxtalashtiradilar.
Shunday qilib, axborotni himoyalash zaruriyati tug’iladi.
Dostları ilə paylaş: