Zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/19
tarix28.04.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#103869
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
1-Mustaqil ish L. Dilmurodov Kiberhuquq va Kiberetika

Mehnat shartnomasi tushunchasi. Mehnat shartnomasini bekor qilish. 
Mamalakatimizda Fuqarolarning mehnat qilishi huquqini amalga oshirishning 
asosiy shakli-mehnat shartnomasi. Mehnat Kodeksining 72-moddasiga binoan 
mehnat shartnomasi xodim bilan ish beruvchi o`rtasida muayyan mutaxassislik, 
malaka, lavozim bo`yicha ishni ichki mehnat tartibiga bo`ysungan holda taraflar 
kelishuvi, shuningdek mehnat to`g`risidagi qonunlar va boshqa me`yoriy hujjatlar 
bilan belgilangan shartlar asosida tegishli haq evaziga bajarish haqidagi kelushuvdir. 
Mehnat shartnomasi fuqarolarning mehnatga bo`lgan konstitutsiyaviy huquqini 
ro`yobga chiqarishning asosiy tashkiliy-huquqiy shaklidir. Mehnat shartnomasi 
asosida mehnatga jalb qilishi, xodimlar, ish beruvchilar va davlat manfaatlarini 
ko`zlagan holda har bir kishiga erkin kasb tanlash imkonini beradi.
 
3. Kiberhuquq va kiberetika sohasida O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi 
O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi
oʻz oldida turgan vazifa va 
funksiyalarini amalga oshirish usullaridan biri. Bu vakolatli davlat organlari 
(parlament) tomonidan davlat va jamiyat hayotining eng muhim masalalari 
boʻyicha qonunlar qabul qilish faoliyatida ifodalanadi
muayyan davlatda amalda boʻlgan yoki ijtimoiy munosabatlarning barchasini 
yohud maʼlum bir sohasini tartibga soladigan normativ-huquqiy hujjatlar (mas, 
fuqaro qonunchiligi, jinoyat qonunchiligi) yigʻindisi. Qonunchilik ayni paytda 


huquq normalarini oʻzida ifodalagan normativ aktlarning oddiy jamlanmasi 
boʻlmay, balki, ularni yuridik kuchi va ahamiyatiga qarab bir tizimga solinishidir. 
Qonunchilik tizimi bilan huquq tizimi oʻzaro uzviy bogʻliq. Huquq tizimi 
huquqning mazmunini, uning ichki tuzilishini ifodalasa, Qonunchilik tizimi 
huquqning tashqi shaklini, mavjud huquq normalariga oʻzgartish va 
qoʻshimchalar kiritadigan, eskilarini bekor qiladigan aktlarni ham ichiga oladi. 
Qonunchilik tizimi gorizontal (tarmoq) va vertikal (pogʻonaviy) tuzilishdan 
iborat. Qonunchilik tizimining gorizontal tuzilishi uning qanday ijtimoiy 
munosabatlarni tartibga solayotganiga bogʻliq holda shakllanadi, bunda 
q. tarmogʻi bilan huquq tarmogʻi bir-biriga toʻla mos keladi. Mas, 
konstitutsiyaviy huquq — konstitutsiyaviy Q, mehnat huquqi — mehnat 
qonunchiligi, jinoyat propessual huquq — jinoyat protsessual Qonunchilik 
Qonunchilik tizimining vertikal tuzilishi — normativ-huquqiy aktlarning yuridik 
kuchiga qarab pogʻonaviy joylashuvini ifodalaydi. 
Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi Oʻzbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
Qonunchilik palatasi va Senati qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti 
farmonlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi — Oʻzbekiston 
Hukumati qarorlari, respublika vazirliklari, davlat qoʻmitalari va boshqa 
markaziy idoralarining hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ 
tusdagi hujjatlaridan iborat. Mustaqillik yillarida Oʻzbekiston qonunchiligi 
butunlay yangidan shakllandi. Qonunchilik tizimida banklar va banklar 
faoliyatiga doir, xususiylashtirish, bankrotlik, soliq, bojxona, xalqaro 
shartnomalarga doir yangi Qonunchilik tarmoqlari va yoʻnalishlari vujudga keldi. 
Qonunchilikda ijtimoiy munosabatlarning muayyan bir sohasini tartibga 
soladigan normativ aktlarni oʻz ichiga olgan Qonunchilik tarmoqlari bilan bir 
qatorda, majmuaviy tusdagi Qonunchilik yoʻnalishlari shakllanmoqda (mas, 
tabiatni muhofaza etish, transportga doir, xoʻjalik qonunchili-gi, aholining 
alohida qatlamlari, jumladan, ayollar, bolalarga oid majmuaviy Qonunchilik 
tarmoqlari). Qonunchilikni takomillashtirish maqsadida mamlakat hududida 
amalda boʻlgan barcha Qonunchilik aktlarining Konstitutsiyaga mosligini 
taʼminlash va shu maqsadda mavjud Qonunchilikni qayta koʻrib chiqish, 
eskirgan, samarasiz normativ aktlarni bekor qilish, yangi qonunlar ishlab chiqish, 
qonun qabul qilishni takomillashtirish, hajm jihatdan kattalashib ketgan 
majmuaviy Qonunchilik tarmoqlarini mustaqil tarmoqchalarga ajratish zarur 
(mas, fuqarolik qonunchiligi tarmogʻidan oila qonunchiligining ajralib, mustaqil 
Qonunchilik tarmogʻiga aylanishi kabi). 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin