Axborotlashtirish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va u maxsus vakolat bergan organ amalga
oshiradi.
6-modda. Maxsus vakolatli organ
Maxsus vakolatli organ:
davlat axborot resurslarini shakllantirish ishlarini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;
axborotlashtirish va axborot texnologiyalarini rivojlantirish davlat dasturlarini ishlab
chiqadi;
davlat organlarining
axborot tizimlari, tarmoq va hududiy axborot tizimlari
yaratilishiga ko‘maklashadi;
axborotlashtirish sohasidagi standartlar, normalar
va qoidalarni ishlab chiqadi;
axborot tizimlari va axborot texnologiyalarining texnika vositalari hamda
xizmatlarini sertifikatlashtirish ishlarini tashkil etadi;
yuridik va jismoniy shaxslarning o‘z axborot resurslari
hamda axborot tizimlari
muhofaza etilishini ta’minlash borasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
axborot resurslari, xizmatlari va axborot texnologiyalari
bozorini rivojlantirishga
ko‘maklashadi;
axborotlashtirish sohasida marketing tadqiqotlari va monitoringni tashkil etadi;
axborot resurslaridan foydalanuvchilarning huquqlari
va qonuniy manfaatlarini
himoya qilish choralarini amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasining mudofaa qobiliyati va
xavfsizligi manfaatlarini
ko‘zlab axborot xavfsizligini hamda axborot tizimlaridan ustuvor foydalanilishini
ta’minlaydi;
11-modda. Axborot resurslaridan erkin foydalanish toifalari
Axborot resurslari ulardan erkin foydalanish toifalari bo‘yicha
hamma erkin
foydalanishi mumkin bo‘lgan axborot resurslariga va erkin foydalanilishi cheklab
qo‘yilgan axborot resurslariga bo‘linadi.
Cheklanmagan doiradagi foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan axborot resurslari
hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan axborot resurslaridir.
Davlat sirlari to‘g‘risidagi axborotni va maxfiy axborotni yoki erkin foydalanilishi
axborot resurslarining mulkdorlari tomonidan cheklab qo‘yilgan axborotni o‘z
ichiga olgan axborot resurslari erkin foydalanilishi cheklab qo‘yilgan
axborot
resurslariga kiradi.
Axborot resurslarining mulkdorlari va egalari hamma erkin foydalanishi mumkin
bo‘lgan axborot resurslaridan yuridik hamda jismoniy
shaxslarning teng huquq
asosida erkin tarzda foydalanishini ta’minlashi kerak.
Dostları ilə paylaş: