Zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/19
tarix28.04.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#103869
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
1-Mustaqil ish L. Dilmurodov Kiberhuquq va Kiberetika

axborot resursi — axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborot
ma’lumotlar banki, ma’lumotlar bazasi, shu jumladan axborot tizimlarida ochiq 
shaklda joylashtiriladigan yoxud e’lon qilinadigan audio-, video-, grafik va matnli 
axborot; 
axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining mulkdori — axborot 
resurslariga yoki axborot tizimlariga egalik qiluvchi, ulardan foydalanuvchi va 
ularni tasarruf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs; 
axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining egasi — qonun bilan yoki 
axborot resurslarining, axborot tizimlarining mulkdori tomonidan belgilangan 
huquqlar doirasida axborot resurslariga yoxud axborot tizimlariga egalik qiluvchi
ulardan foydalanuvchi va ularni tasarruf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs; 
axborot texnologiyasi — axborotni to‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va 
uni tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublar, qurilmalar, usullar va jarayonlar; 
axborot tizimi — axborotni to‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda 
undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami 
axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalari. 
bloger — Internet jahon axborot tarmog‘idagi o‘z veb-saytiga va (yoki) veb-sayt 
sahifasiga hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan, ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-
iqtisodiy va boshqa xususiyatga ega axborotni joylashtiruvchi, shu jumladan 
axborotdan foydalanuvchilar tomonidan ushbu axborotni muhokama qilish uchun 
joylashtiruvchi jismoniy shaxs. 
4-modda. Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati 
Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati axborot resurslari, axborot 
texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda takomillashtirishning 


zamonaviy jahon tamoyillarini hisobga olgan holda milliy axborot tizimini 
yaratishga qaratilgan. 
Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan 
iborat: 
har kimning axborotni erkin olish va tarqatishga doir konstitutsiyaviy huquqlarini 
amalga oshirish, axborot resurslaridan erkin foydalanilishini ta’minlash; 
davlat organlarining axborot tizimlari, tarmoq va hududiy axborot tizimlari
shuningdek yuridik hamda jismoniy shaxslarning axborot tizimlari asosida 
O‘zbekiston Respublikasining yagona axborot makonini yaratish; 
xalqaro axborot tarmoqlari va Internet jahon axborot tarmog‘idan erkin foydalanish 
uchun sharoit yaratish; 
davlat axborot resurslarini shakllantirish, axborot tizimlarini yaratish hamda 
rivojlantirish, ularning bir-biriga mosligini va o‘zaro aloqada ishlashini ta’minlash; 
axborot texnologiyalarining zamonaviy vositalari ishlab chiqarilishini tashkil etish; 
axborot resurslari, xizmatlari va axborot texnologiyalari bozorini shakllantirishga 
ko‘maklashish; 
dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish rivojlantirilishini rag‘batlantirish; 
tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, investitsiyalarni jalb etish 
uchun qulay sharoit yaratish; 
kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ilmiy tadqiqotlarni 
rag‘batlantirish. 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin