mehnatlari bilan tadbirkorlik faoliyati olib borishlari mumkin, ya`ni ular yollanma
mehnatdan foydalanishlari mumkin emas va shu sababli mehnat huquqining
sub`yekti bo`lolmaydilar.
Mehnat huquqining manbalari. Mehnat huquqining manbalari,bu-sohadagi huquqiy
munosabatlarga tadbiq etiladigan qonunlar va boshqa qonun hujjatlaridan iborat.
Shu sababli muayyan hayotiy vaziyatlarga mos keluvchi me`yoriy hujjatlarni tanlay
bilish, ularni to`g`ri tadbiq etish ko`p jihatdan ushbu mavzuni to`liq o`zlashtirishga,
talaba mehnat huquqiga oid me`yoriy-huquqiy hujjatlarning turlari, yuridik kuchi va
ta`sir doirasini to`liq tushunib etganligiga bog`liqdir.
Mehnat huquqining tamoyillari. Ular ikkiga bo`linadi: a) umumhuquqiy; b)
tarmoqlararo.Umumhuquqiy
tamoyillar
O`zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasida belgilangan.
Tarmoqlararo tamoyillar esa
mehnat, tadbirkorlik, ijtimoiy-ta`minot , ma`muriy va boshqa huquq sohalariga oid
huquq me`yorlarida aks ettirilgan.
Dostları ilə paylaş: