Inson huquqlari - insonning davlat bilan munosabatidagi huquqiy maqomini,
iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va madaniy sohalardagi imkoni-yatlari hamda
daʼvolarini tavsiflovchi tushuncha. Inson huquqlarini erkin va samarali tarzda
amalga oshirish fuqarolik ja-miyati va huquqiy davlatning asosiy belgilaridan
biridir. Inson huquqlarini mutlaq va nisbiy Inson huquqlariga boʻlish qabul
qilingan. Yashash huquqi, qiynoklarga, zoʻravonlikka, inson shaʼnini yerga
uradigan boshqa xil muomalaga yoki jazoga duchor etilmaslik huquqi, shaxsiy
hayotning daxlsizligi huquqi, shaxsiy va oilaviy sir saklash huquqi, oʻz shaʼni
hamda yaxshi nomini himoya etish huquqi, vijdon erkinligi va dinga eʼtiqod
qilish huquqi, shuningdek, sud tomonidan himoya qilinish va odil sudlov huquqi
hamda shular bilan bogʻliq eng muhim protsessual huquqlar mut-laq Inson
huquqlari sirasiga kiradi. Qolgan hamma Inson huquqlari nisbiy boʻlib,
favqulodda yoki harbiy holat tartibi joriy qilingan vaziyatda cheklab yoki
toʻxtatib qoʻyilishi mumkin. Demokratik davlatda mutlaq Inson huquqlarini har
qanday vaziyatda ham cheklashga yoki vaqtincha toʻxtatishga (bekor qilishga)
yoʻl qoʻyilmaydi.
Inson huquqlarini ta’minlash — bosh
maqsadimiz
Mustaqil demokratik yo‘ldan dadil
odimlayotgan O‘zbekistonning eng ulug‘
maqsadi, avvalo, xalqimiz manfaatlari
ko‘zlangan islohotlarni amalga oshirishga
qaratilgani bilan e’tiborlidir. Bujihatlar
Konstitutsiyamizda ham mustahkamlab
qo‘yilgan. Jumladan, Bosh Qomusimizning
II bob 13 moddasida “O‘zbekiston
Respublikasida demokratiya umuminsoniy
printsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra
inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-
qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy
qadriyat hisoblanadi.
Demokratik
huquq
va
erkinliklar
Konstitutsiya va Qonunlar bilan himoya qilinadi” deyilgan.
Yurtimizda inson huquq va erkinligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan
ishlarga hamohang tarzda faoliyat yuritayotgan Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi ham shu kabi ezgu ishlarni amalga
oshirishga kamarbastalik qilmoqda. Joriy yil 31 oktyabrь kuni Markaz tashkil
etilganligiga 18 yil to‘ladi. O‘tgan davr mobaynida mazkur Markaz o‘z oldidagi o‘ta
dolzarb sanalgan milliy harakat rejasini tuzish, Konstitutsiyamiz, qonunlar va inson
huquqlari sohasidagi umume’tirof etilgan xalqaro huquq me’yorlari qoidalarini
amalga oshirish strategiyasini ishlab chiqish, inson huquqlari sohasida O‘zbekiston
Respublikasining xalqaro va milliy tashkilotlar bilan hamkorligini rivojlantirish,
mamlakatimizda inson huquqlariga rioya etilishi va bu huquqlarning muhofaza
qilinishi yuzasidan milliy ma’ruzalar tayyorlash, davlat hokimiyati va boshqaruv
organlariga, shuningdek, inson huquqlari bo‘yicha jamoat birlashmalariga
maslahatlar berish, inson huquqlarini rag‘batlantirish va muhofaza qilishning turli
jihatlari yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazish kabi vazifalarni muvaffaqiyatli ado etib
kelmoqda.
Shu munosabat bilan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy
markazi direktori, yuridik fanlari doktori, professor Akmal Saidov “Turkiston-
press” NAA muxbiriga quyidagilarni so‘zlab berdi.
— Avvalo, shuni qayd etishni istardimki, yurtimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng
har bir sohada tub islohotlar jarayoni boshlandi, — deydi Akmal Saidov. —
Ayniqsa, inson huquqlarini ta’minlash borasida 1948 yil 10 dekabrda qabul qilingan
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining O‘zbekiston parlamenti tomonidan
tasdiqlanganligi istiqlolning ilk yillarida qabul qilingan muhim xalqaro huquqiy
hujjat bo‘ldi.
O‘zbekistonda qisqa tarixiy muddat ichida milliy davlatchilikni shakllantirishning
huquqiy asoslari yaratildi. Mamlakatimiz barcha rivojlangan huquqiy davlatlardagi
kabi uch hokimiyatga, ya’ni qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga
taqsimlandi. Xalq farovonligi yo‘lida kuchli huquqiy davlatdan fuqarolik jamiyati
sari ildam qadam qo‘yish maqsadida erkin bozor munosabatlariga asoslangan kuchli
iqtisodiyot barpo etildi. Shu tariqa, yurtimiz xalqaro huquqning to‘laqonli va teng
huquqli sub’ektiga aylandi. Albatta, bularning barchasiga Prezidentimiz Islom
Karimovning jonkuyarligi, tashabbuskorligi va rahnamoligi evaziga erishildi.
Inson huquqlari va erkinliklarini muhofaza qilishning ta’sirli vositasini barpo etish,
xalqaro tashkilotlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikni
kengaytirish, davlat muassasalari xodimlari va aholining inson huquqlari bo‘yicha
madaniyatini oshirish maqsadida BMTning Inson huquqlari va boshqaruv tizimini
demokratiyalashni qo‘llab-quvvatlash dasturiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 1996 yil 31 oktyabrdagi Farmoni bilan Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tuzildi. Farmonda Inson huquqlari
bo‘yicha Milliy markazning maqsad va asosiy vazifalari aniq belgilab qo‘yildi.
1996 yil 13 noyabrdagi “Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy
markazi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasining
qarori Milliy markaz faoliyatining tashkiliy-huquqiy asosi hisoblanadi. Ushbu qaror
orqali Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi
to‘g‘risidagi Nizom va Milliy markaz tuzilmasi tasdiqlangan.
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi davlatga qarashli
idoralararo tahlil, tushuntirish va muvofiqlashtirish organi hisoblanadi. Ya’ni,
mazkur organ inson huquqlari sohasida davlat boshqaruv organlari faoliyatini
muvofiqlashtiradi, inson huquqlari sohasidagi ishlar milliy rejasini ishlab chiqadi,
O‘zbekistonning inson huquqlari bo‘yicha milliy ma’ruzalarini tayyorlaydi, davlat
xizmatchilari uchun esa inson huquqlari muhofazasi sohasida axborot bazasini
yaratadi, ularni o‘qitadi, maslahatlar beradi, tashviqot ishlarini olib boradi. Shundan
kelib chiqib aytish mumkinki, Markazning asosiy maqsadi bu ustuvor vazifalarni har
tomonlama hal etish yo‘li bilan Inson huquqlari sohasidagi Milliy faoliyat dasturini,
huquq va erkinliklarni himoya etishning ko‘p jihatli tizimini ishlab chiqish va
hayotga tatbiq etishdan iborat.
Shu o‘rinda, Milliy markazning xalqaro hamkorligiga ham to‘xtalib o‘tish joiz.
Xususan,
BMTning
O‘zbekistondagi
Taraqqiyot
Dasturi,
EXHTning
O‘zbekistondagi
Loyihalar
Koordinatori,
Xalqaro
mehnat
tashkiloti,
O‘zbekistondagi Evropa Ittifoqi delegatsiyasi, YuNESKO, YuNISEF, Xorijiy
mamlakatlarning mamlakatimizdagi elchixonalari, qator xalqaro jamg‘armalarning
vakolatxonalari bilan samarali hamkorlik o‘rnatilgan. Xalqaro sheriklar bilan
hamkorlikda respublikamizda inson huquq va erkinliklarini yanada mustahkamlash,
himoya qilish va rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan turli loyihalar amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: |