Ўзбекистон республикаси фанлар академияси абу райҳон беруний номидаги шарқшунослик институти


Mavzuning o’rganilganlik darajasi



Yüklə 394,5 Kb.
səhifə2/11
tarix27.04.2023
ölçüsü394,5 Kb.
#103652
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Amir Temur davrida milliy davlatchilikning rivojlanishi

Mavzuning o’rganilganlik darajasi. Amir Temurning dunyodagi eng kuchli va katta saltanatlardan birini bar’o etganligi, harbiy sang’ati, davlatni qanday asoslarga tayanib boshqarganini anglab yetish davrlar osha tadqiqotchilar hamda siyosatchilarning arboblarning diqqat-e’tiborini tortib kelgan.
Ularning ko’lami to’g’risida umumiy tasavvur uyg’otuvchi bibliografik tadqiqotlar fikrimizga dalildir1.
E.V.Rtveladze va A.X.Saidov jahon miqyosida Temur tarixini o’rganilganlik darajasini aniqlash uchun izlanishlar olib borib “Amir Temur dunyo fani ko’zgusida” nomli bibliografik tadqiqotni cho’ etdilar2.
Undagi mag’lumotlarga ko’ra, Amir Temurga bag’ishlab yaratilgan jiddiy asarlar soni Yevro’a tillarida etti yuzdan ziyod, SHarq tillarida esa to’qqiz yuzdan ko’pdir. Ularda Amir Temur shaxsi, saltanatning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy hayotiga turli baholar berilgan.
Asrlar osha Amir Temur goh qattiqqo’l va zulmkor, goh adolatli va talabchan hukmdor sifatida talqin etib kelingan. Bu kabi baholarning ‘aydo bo’lishiga Amir Temur davridan ko’’lab ijobiy yoki salbiy munosabatda yozib qoldirilgan manbalar sabab bo’lgan. Nizomiddin SHomiy, SHarafiddin Ali Yazdiy kabi mualliflar Amir Temurning davlatni adolatli boshqargani, uning xalq va davlat manfaatlari yo’lida sa’yi harakatlar qilgani va boshqa xislatlarini yozgan bo’lsalar, Ibn Arabshoh “Temur tarixida taqdir ajoyibotlari” nomli asarida Amir Temurga ko’proq salbiy jihatdan baholar berib o’tgan.
Sovet davri temurshunosligiga salbiy ta’sir ko’rsatgan omillardan biri Fridrix SHlosserning (1776-1861) “Butun dunyo tarixi” asaridir. SHlosser Amir Temur haqida “baxtli jangchi, jahonning yangi istilochisi... shu bilan bir qatorda olisdagi SHarqning qonun chiqaruvchisi edi. Osiyodagi kamyob bo’lgan taktik hamda strategik bilimlarni o’zlashtirib, u yerdagi to’dalarni o’ziga jalb qildi”, - deya tavsif beradi.
SHuningdek, olim Sohibqiron Amir Temurning davlat boshqaruvidagi adolat, qonun ustivorligi, qonunlarga asoslangan davlat asoslarini bar’o etganligini yetarli baholamay unga salbiy munosabat bildirib o’tgan. Jumladan, “minglab odamlarni qirar edi”, - deb uni vahshiy va zolim hukmdor sifatida talqin etdi. Aksariyat hollarda sovet davrida Amir Temur faoliyati salbiy jihatdan talqin etilishiga qaramay xorijiy sharq va g’arbda bu mavzuga oid haqli, ob’ektiv tadqiqotlar olib borilgan.
Ular orasida Frantsiya Yevro’pa temurshunosligining yirik markazlaridan biriga aylanib borayotganligini alohida ta’kidlash joiz. Bu yerda “Temuriylar davri tarixi va sang’atini o’rganish va frantsuz-o’zbek madaniy aloqalari Uyushmasi1” faoliyat yuritmoqda. Bu uyushmaning va Frantsiyada cho’ etilayotgan “La Timuride” jurnalining faoliyatiga L. Keren rahbarlik qilmoqda. Ushbu jurnalda Amir Temur va temuriylar davri tarixiga oid qator ilmiy ishlar muntazam ravishda eg’lon qilib borilmoqda. Uning tadqiqoti ilmiy ommabo’ xarakterga ega.
Frantsuz temurshunoslari orasida Jan-Pol Runing Amir Temur va uning faoliyatiga oid “Tamerlan”2 deb nomlangan ulkan tadqiqoti haqida alohida to’xtalib o’tish joiz. Jan-Pol tadqiqotida Amir Temurning o’z davrida tutgan o’rni, dini, madaniy hayoti, davlat va jamiyat o’rtasidagi aloqalar kabi mavzular umumiy holatda ochib berilgan.
Tadqiqotchilar orasida Beatris Forbes Mantsning temuriylar davlat boshqaruvini o’rganishga qo’shgan hissasini alohida tag’kidlash joiz. U Amir Temurning davlat boshqaruvi haqida keng ko’lamli ilmiy tadqiqotlar olib borgan. Mants Amir Temur davlat te’asiga kelishidan avval CHig’atoy ulusida yuz bergan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va etnik o’zgarishlar, Amir Temur davlatining mag’muriy boshqaruviga to’xtalib o’tgan. U Amir Temur davlat boshqaruv idoralari haqida qisman fikr – mulohazalar bildirib o’tgan.
G’arbda salmoqli izlanishlar olib borgan olimlardan biri Xilda Xukxemdir. U Amir Temurning shaxsi va faoliyatini ancha xolisona tadqiq etib1 bu mavzuni to’laqonli ochib berishga o’z hissasini qo’shdi.
Yurtimizda ham Amir Temur hayoti va davlatchilik faoliyatini xolis o’rganish va yoritishga mustaqillik katta omil bo’lib xizmat qildi. O’tgan yillar davomida yurtimizda Amir Temur va uning davri haqida qator ilmiy ishlar yoqlandi.
Mustaqilligimizning dastlabki yillarida Halim Boboev Amir Temur va temuriylar davridagi siyosiy - huquqiy tag’limotlar tarixini tadqiq etdi2. U o’z tadqiqotida davlatni idora qilish tadbirlari, kengashlari, vazirlar va amirlarni joy-joyiga qo’yish, mamlakatni idora qilish, sigoh, Amir Temurning qarashlari, davlat funktsiyalari va boshqalarga to’xtalib o’tgan.
Tarixchi olimlar orasida Azamat Ziyo “O’zbek davlatchiligi tarixi” kitobining “O’zbek davlatchiligi Amir Temur va temuriylar davrida” deb nomlangan to’rtinchi bobida Amir Temur saltanatidagi davlat boshqaruvi tizimiga to’xtalib o’tgan3.
Tadqiqotlar orasida X. Mamatovning “Temur tuzuklarida davlat va huquq masalasi” mavzuidagi tadqiqot ishini ham ko’rsatib o’tish joiz. U “Temur tuzuklari” orqali Amir Temur davlatining tashkil to’ishi va taraqqiyoti, tasavvuf ta’limotining Amir Temur siyosiy qarashlarining shakllanishiga ko’rsatgan tag’siri, uning yaratilishi va o’rganilishi, davlat boshlig’i to’g’risidagi qarashlar, davlat boshqaruvi va davlat xizmati, huquq, qonunchilik, hamda huquqiy tartibot haqidagi masalalarga ancha keng to’xtalgan va mavzuning yuridik mohiyatini ochib bergan1.
Huquqshunoslik sohasida himoya qilingan ishlardan biri tadqiqotchi S. Xidirov muallifligida bajarilgan. “Amir Temur davlatining tashkil to’ishi va davlat tuzumi” mavzuida bu tadqiqotda Amir Temur davlatining tashkil to’ishi va rivojlanishi, uning davlat tuzumi, Amir Temur davrdagi g’oya va mafkura, ularning davlat boshqaruviga ta’siri, davlat boshqaruv shakli, diglomatiya huquqi kabi boshqa mavzularda izlanishlar olib borgan.
Bulardan tashqari O’zFA SHarqshunoslik institutining B. Ahmedov, A. O’rinboev, D. Yusupova, A. Ahmedov, U.Uvatov, O.Bo’riev, B. Mannonov kabi ko’plab olimlari institut fondida, chet el kutubxona va arxivlarida saqlanayotgan Amir Temur davriga oid birlamchi manbalarni o’zbek va rus tillariga o’girish bilan birgalikda keng ko’lamli ilmiy tadqiqotlar olib bordilar va noyob ma’lumotlarni ilmiy muomalaga kiritdilar.
Mustaqillik yillarida olimlar tomonidan Amir Temur va uning faoliyatiga bag’ishlab qator salmoqli ilmiy tadqiqotlar yaratildi va katta ishlar olib borilmoqda. Bu ishlar orasida “Amir Temur jahon tarixida” deb nomlangan yirik fundamental tadqiqotni ham alohida ta’kidlab o’tish joiz. Bu tadqiqotda Amir Temur davri ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotiga oid qimmatli tahlillar berilgan. Jumladan, “Davlat boshqaruvi” deb nomlangan bo’limda davlatchilik tarixiga oid ba’zi ma’lumotlar mavjud. Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 25 avgustdagi farmoyishi bilan bu ulkan tadqiqot to’ldirildi va 2001 yilda qayta nashr etildi2.
Yuqorida ta’kidlab o’tilgan ilmiy ishlardan bitruv malakaviy ishda foydalanilishiga qaramasdan mavzu va rejalari tubdan farq qiladi hamda “Amir Temur davlatida milliy davlatchilikning rivojlanishi” mavzusi yuqorida keltirilgan tadqiqotlarning o’rganilmay qolgan jihatlarini inobatga olgan holda tanlangan.

Yüklə 394,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin