Mavzu:”Amir Temur davrida milliy davlatchilikning rivojlanishi”.
Kirish.
I-bob.Amir Temur davrida davlat boshqaruv asoslari.
I.1.Amir Temur davrida boshqaruvning o’ziga xos xususiyatlari.
I.2. Amir Temur davlatining ijtimoiy va ma’muriy tizimi.
I.3. Amir Temur davlatining sud-huquq, mudofaa va harbiy tizimi.
II-bob. Amir Temur davlatining tashqi siyosati va diplomatiyasi.
II.1.Amir Temur davlati tashqi siyosatining asosiy yo’nalishlari.
II.2.Amir Temur davlati diplomatik yozishmalarining davlatchilikdagi o’rni.
Xulosa.
Mundarija:
Kirish……………………………………………………......……..3-bet
I-bob. Amir Temur davrida davlat boshqaruv asoslari.
I.1.Amir Temur davrida boshqaruvning o’ziga xos xususiyatlari.....................................................................................14-bet
I.2. Amir Temur davlatining ijtimoiy va ma’muriy tizimi................................................................................................23-bet
I.3. Amir Temur davlatining sud-huquq, mudofaa va harbiy tizimi……………………………………………………………….43-bet
II-bob. Amir Temur davlatining tashqi siyosati va diplomatiyasi.
II.1.Amir Temur davlat tashqi siyosatining asosiy yo’nalishlari....................................................................................49-bet
II.2.Amir Temur davlati diplomatik yozishmalarining davlatchilikdagi o’rni…………………………………………................................53-bet
Xulosa.............................................................................................61-bet
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.............................................66-bet
KIRISH.
Mavzuning dolzarbligi. O’zbek xalqi mustaqillikka erishishi bilan uning milliy o’zligini anglashga katta imkoniyatlar yaratildi. Milliy davlatchilik asoslarimiz yaratilayotgan bugungi kunda tariximizning barcha sohalari qatorida ajdodlarimizdan qolgan siyosiy merosimizni chuqur va xolisona tadqiq etish dolzarb masalalardan biriga aylandi.
Zero, o’zbek xalqining milliy davlatchilik tarixi ming yillar avval shakllangan bo’lib, bugungi kunda qurilayotgan davlat asoslarimiz tarixning bizga bergan tasodifiy imkoniyati emas. Tarixning ildizlar bor joyda taraqqiyot bo’lishi haqidagi o’zgarmas qonuniyatlari mavjud. Bu qoidalar bugungi kunda o’zbek davlatchiligi misolida o’z ifodasini to’moqda. Hozirgi davrda xalqimizning siyosiy merosini qayta tiklash va uni sayqallashtirgan, modernizatsiya etgan holda davom ettirish davr ehtiyojiga aylandi.
Mustaqillik yillarida olimlar tomonidan olib borilayotgan keng ko’lamli tadqiqotlar ajdodlarimiz tomonidan boy tarix, o’ziga xos milliy davlatchilik ta’limotlari, yirik ma’naviy boyliklar yaratilganligini ko’rsatmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 1998 yilda bir guruh tarixchi olimlar bilan bo’lgan uchrashuvda Vatan tarixi fani oldida turgan dolzarb muammolar, jumladan, milliy davlatchiligimiz tarixini har taraflama va chuqur o’rganish, undagi ma’naviy asoslarga tayanish lozimligi haqida alohida ta’kidlab o’tdi.
Milliy davlatchiligimiz tarixining ma’naviy asoslaridan bugungi kunda foydalanish maqsadi asosiy qomusimiz bo’lgan Konstitutsiyamizda ham alohida ta’kidlab o’tilgan1.
SHuningdek, Vazirlar Mahkamasining O’zbekiston Res’ublikasi Fanlar akademiyasi Tarix institutining faoliyatini takomillashtirish to’g’risidagi maxsus qarori e’lon qilindi1. Davlatimiz tomonidan tarix faniga berilayotgan bunday e’tibor milliy o’zligimizni anglashda muhim omil bo’lib xizmat qilmoqda.
O’zbekiston hududida yuzaga kelgan qadimgi Baqtriya (mil.av. VII asr), Xorazm (mil. av. VII asr), Kushon (mil.av. I asr), Turk xoqonligi (VI asr), Amir Temur saltanati (XIV asr oxiri - XV asr boshlari) kabi davlatlar tariximizda alohida o’rin tutadi. Ularda o’ziga xos davlat boshqaruv asoslari yaratilgan bo’lib, o’z davrida davlat, halq va jamiyatning tinchligi, taraqqiyoti hamda farovonligini taьminlashga xizmat qilgan.
Ular orasida orasida Amir Temur saltanati yuksak davlatchilik ta’limoti yaratilgan bosqich sifatida o’ziga xos ahamiyat kasb etadi.
Sohibqiron Amir Temur saltanatda joriy etilgan boshqaruv asoslari o’z davrida nafaqat mamlakatda istiqomat qilayotgan kishilarning manfaatlari hamda farovonligi uchun xizmat qilgan, balki g’arb va sharq davlatlari o’rtasidagi munosabatlar, halqaro hayotning iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy barqarorligi, rivojiga ham samarali ta’sir ko’rsatgan.
Bu ulkan o’zgarishlarning yuzaga kelishida Amir Temurning roli katta bo’lsa-da, uning shaxsi, davlatchilik faoliyati, milliy va umuman tsivilizatsiya tarixidagi o’rni sovet davrida salbiy jihatdan talqin etildi.
Sobiq ittifoq yuritgan bunday siyosatning zaminida o’zbek xalqidan milliy tuyg’u, o’zlikni anglash g’oyalarini tag-tomiri bilan yo’qotish maqsadlari yashiringan bo’lib, yurtimizda mustaqillikning qo’lga kiritilishi bu niyat va harakatlarning bartaraf etilishida katta kuch bo’lib xizmat qildi. Istiqlol tufayli Sohibqironning tariximizdagi, umuman insoniyat tarixidagi katta xizmatlari munosib baholana boshlandi.
Vatanimizda Amir Temurning faoliyatini xolis o’rganishda prezident Islom Abdug’anievich Karimov olib borayotgan siyosat alohida ahamiyatga ega. Hukumatimiz “Amir Temur tavalludining 660 yilligini nishonlash to’g’risida” (1994 yil, 29 dekabr), “1996 yilni Amir Temur yili deb e’lon qilishi to’g’risida”1 (1995 yil, 26 dekabr), “Temuriylar tarixi” davlat muzeyini tashkil etish va “Amir Temur” ordenini ta’sis etish to’g’risida (1996 yil) qator farmon va qarorlar chiqardiki, bu tadbirlar temurshunoslikning keyingi taraqqiyoti uchun katta zamin yaratdi.
Amir Temurning dunyo tsivilizatsiyasi rivojiga qo’shgan hissasi, tarixdagi buyuk xizmatlari Birlashgan Millatlar tashkilotining tag’lim, fan va madaniyat masalalari bilan shug’ullanuvchi YuNYeSKO tomonidan ham e’tirof etilib uning 660 yillik yubileyini nishonlash to’g’risida tashkilotining qaror qabul qilinishiga erishildi. 1996 yil Amir Temur yili deb e’lon qilindi va bu tarixiy voqea dunyo miqyosida keng nishonlandi.
Prezident Islom Karimov Sohibqironning tariximizda tutgan o’rni, o’z davrida yurtimizda ozodlik va mustaqillikni qo’lga kiritish bilan birga markazlashgan davlat tuzgani, saltanat boshqaruvini adolat va qonunlarga asoslanib tashkillashtirgani, ilm-fan ravnaqiga katta ta’sir ko’rsatgani hamda boshqa xizmatlari haqida ko’p marotaba alohida ta’kidlab o’tdi.
Jumladan, Islom karimov: “SHavkatli ajdodimizning o’lmas xizmatlari shundaki, u murakkab tarixiy sharoitda xalqning boshini qovushtira bildi. Istilochilarga qaqshatqich zarba berib, Turkiston zaminida ilk bor istiqlol bayrog’ini baland ko’tardi, parokanda mamlakatlar, ellar, elatlarni birlashtirib, markazlashgan qudratli saltanat tuzdi”2, - deya ta’kidlagan edi.
Amir Temur o’z faoliyati davomida yurtimiz va dunyo xalqlari manfaatlari uchun quyidagi vazifalarni ado etdi:
birinchidan, yurtimizda ildiz otgan mo’g’ullar zulmiga uzil-kesil barham berdi;
ikkinchidan, mayda davlatlarga bo’linib ketgan, tarqoqlik, ichki urushlar va adolatsizliklar hukm surgan Movarounnahrni yagona davlatga birlashtirib, uning boshqaruv asoslarini shakllantirdi va mustahkamladi;
uchinchidan, qonun ustuvor bo’lgan jamiyat asoslarini barpo etdi;
to’rtinchidan, saltanatning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va mag’naviy asoslarini mustahkamladi;
beshinchidan, nisbatan qisqa vaqt ichida Movarounnahrni dunyoning eng
rivojlangan davlatlaridan biriga aylantirdi;
oltinchidan, Osiyo va Yevropa mintaqalaridagi xalqlarning tinchligi, farovonligi uchun katta xizmatlar qildi va halqaro maydonda adolatni tag’minlash uchun kurashdi;
yettinchidan, turli din, millat, elat vakillari o’rtasida o’zaro aloqalarning o’rnatilishi oqibatida birinchi marta yagona makon va integratsiya g’oyalari shakllana boshladi;
Amir Temur saltanatida davlat, jamiyat va shaxs manfaatlari uyg’unlashtirildi, siyosiy, iqtisodiy va mag’naviy barqarorlik o’rnatildi. Boshqarishning muhim sohalari faoliyati ana shu maqsadlar yo’lida tashkillashtirildi, davlat tomonidan chiqarilgan qonunlar o’z vaqtida ijrosini topdi. Bu tadbirlar Amir Temur davlatining keyingi taraqqiyotiga samarali ta’sir ko’rsatdi, ilm-fan, mag’naviyat, me’morchilik va san’at beqiyos darajada rivoj topdi, bu esa haqli ravishda fanda ikkinchi Uyg’onish deb ataldi.
Ingliz olimasi Xilda Xukxem Amir Temurning o’z yurtining davlatchilik va madaniyat an’analarini davomchisi bo’lganligi, X-XI asrlarda tabobat, matematika, astronomiya, geografiya, falsafa, tarix, arab va fors tili, adabiyot bo’yicha benazir asarlar yaratgan buyuk allomalar yurtidan yetishib chiqqanligi, mazkur allomalarning bu asarlari bir necha yuz yillar davomida Yevropa Uyg’onishiga katta kuch bag’ishlagani, unga poydevor bo’lib xizmat qilganligini1 haqqoniy ravishda aytib o’tgan.
Umuman olganda, Amir Temur davlati o’zbek davlatchiligi tarixining eng rivojlangan bosqichini tashkil etadi. Saltanatda barcha sohalarda tub burilishlar, islohotlar jarayoni kechgan. Bu qadriyatlar allaqachon umuminsoniy qadriyat darajasiga yetib ulgurgan.
Prezident Islom Karimov “Amir Temur bizning sha’n - shavkatimiz, g’urur-iftihorimizdir. Amir Temur-xalqimiz dahosini timsoli, ma’naviy qudratimiz ramzidir”1, deya alohida ta’kidlashiga tarixda katta dalil va asoslar mavjud.
Yurtboshimizning haqli ravishda ta’kidlaganidek, “Amir Temur-shaxsini idrok etish - tarixni idrok etish demakdir. Amir Temurni anglash-o’zligimizni anglash demakdir. Amir Temurni ulug’lash-tarix qa’riga chuqur ildiz otgan tomirlarimizga, madaniyatimizga, qudratimizga asoslanib buyuk kelajagiga ishonchimizni mustahkamlash demakdir”.
Amir Temur davlatchiligi markazida halq va davlat manfaati, inson omili turgani bois, bu davrda shakllangan siyosiy udum va an’analarning ijobiy jihatlardan bugungi kunda keng foydalanish farovon turmushimizni ta’minlashda yordamchi kuch bo’lib xizmat qilishi mumkin.
Amir Temur davrida shakllangan davlat boshqaruv asoslarining tub negizini tahlil etish, uning taraqqiyotiga zamin yaratgan omillarni tushunib yetish bugungi kunda ulardan ijodiy foydalanishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada saltanatda shakllangan davlat boshqaruv asoslari, jumladan, Amir Temurning saltanat taraqqiyotida tutgan siyosiy mavqei, bu davlatchilikning o’ziga xos xususiyatlari, ijtimoiy tizimni to’laqonli ochib berish muhim amasaladir.
SHuningdek, Amir Temur davlatining markaziy va mahalliy davlat boshqaruv tizimi, qurultoy, mansab (lavozim) va unvonlarning davlatchilik asoslarini mustahkamlashga ko’rsatgan ta’sirini tahlil etish alohida dolzarblik kasb etadi.
Amir Temur davlatining sud-huquq, mudofaa va harbiy tizimini yaxlit holda tadqiq etish, ularning davlatchilik taraqqiyotidagi o’rnini ochib berish ham muhim masaladir.
Amir Temur tashqi siyosatining asosiy yo’nalishlari, o’ziga xos xususiyatlari, yozishma maktublar va ularning davlat taraqqiyotidagi o’rnini ochib berish barcha bo’limlar, boblar yuzasidan muhim xulosa va tavsiyalar berish hamda ulardan foydalanish ko’lamini kengaytirish bugungi kunda tarix fanining dolzarb masalalaridan biridir.
Dostları ilə paylaş: |