Ўзбекистон республикаси фанлар академияси абу райҳон беруний номидаги шарқшунослик институти


II-bob. Amir Temur davlatining tashqi siyosati va diplomatiyasi



Yüklə 394,5 Kb.
səhifə7/11
tarix27.04.2023
ölçüsü394,5 Kb.
#103652
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Amir Temur davrida milliy davlatchilikning rivojlanishi

II-bob. Amir Temur davlatining tashqi siyosati va diplomatiyasi.
II.1.Temur davlati tashqi siyosatining asosiy yo’nalishlari.
Bir tomondan hali CHingiziy mo’g’ullarning xavfi kuchli ekanligi, chegaralar xavfsizligini ta’minlash, CHig’atoy ulusiga egalik qilish, ikkinchi tomondan, Buyuk Ipak yo’li ustidan nazoratni qo’lga olish muammosi Amir Temurdan to’g’ri tashqi siyosat yo’nalishlarini belgilashni talab etdi.
Sohibqiron Amir Temurning mo’g’ul zulmiga zarba berishi unga yangicha muammolarni tug’dirdi. Vaziyat Amir Temurdan Xorazm, Oltin O’rda, Mo’g’uliston, Eron, Xuroson kabi o’z davrining kuchli davlatlari bilan yangicha bir-biridan farqlanuvchi tashqi siyosat yo’nalishlarini belgilashni taqozo qildi.
Amir Temur avvalo CHig’atoy ulusining tarkibiy qismi bo’lgan Xorazmni o’z davlati xududiga qo’shib olish, shu orqali shimoliy chegaralarni mustahkamlash, mazkur hududda kuchli mudofaa makonini yaratish, Oltin O’rdaning Eron va Ozarbayjonda hukmronlik qilishiga yo’l qo’ymaslik, uni ikkinchi darajali mamlakatga aylantirish, Dashti Qipchoqning shimoliy qismiga o’z ta’sirini o’tkazish kabi maqsad va vazifalarni qo’ygan edi.
Amir Temur o’z davlati chegaralarini mumkin qadar kengaytirishga kirishadi. Avvalo u Audaryo va Sirdaryo oralig’idagi yerlarni, shuningdek Farg’ona va SHosh viloyatlarini, so’ngra Xorazmni o’z tasarrufiga oladi.
SHunday qilib, Amir Temur Movarounnahr va Xorazmda feodal tarqoqlik va o’zaro nizolarga chek qo’yib, Sirdaryo bo’ylaridan Orol dengizigacha bo’lgan yerlarda yashovchi xalqlarni yagona davlat tasarrufiga birlashtirdi.
Sohibqiron davlati uchun Oltin O’rdaning birlashishi va kuchayishi nihoyatda xavfli edi. Buni yaxshi tushungan Amir Temur Oltin o’rdani tor-mor qilib, nafaqat Movarounnahr, balki Rossiya, SHarqiy Yevropa, jahon tinchligini yuzaga keltirdi. Ayniqsa, bu hol Rossiyaning mo’g’ullar zulmidan ozod etilishini, madaniy tomondan taraqqiyotini kamida 300 yilga tezlashtirdi. SHuningdek, SHarqiy Yevropa xalqlarining ham mo’g’ullar hukmronligi ostiga tushib qolishi va tsivilizatsiyasi pasayib ketishining xavfini bartaraf qildi. Bundan tashqari, Oltin O’rda, Turkiya va Misr o’rtasidagi harbiy-siyosiy ittifoqning shakllanishiga yo’l qo’ymadi. Buning bilan katta jahon xalqlari urushining hamda jahon tsivilizatsiyasi tanazzulga uchrashining oldi olingan edi, deyish mumkin.
Haqiqatdan ham, Sohibqiron Amir Temur davlatining tashqi siyosat yo’nalishida Oltin O’rda, Usmoniylar davlati hamda Misr davlati katta o’rin tutgan. Amir Temurning rejalariga dunyoda yetakchi mavqega ega bo’lgan davlatlarning rahbarlari - Misr sultoni Barquq, Usmoniylar sultoni Boyazid Yildirim halaqit berayotgan, buning ustiga ular Oltin O’rda bilan birga Amir Temurni yanchib tashlashga intilgan. Manfaatlar, xududlar ustidagi tortishuvlar ham yirik davlatlar orasidagi ziddiyatlarning keskinlashishiga katta ta’sir ko’rsatgan.
Halqaro maydonda vaziyatlar keskinlashayotgan bir paytda Amir Temur to’g’ri diplomatik tadbir va usullar orqali o’z oldida turgan murakkab to’siqlarni yengib o’tdi. Masalan, qariyb yigirma yillik ziddiyatlarga qaramay Misr bilan Amir Temur davlati o’rtasida yirik janglar sodir bo’lmagan.
Haqiqatdan ham, Amir Temur davlati va uning hukmdori zamondoshlarining e’tiborinigina o’ziga jalb etib qolmay, balki jahon siyosiy doiralarida yuz bergan voqealarga ham ta’sir ko’rsatgan. Ma’lumki, bu davrda, Yüklə 394,5 Kb.
Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin