Amir Temur davrida milliy davlatchilikning rivojlanishi
I.2. Amir Temur davlatining ijtimoiy va ma’muriy tizimi. Amir Temur saltanat boshqaruvida ijtimoiy sohaga katta e’tibor qaratilgan. Mamlakatda ijtimoiy guruhlarning o’n ikki toifaga ajratilishi va ularning manfaatlariga mos davlat boshqaruvini olib borilishi davlatchilikning o’ziga xos xususiyatlaridandir. Davlat hokimiyatini amalga oshirishda ijtimoiy tizimlar, ularning talab va ehtiyojlari inobatga olingan.
Amir Temur davri ijtimoiy tizimida urug’-qabilachilik an’analari ham jamiyat va davlat boshqaruvida katta ahamiyat kasb etgan.
Davlat tomonidan bu sohani rivojlantirishga e’tibor qaratilishi saltanatda ijtimoiy qatlamlarning ko’’ayishi, ular o’rtasida toifalashuv jarayonlarining tezlashishiga ko’mak bergan. Masalan qishloqda, savdogarlar orasida turli bir soha vakillarining yangi toifalari yuzaga kelishiga zamin yaratilgan.
Savdogarlar orasida xalqaro savdo ishlari bilan shug’ullanuvchi eng nufuzli - tujjorlar, shuningdek mamlakat savdosida muhim o’rin tutgan ahl-i bozor- sotuvchi savdogarlar, olib sotarlar va boshqa guruhlar ham mavjud bo’lgan.
Yirik va mayda xususiy yer egalari, ijarachilar, erkin dehqonlar, qullar qishloq xalqining o’ziga xos tabaqalarini tashkil etar edi. Amir Temur saltanatida ishlab chiqarish va savdoning taraqqiy etishi qishloq boylarining shahar hayoti ya’ni tadbirkorlik faoliyati bilan bog’lanib ketishiga olib kelgan.
Bu davrda yer egaligi to’rt xilda: 1-davlat mulki (mamlaka); 2-xususiy yerlar; 3-vaqf yerlari; 4- jamoa yerlariga bo’lingan bo’lib oddiy xalqning ba’zilari u yoki bu qismida ishlar edilar.
Bu davrda hunarmandchilik rivojlangan, bu esa ishlab chiqarish va tashqi savdoning kelgusi taraqqiyotiga katta ijobiy ta’sir ko’rsatgan.
Saltanatda ijtimoiy himoya yaxshi yo’lga qo’yilgan bo’lib, kam ta’minlangan, nogiron, yetim – yesirlar davlat himoyasida bo’lgan. Kambag’al kishilarning tadbirkorlik, dehqonchilik bilan shug’ullanishlari, uy – joy qurilishlari uchun davlat xazinasidan moliyaviy va moddiy yordamlar ko’rsatilgan.
Umuman olganda, Amir Temur davlatida shakllangan bu tizimni boshqaruvning muhim ijtimoiy kontse’tsiyasi deb baholash mumkin.
Amir Temur saltanatining markaziy va mahalliy boshqaruv tizimini taxlil etadigan bo’lsak, bu masala hali alohida mavzu sifatida tahlil etilmagan bo’lsa-da, olimlar o’z asarlarida muammoga qisqacha to’xtalib o’tganlar1.
Azamat Ziyo Amir Temur davrida boshqaruv ikki idora - dargoh va devonlarga (vazirliklarga) bo’linganligi, ularning vazifalari, «soxta xon»lar Suyurg’atmish va Mahmudxon haqida fikr – mulohazalar bildirib o’tadi.
Amir Temur rasman saltanatni o’zi va avvalo Suyurg’atmish, keyinchalik Mahmudxon kabi xonlar bilan boshqargan, ularning nomi bilan birgalikda tangalar zarb qilgan bo’lsa ham amalda barcha hokimiyat uning qo’lida to’’langan edi. U cheklanmagan hokimiyatga ega bo’lib, amr-farmonlari so’zsiz ijro etilgan.
O’zi barpo etgan markazlashgan mamlakatda hokimiyatni amalga oshirish masalasida hamda bu hokimiyatni amalga oshiradigan shaxslar xususida ham Amir Temur o’z tuzuklarida alohida ko’rsatmalar beradi. Sohibqiron hokimiyatni amalga oshiradigan shaxslarni alohida e’tibor va sinchkovlik bilan tanlash kerak, deb hisoblar edi. SHuning uchun ham o’z tuzuklarida “Vazir tutish tuzugi” degan alohida bir bo’lim ajratishni zarur deb topgan.
Amir Temur vazirda to’rtta zarur fazilat bo’lishligini talab qilgan: asllik, toza nasllik; o’tkir va sezgir aql; askar va fuqaro ahvolidan xabardorlik; sabr-chidamlilik va tinchliksevarlik. “Qaysi vazir soflik, to’g’rilik bilan vazirlik ishiga kirishib, davlatning moliya, mulkiya ishlarini diyonat, savob bilan, nafsi buzuqlik qilmay, omonatga xiyonat qilmay bajarar ekan, u eng oliy martabaga munosibdir”. Bunday vazir Amir Temurning fikricha, “davlatning sherigi” deb atalishi kerak, unga ko’rsatilayotgan hurmat uning xizmatlariga mos keladi, uning so’zlariga qo’rqmay ishonsa bo’ladi, chunki uning hamma gaplarida donolik bor.
Sarkardalikka tayinlashga ham Amir Temur alohida e’tibor qaratgan. U amirlarning zoti baland bilan bo’lishligi bilan bir qatorda ko’ngli toza, aql-farosatli, bahodir va dovyurak, ehtiyotkor va tadbirkor, sergak va mulohazali bo’lishligini talab qilgan.
Amir Temur yigirma yetti davlatni o’z ichiga olgan saltanatni yetti vazirlar yordamida boshqargan1. Ulardan to’rt vazir oliy dargoh ishlarini yuritsa, uchta vazir viloyatlar ishlari bilan mashg’ul bo’lgan. Vazirlar Devonbegiga bo’ysunganlar va bu oliy tashkilot Oliy devon deyilgan. Unga Devonbegi boshchilik qilgan.
Beatris Mants Amir Temur bosh mahkamasi Devoni a’lo va Devoni buzurgdan tashkil to’ganligi, bu ikki Devon ‘arallel ravishda Amir Temur markaziy boshqaruvida mavjud bo’lganligi, Devoni a’lo fuqarolik ishlari bo’yicha forsiy an’analar bilan boshqarilgani haqida fikr-mulohazalar bildirilgan. U Devoni buzurg oliy tabaqa zodagonlar hisoblanmish chig’atoy amirlari va shoh xonadoni a’zolari masalalari bilan shug’ullanadigan oliy tribunal sud ekanligini aytib o’tgan.
U saltanatini to’rt ulusga bo’lib, ularga o’z o’g’il va nabiralarini hukmdor etib tayinlagan.
Amir Temur davlatni mahalliy ma’muriy hududlarni tashkillashtirishda mamlakatni mo’g’ullar kabi ulus, viloyat va tumanlarga bo’lgan. SHuningdek, viloyat va tumanlarga ham asosan temuriy shahzodalar va harbiy lashkarboshilar rahbarlik qilgan.
Amir Temur viloyat, tumanlarga ko’pincha mamlakat hayotida katta o’rin tutgan olimlar, janglarda sinalgan, baxodirlik ko’rsatgan harbiylarni tayinlagan. Harbiy zodagonlarning davlat boshqaruvida ishtirok etishi o’rta asrlarda harbiy feodalizm bosqichi rivojlanganligini ko’rsatadi. Bunda harbiy va fuqarolik hokimiyati uyg’unligi yaratilgan edi.
Amir Temur janglarda, davlat ishlarida toblangan, sadoqatli, tadbirkor, olim kishilarni o’z o’g’illariga maslahatchi qilib tayinlagan va ular orqali ma’muriy hududlarda boshqaruvning xolislikini ta’minlashga intilgan.
Saltanat boshqaruvida tashkil etilgan davlat nohiya-okruglarga, o’nmingliklar-tumanlarga, mingliklar- hazora, yuzliklar-sada va o’nliklar -dahalarga bo’lingan. Bundan ko’rinib turibdiki, mahalliy boshqaruvning o’nliklar tizimi mavjud bo’lib, uning asosiga belgilangan tartibda Amir Temur qo’shini uchun askar yetkazib berish vazifasi qo’yilgan1.
Amir Temur davrida mahalliy boshqarish ishlari yaxshi tashkillashtirilgan bo’lib, har bir viloyat shahar, tumanlarning o’z hokimi, moliya devoni, qozisi, muftisi, mutavallisi va muxtasibi bo’lgan. Har bir shahar va qishloqqa kutvol, ya’ni komendant tayin etilgan.
Saltanat boshqaruvida mahalliy erkin jamoalar va mahalla oqsoqolliklari katta rol o’ynaganligini alohida tag’kidlab o’tish lozim. U boshqaruvda milliy urf-odatlarini inobatga olib, soliqlar yig’ish, mahalla tinchlik-farovonligini saqlash, moddiy tag’minot va boshqa masalalarda jamoa hamda uni boshqargan mahalla oqsoqollarining fikrlarini inobatga olgan.
Temuriylar davlatida davlatni idora etish tashkilotlarining ixcham, oddiy, arzon va tezkorligi, ya’ni davlat boshqaruvining iqtisodiy jihatdan tejamkorligi tamoyiliga amal qilingan1.
Yuqoridagilardan xulosa qilish mumkinki, Amir Temur saltanatida markaziy va mahalliy hokimiyat organlarining barcha bo’g’inlari yagona boshqaruvga birlashgan. Tantanali izdaham tartibiyu qoidalaridan tortib, a’yonlarning to’yona liboslarigacha katta e’tibor berilgan edi. Saltanat boshqaruvida siyosat, ahloq, etik va estetik imkoniyatlar uyg’unlashtirilgan.
Qurultoylar azaldan yurtimizda jamiyat va davlat o’rtasidagi munosabatlarni yaxshilash vositalaridan biri bo’lib, bu siyosiy institut davr talabi va ehtiyojiga aylangan edi. Unda mamlakat hayotiga doir eng muhim masalalar, jumladan, boshqa davlatlarga urush qilish, sulh tuzish, davlat boshqaruviga oid boshqa muhim ishlar hal etilgan.
Qurultoy va uning jamiyat hamda davlat taraqqiyotidagi o’rnini o’rgangan venger olimi H.Vamberi unga “Millat majlisi” deb baho bergan2.
Z.Muqimov “Amir Temur davlatni boshqarishda albatta Qur’on, hadislar, to’ra va tuzukka tayangan. SHu bilan birga kengash va mashvaratga hamda uning qarorlariga tayangan. SHu nuqtai nazardan qurultoylar Temur saltanatiga demokratik tus beruvchi zodagonlar kengashidan iborat edi”, – degan fikrni bildirgan.
H.Boboev sharq despotik davlatlaridan Amir Temur davlati qurultoyi bilan farqlanishini, sharqona mutloqiy monarxiyaning demokratiya bilan qo’shilgani haqida fikr mulohazalar bildirib o’tgan1.
Sohibqiron Amir Temur bu sohadagi tarixiy tajribani faollashtirish orqali turkiy davlatchilik asoslarini takomillashtirdi. Uning faoliyatidan “saltanatda boshqaruv nafaqat monarx irodasi, balki xalq, jamoatchilik fikriga tayanilgan holda ham olib borilgan va bu omil davlatchilikka muhim ijobiy tag’sir ko’rsatgan”, - degan xulosaga kelish mumkin.
Qurultoylarda ba’zan mahalliy xalq vakillariga o’zlari hohlagan kishini saylash huquqi ham berilgan edi. Demak, barcha talablarga javob beradigan kishilar yuqori mansabga qo’yilgan, noloyiqlar esa ishdan tushirilgan.
Hatto bu oliy yig’inlarda xalq so’roviga ko’ra ba’zan soliqlar kamaytirilgan. Qurultoyda davlat amaldorlari, lashkarboshilar, olimu ulamolar, ulug’ va keksa - tajribali kishilar qatnashgan va ular amaldorlarga maslahatchi etib tayinlangan. Bu an’analar davlat boshqaruvida adolat o’rnatish, qonunlar ijrosini ta’minlash, uning markaziy hokimiyat bilan aloqadorligini ta’minlashga xizmat qilgan. O’sha davrda bu siyosiy institut zodagonlar kengashidan iborat vakillik organi bo’lgan bo’lsa ham mahalliy hukmdorlar orqali xudud va xalq manfaatlarini himoya etishga intilishlar mavjud bo’lganligi anglashiladi.
Markaziy hokimiyatga doir mansab va unvonlarni tahlil etadigan bo’lsak, Amir Temur o’z davri an’analaridan farqli ravishda o’zini xon emas amir deb atagan. U cheklanmagan vakolatga ega bo’lib, o’zi lozim to’gan ‘aytda davlat mansabdorlari tomonidan qabul qilingan qarorlarni o’zgartirishi va yangi qarorlar qabul qilishi mumkin bo’lgan.
Amir Temurdan keyingi yirik mansab hukumat devonlarining boshlig’i devonbegi hisoblangan. U ba’zan vaziri a’zam1 deb atalgan. Vaziri a’zam vazirlar mahkamasining boshlig’i bo’lib, davlat ishlarida muhim rol o’ynagan.