Ўзбекистон республикаси халқ таьлими вазирлиги



Yüklə 67,95 Kb.
səhifə3/14
tarix19.06.2022
ölçüsü67,95 Kb.
#61815
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
malaka ishi

Тақризчининг хулосаси:
Тингловчи_________________ Ashurova Amina________нинг малака иши__18__балл билан баҳоланганини ҳисобга олиб, малака иши якуний аттестация комиссиясида ҳимояга тавсия қилинади (тавсия қилинмайди).
Раҳбар (тақризчи): ______L. Bozorova_________________ ________________________
(Ф.И.Ш) (имзо)
“_____” _________2020й
Annotatsiya

Ushbu bitiruv malaka ishi “Alpomish” dostonini o`rganishda interfaol metodlardan foydalanish mavzusida bo`lib, 5 ta asosiy rejadan iborat. Ishni yoritishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan samarali qo`llandi. Jumladan: “O`z o`zingni bahola”, “Charxpalak” texnologiyasi, “Toifalash jadvali”, “Venn diagrammasi”, “BBB”, “Aqliy hujum” metodlari asosida mavzuning asosiy g`oyasi yanada ochib berildi. Ish yakunlanib, mavzu yuzasidan tavsiyalar berilib, xulosalandi. Ish tugatildi, 25 sahifada ifodalandi. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati ilova qilindi. Bitiruv malaka ishi BMI talablari asosida 14 shrift, Times New Roman yozuvida, 1,5 interval asosida, o`ng tomondan 2 sm, pastki va tepa qizmidan 1,5, chap tomondan 3 sm oraliq masofada yozib bitkazildi.


Mavzu:interfaol metodlar


Reja:
I. Kirish . Adabiyotda badiiy tahlil


II. Asosiy qism
1. Insonparvarlik saboqlari aks etgan doston
2. Turob To’laning “Do’nan” hikoyasini o`tishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishning samarali usullari
3. “Do’nan”hikoyasini boshqa hikoyalar bilan bilan qiyosiy o`rganish metodlari
III. Xulosa


IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati


Kirish

O‘quvchining shaxslik sifatlarini shakllantirishda adabiyot fani hal qiluvchi ahamiyatga ega. Albatta, bu borada yozuvchining ijod dunyosiga kirish va shu orqali bola ongi, didini o‘stirish asosiy maqsad bo‘lishi talab etiladi. Zero, go‘zal badiiy asarlar o‘quvchi fi krini boyitish va hissiyotlarini tarbiyalashning samarali usulidir. Bu yo‘nalishda darslik va majmualardan o‘rin olgan o‘zbek va jahon adabiyoti durdonalarini mohirona tahlil qilishni yo‘lga qo‘yib, samarali natijalarga erishishda ikki omil muhim ahamiyat kasb etadi:


1. Adabiyot o‘qituvchisining malaka-mahorati.
2. Ta’lim muassasasi kutubxonasining badiiy asarlarga boyligi.
Birinchi omil oliy o‘quv yurtlaridagi tanlov tizimining odilligi va mukammal mutaxassislar tayyorlashning qanday yo‘lga qo‘yilganligi bilan chambarchas bog‘liq. Sifatli oliy ta’lim, aniqki, sifatli mutaxassislar beradi. Lekin ushbu mutaxassis o‘rgatishni boshlashi bilan yanada ko‘proq izlanishi kerak bo‘ladi.
Negaki, ilm tinimsiz o‘sib, yangilanib turadi. Jumladan, adabiyot ham. Xo‘sh, badiiy tahlil nima? Adabiyot o‘qitishda uning qanday zarurati bor?
Ilmiy manbalarda bu jarayonga quyidagicha ta’rif beriladi: badiiy asarning hayotiy va badiiy mantig‘i, estetik jozibasini ochishga qaratilgan faoliyat badiiy tahlil deyiladi.
Adabiyotshunoslik ilmida badiiy tahlilning ikki turi ajratiladi:
1. Ilmiy tahlil.
2. O‘quv tahlili.
Tahlilning birinchi turi adabiyotshunos olimlar tomonidan amalga oshiriladi va mutaxassislarga havola etiladi. Ikkinchi tur tahlil esa ta’lim muassasalarida o‘quvchilar uchun amalga oshiriladi. Bu tahlildan maqsad badiiy matnning estetik jozibasini ochish orqali o‘quvchini badiiy asar o‘qish va o‘qiganlarini tahlil qilishga o‘rgatish, taassurotlarini og‘zaki va yozma tarzda ifodalay olish ko‘nikmasini shakllantirishdan iborat. O‘quv tahlili ham o‘z navbatida individual, ommaviy va guruhlashgan tahlil turlariga bo‘linadi. Bular orasida ommaviy tahlil turi eng faol tahlil turi hisoblanib, unda o‘qituvchibiror asar yuzasidan savol tashlaydi va o‘quvchilarning barchasi o‘z xulosalariga tayangan holda javob beradi. Mazkur tahlilning yana muallifga ergashib yoki matniy tahlil qilish, timsollar asosidagi tahlil va muammoli tahlil kabi yondashuv usullari ham borki, o‘qituvchining bundan boxabarligi adabiyot o‘qitishning tayanch muvaffaqiyatini ta’minlaydi. Shoirlarning nasriy asar yozishi adabiyot tarixida ko‘p
uchrayvermaydi. Ham she’rlari, ham nasriy asarlari bilan
tanilgan ijodkorlardan biri esa Turob To‘ladir.

«Yetti zog‘ora qissasi» shoir Turob To‘laning nasriy yo‘na-


lishda yozgan dastlabki asari edi. Agar aksariyat yozuvchilar
nasrdagi ijodini kichik janrlardan, masalan, hikoyalar yozish bi-
lan boshlagan bo‘lsa, Turob To‘la birdaniga yirik qissaga qo‘l
uradi. Biroq, shunga qaramay, uning mazmun-mohiyati, kitob
qahramonlarining jonli xarakteri, tili va uslubi muallifning bu
borada katta muvaffaqiyatga erishganidan dalolat beradi.
O‘qishidan ta’tilga chiqqan Siz tengi bola Toshtemir buvasi
Baxshilla maxsumdan Turbat qishlog‘iga olib borishni iltimos
qilishi bilan boshlangan bu qissa o‘nlab hikoya, afsona, rivoyat
va ertaklarni o‘z ichiga oladi. Asosiy hikoyachi Baxshilla max-
sumdir. U o‘z hayotida ko‘rgan-kechirganlarini, kattalardan
eshitgan rivoyatlarni nabirasiga yo‘l davomida nihoyatda qizi-
qarli tarzda aytib boradi. Ularda turli zamon kishilarining bir-
biridan ibratli taqdiri, o‘quvchi e’tiborini o‘ziga tortib oladigan
g‘ayritabiiy voqea-hodisalar hikoya qilinadi.
Shunisi e’tiborliki, yozuvchi bolalar va o‘smirlarga mo‘ljal-
langan bu qissaga o‘z davrida qalamga olish taqiqlangan mav-
zularni ham dadil olib kiradi, yosh do‘stlariga milliy tarixi-
mizning shonli sahifalarini bildirib ketishdan cho‘chimaydi.

Yüklə 67,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin