bo’lishiga erishish – bizning bosh maqsadimizdir. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20 yilligiga
5
Mazkur o’zgarishlarning bir qismi mavjud didaktik ta’limotlarning
tarkibidan o’sib chiqqan bo’lsa, yana bir qismi dunyodagi ta’lim tizimi rivojlangan
mamlakatlar olimlarining pedagogik tajribalariga suyangan holda paydo bo’ladi.
Shu o’rinda ta’limning zamonaviy interfaol metodlarining mamlakatimiz ta’lim
sohasiga kirib kelishi alohida e’tibor qaratadigan yo’nalishlardan biri ekanligini
qayd etish zarur.
Mavzuning dolzarbligi – Ta`lim jarayoni interfaol metodlar asosida tashkil
etish bo’lajak mutaxassislarning O’zbekistoning ilg’or tajribalari, an’analari,
madanyatini hisobga olgan holda har tomonlama shakllantirish imkonyatini
beradi. Bu borada ta’lim tizmida, oquv jarayonida interfaol metodning
umumiy asoslari tadqiq etilgan. Pedagogik olimlar O. Tolipov, SH.
Abdullaeva, O. Haydarova kabilarning tadqiqot ishlari shular jumlasidandur.
Ta’lim jarayoni ko’p bosqichli yaxlit tizimga ega bolib, uning har bir bosqichi
ta’lim oluvchilarning yoshi va oziga xos xususiyati ta’lim–tarbya jarayonida
intelektual qobiliyatiga bog’liqdir. O’quvchi o’quvchilikka qabul qilingandan
boshlab har bir fanning ilmiy–nazariy asoslarni chuqur o’rganish bilan birga kasb
tayyorgarligiga alohida e’tibor qaratildi. Jamyatning intelektual salohiyotiga mos
kelajak avlodni tarbyalash bugungi ta`lim tizimi oldida turgan dolzarb vazifa
bo’lib, bu o’z navbatida ta’lim jarayonida mumtazam ravishda innovatsion
yondashuvlarni amalga oshirishni talab etadi. Innovatsion yondashuvlar - ta’lim
jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llash demakdir. Mazkur
BMI mavzusining dolzarbligi ham mana shunda.
Matematikani o’qitish umumiy sistemasida masalalar yechish samarali
mashq turlaridan biridir. Masalalar yechish bolalarda avvalo mukammal
matematik tushunchalarni shaklllantirish ularning programmada berilgan nazariy
bilimlarni o’zlashtirishlarida favqulotda muhim ahamiyatga ega.
Masalan, agar biz qo’shish haqida to’g’ri tushuncha shakllantirishni istasak,
buning uchun bolalar yig’indini topishga doir yetarli miqdorda sodda masalalarni
deyarli har gal to’plamlarni birlashtirish amalini, bajarib yechishlari zarur.
6
Shunday qilib, masalalar konkret material bo’lib, ular yordamida bolalarda
yangi bilim vujudga keladi va mavjud bilimlar tadbiq qilinishi jarayonida
mustahkamlab boradi. Masalalar bilimlarni shakllantirishda konkret material
bo’lgani holda nazariyani amaliyot bilan, o’qitishni turmush bilan bog’lab olib
borish imkonini beradi. Masalalar yechish bolalarda kundalik hayotda har bir kishi
uchun zarur bo’lgan amaliy uquvlarni vujudga keltiradi.
Dostları ilə paylaş: