Ўзбекистон республикаси халқ


Berilgan masalalarni ularga yaqin bo’lgan turdagi masalalarga



Yüklə 100,36 Kb.
səhifə14/18
tarix25.02.2023
ölçüsü100,36 Kb.
#85513
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Qodiriy nomid-fayllar.org (1)

8. Berilgan masalalarni ularga yaqin bo’lgan turdagi masalalarga 

almashtirish
Bir-biriga yaqin turdagi masalalar jumlasiga miqdorlar bir xil bog’liqlik bilan 
bog’langan masalalar kiradi.
Masalan to’rtinchi proportsional topishga doir, proportsional bo’lishga va 
ikki ayirmaga ko’ra noma’lum sonlarni topishga doir masalalar bo’ladi, chunki
ularda miqdorlar proportsional bog’liqlik bilan bog’langan. 
Bir masalani unga yaqin bo’lgan masalaga kattaliklarning sonli qiymatlari
ustida arifmetik amallarni bajarish natijasida almashtirish mumkin. 
Bir-biriga yaqin turdagi masalalarning yechish usullarini bunday almashtirish
va taqqoslash natijasida bolalarni bunday masalalarni yechish usullarini 
umumlashtirishga olib keladi.


31


II Bob Boshlang’ich sinf o’quvchilarini masalalar yechishga 

o’rgatish metodikasining umumiy masalalari 
§ 2.1. Matematik masalalar va ularning turlari 
Matematik masalalar sodda va tarkibli masalalarga ajratiladi. Sodda 
masalalar bitta amal bilan yechish mumkin bo’lgan masalalar jumlasiga kiritiladi. 

Bir nechta sodda masaladan tuzilgan va shu sababli ikki yoki undan ortiq amal


yordamida yechiladigan masalalar tarkibli masalalar deyiladi. 
Har qanday sodda masalaga doir ikkita teskari masala tuzish mumkinki,
ularning har biriga o’sha syujet bo’yicha izlanayotgan son sifatida esa to’g’ri 
masala shartida ma’lum bo’lgan son qatnashadi. Masalan: hovlida 5 ta qiz
o’ynayotgan edi. Ularning 2 tasi uyga ketdi. Hovlida nechta qiz qoldi? Masalaga 2 
ta teskari masala tuzish mumkin. Birinchisi ,,Hovlida bir nechta qiz o’ynayotgan
edi. 2 ta qiz uyiga ketgandan so’ng, hovlida 3 ta qiz qoldi. Oldin hovlida nechta 
qiz qoldi? 2- Hovlida 5 qiz. Bir nechta qiz uyiga ketgandan so’ng hovlida 3 ta qiz
qoldi. Nechta qiz uyiga ketgan?’’ Bu masala berilgan 1-masalaga nisbatan, 
shuningdek 2-masalaga nisbatan ham teskari masala sifatida qarash mumkin.
Bundan tashqari, sodda masalalar orasidan bilvosita ifodalangan masalalar 
ajratiladi. Masalan quyidagi masala shunday masalalar jumlasiga kiradi. ,,Stol
ustida 7 ta qalam bor. Bular qutidagi qalamlardan 4 ta ortiq. Qutida nechta qalam 
bor?’’ Bu masala shartida ,,ortiq’’ deyilgan masala esa ayirish bilan yechiladi.
(7 – 4 = 3). 
Sodda masalalarning asosiy turlarini quyidagicha taqsimlash boshlang’ich
maktablarida qo’llanish uchun qulay: 
1. Arifmetik amallar mazmunini ochishga doir masalalar : yig’indini qoldiqni
topishga doir masalalar, bir xil qo’shiluvchilar yig’indisini topishga doir masalalar, 
bo’lishga (mazmuniga ko’ra bo’lishga vat eng qismlarga bo’lishga) doir masalalar.


32
2.

Amalning noma’lum komponentlarini (qo’shiluvchi, kamayuvchi,
ayriluvchi, ko’paytuvchi, bo’linuvchi, bo’luvchi) topishga doir masalalar. 
3. Bir necha birlik (yoki bir necha marta) ortiq (yoki kam) munosabati bilan
bog’liq masalalar sonni bir nechta birlik (yoki bir nechta marta) orttirish 9yoki 
kamaytirishga doir bevosita (yoki bilvosita) ifodalangan masalalar, sonlarni
ayirmali (yoki karrali) taqqoslashga doir masalalar. 
4. Kattaliklarning proportsional bog’lanishlariga doir masalalar.
Hamma turdagi sodda masalalar o’quvchi uchun quyidagi maqsadlarda kerak 
bo’ladi: 1) Matematik masalalning strukturasi (tarkibi) bilan tanishish, ya’ni uning
sharti berilganlari savoli izlanayotgan miqdorlari bilan masalaning yechimi, savoli, 
javobi, amal bilan shuningdek, va h.k. atamalari bilan (bular matematik
munosabatlarni ifodalaydi) tanishish. 
2) Bolalarda masala savoliga javob berish uchun bajarish kerak bo’lgan amallarni
tanlashga ongli munosabatda bo’lishni tarbiyalash (masalalar, amallar 
mazmunini ochishga yordam beradi).
3) Shatrga kirgan kattaliklar orasidagi elementar funksional munosabatlarni 
birinchi marta ko’rish amallar komponentlar orasidagi bog’lanishlarni
tushuntirish. 
4) Har xil matematik mashqlarni hayot bilan bog’lash bu bolalarni fanga bo’lgan
qiziqishlarni orttiradi, ko’nikmalarni egallash jarayonini jonlantiradi. 
5) Sodda masala tekstini o’zgartirish ustida ishlash o’quvchiga ko’proq obstrakt
matematik tushunchalarni egallashga yordam beradi. Masalan, ushbu ,,Malika 
7 ta daftar sotib oldi. Daftar 200 so`m turadi. Malika qancha pul to’lagan?’’
Masalaning turini, masalan, daftarning bahosi 200 so`m, 7 ta daftar qancha 
turishini biling, kabi abstrakt tushunchalarni kiritish bilan o’zgartirish mumkin.
6) O’quvchini har xil tarkibli masalalar yechishga tayyorlash. 
7) Bola ongiga matematika asoslarini joylash, uning bilim doirasini kengaytirish
va tartibga solish, iroda va talabchanlikni tarbiyalash. 


33



Yüklə 100,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin